Analitik kimyoda organik reagentlarning qo‘llanilishi



Yüklə 36,71 Kb.
səhifə1/3
tarix10.12.2023
ölçüsü36,71 Kb.
#139543
  1   2   3
Analitik kimyoda organik reagentlarning qo‘llan-fayllar.org


ANALITIK KIMYODA ORGANIK REAGENTLARNING QO‘LLANILISHI

Reja:


  1. Organik moddalarni klassifikatsiyalashda ularda funksional guruxni kislota-asosligi, cho‘ktirish, oksidlanish va qaytarilish reksiyalariga kirishishi orqali bir necha guruxlarga bo‘linishi, gurux reagentlarining ta’siri, organik moddalar aralashmasi analiz qilish qonuniyatlari.

  2. Bir-biriga yaqin konsentratsiyali moddalarni ajratish uchun (individual ajratish) ekstraksiyalanadigan birikmalar xossalarining farqi (tabiati, valentligi, tarkibi, tuzilishi barqarorligi) va ekstraksiya sharoiti (pH, ekstragent, niqoblash) asosida ekstraksiyani qo‘llash, konkret misollarda. Nisbiy konsentrlash-mikro aralashmalarni asosiy komponentdan ekstraksiya yordamida ajratish. Gurux bilan va tanlab ta’sir etuvchi konsentrlash.

  3. Og‘ir va zaharli metallarni rudalar yoki sanoat chiqindilaridan ajratish, xossalari bir-biriga yaqin bo‘lgan metallarni ajratish va ularni toza holda olish, radioximiyada (atom reaktorida nurlangan maxsulotlarni ajratish va hok.), nazariy ximiyada (moddalarni tozalash uchun), analitik kimyoda (moddalarni ajratish, konsentrlash va ajratib olish).

Organik reagentlar kimyoning har bir sohasida keng tarqalgan bo‘lib, analitik kimyoda ham bir necha sohalarida ishlatiladi:





  1. Sifat analiz.
    Sifat analizida elementlar, kationlar, anionlar, funksional guruhlar va boshqa moddalar organik reagentlar yordamida aniqlanadi. Masalan: nikelni dimetilglioksim bilan, kobaltni a-nitrozo b-naftol yordamida, aluminiyni alizarin bilan, magniyni 8-oksixinolin bilan va hokazo. Organik reagentlar bilan aniqlash reaksiyalari juda sezgir va tanlab ta’sir etuvchan bo‘ladi.
    2. Miqdoriy analiz.
    Miqdoriy analizning kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda ham organik reagentlar ishlatiladi.
    a) Gravimetrik analiz usulida organik reagentlar cho‘ktiruvchi sifatida ishlatiladi: DMG, 8-oksixinolin, kupferon, ammoniy benzoati, antranil kislota va boshqalar. Bu organik reagentlar bir necha talablarga javob berishi kerak: hosil bo‘ladigan kompleksni kam eruvchanligi, kompleksni yuqori barqarorlik konstantasi, organik reagentni suvda yaxshi eruvchanligi, quritilganda kompleks barqaror bo‘lishi kerakligi va boshqa talablar.
    b) Titrimetrik analiz metodida titrantlar, indikatorlar sifatida organik reagentlar ishlatiladi: EDTA, alizarin, difenilamin, benzidin, diasetildioksim, antipirin, diantipirilmetan, difenilkarbazon va boshqalar.
    v) Fotometriyada organik reagentlar metall ionlari bilan rangli komplekslar hosil qiladi. Pirokatexin bilan titanni, a,a- dipiridil reagenti mis, kobalt, nikelni, piridil azo-rezorsin kobaltni, 8-oksixinolin aluminiyni aniqlash uchun ishlatiladi. Ushbu organik reagentlarning metallar bilan ko‘pchilik komplekslari suvda yaxshi eriydi va metallarni fotometrik aniqlashga yordam beradi. Sulfosalitsil kislotasi temir ioni bilan kompleks hosil qiladi, temirni miqdoriy aniqlashda sulfosalitsil kislota sezgir organik reagent hisoblanadi.
    g) Lyuminessent analiz metodida organik reagentlarni nur chiqarish intensivligiga qarab moddani miqdorini, tarkibini aniqlash mumkin: morin , kversetin va hokazo.
    d) Polyarografiyada organik reagentlar fon elektrolitlari, bog‘lovchi reagentlar sifatida ishlatiladi. Masalan: tetra metilammoniy xloridi, suvsiz muhitlarda erituvchi sifatida (metanol, etanol, butanol, aseton), ekstragentlar sifatida (benzol, xloroform, dixloretan va boshqalar). Bir nechta ishlatiladigan organik reagentlar 1-jadvalda keltirilgan.
    Jadval-1.
    Asosiy organik reagentlar.

Nomlanishi va xossalari.


Ishlatilishi


Alifatik aminlar


Ditiooksamid(rubean kislotasi), Mr=120,2


Cu,Co,Bi,Fe,Ni


Natriy dietilditiokarbaminat, Mr=225,3


d- va p- elementlarni aniqlashga













Yüklə 36,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin