Andoqkim debdurlar: "Ulug‘lik aql va donishlik birladur, gavhar va nasab birla bo‘lmas"



Yüklə 16,86 Kb.
tarix04.12.2023
ölçüsü16,86 Kb.
#138120
sharq mutaffakkir


Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida yoshlarning kasb-hunar ta’limi va tarbiyasiga katta ahamiyat berib, kasb-hunar o‘rganishni jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotga erishishning asosiy vositasi deb bilganlar.
Buyuk ajdodlarimiz aqliy, jismoniy va ma’naviy tarbiya kasb-hunar sir-sinoatlarini egallashning asosiy omili deb talqin etganlar. Ular uchun inson timsoli kamolotga yetgan, ilmli yoki kasb-hunarga ega ijobiy fazilatlar sohibi bo‘lgan. Misol uchun Kaykovus o‘z farzandiga qarata:
“Ey farzand, ogoh bo‘lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf yetkurmas. Bilursanki, xori mug‘ilonning tani bordur, ammo soyasi yo‘qdur. Hunarsiz kishi ham xori mug‘ilon yanglig‘ na o‘ziga va na o‘zgaga foyda berur.
Agar kishi har qanchaki oliy nasab va asl bo‘lsa, ammo hunari bo‘lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo‘lur. Agar kishida ham nasab gavhari va ham hunar zevari bo‘lmasa, undan batarroqdur. Jahd qilg‘il, agar gavharing har nechakim asl bo‘lsa, unga g‘arra bo‘lmag‘il, nedinkim tan gavhari hunar zevari bila muayyan bo‘lmasa, u hech narsaga arzimagusidur.
Andoqkim debdurlar: “Ulug‘lik aql va donishlik birladur, gavhar va nasab birla bo‘lmas”.
Otni ota va onang qo‘ymishlar, sen unga g‘arra bo‘lmag‘il, nedinkim, ul otmazhi bir nishondin o‘zga narsa emasdur. Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo‘lg‘il. O‘zingni “Ja’far”, “Muhammad”, “ustod”, “xo‘ja”, “fozil” oti bila atab, ammo unga loyiq bo‘lmasang, u ot ermasdur. Agar kishida nasab gavhari bo‘lsa,ammo hunar zevari bo‘lmasa,u hech kishining suhbatiga loyiq bo‘lmag‘usidur. Garchi bu ikki gavhar hosil qilg‘on kishi topsang, etagini mahkam tutg‘il va undin ilkingni chekmag‘il, bilki u barcha kishilarning mushkulin oson qilg‘ay.
Barcha hunardin so‘z hunari yaxshiroqdur, nedinkim,... hamma maxluqotdin odam yaxshiroq yaraldi va o‘zga jonivorlardin odam o‘n daraja ziyodadur va bu o‘n daraja odamning badanida hamisha bordur. Beshi tashida zohirdur, beshi ichida pinhondur. Ul pinhon narsalar: biri, bir narsani yod olmoq; biri, hamisha esda saqlamoq, biri taxayyul (xayolga keltirmoq); biri tahavvur(g‘azab va shiddat bilan hujum etish);biri takallum (so‘zlash). Ammo ul beshtakim tashida zohirdur: bu zavq, yani eshitmoq. ko‘rmoq, hid bilmoq, totmoq, siypalamoq “yani sezuv”.
Ajdodlarimizning barkamol shaxs haqidagi g‘oyalari mohiyatini anglash uchun Abu Nasr Forobiy tomonidan hozirgi paytda komil inson deb yuritilayotgan fozil odamning o‘n ikki muhim fazilati yoki Alisher Navoiyning Farhod obrazi orqali talqin etgan:
“Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdir oxir”. Kasbiy pedagogika va psixologiya
62

Fikrlarini tahlil etishning o‘zi kifoya. Ular ma’naviy barkamollikka inson o‘z mehnati bilangina erishishi mumkinligini baralla kuylaganlar, mehnat va kasb-hunarni inson hayoti va baxtining moddiy va ma’naviy asosi, deb bilganlar.


Burxoniddin az Zarnujiy ilm, kasb-hunar o‘rganish uchun eng avvalo o‘quvchida jiddiy xohish, qat’iyat bo‘lishi lozimligini, shundan keyin yaxshi ustoz hamda yetarlicha vaqt zarurligini ko‘rsatgan. Ibn Sino ilmu amalning birligi, ya’ni nazariya bilan amaliyotni uzviy bog‘lash, dual ta’lim g‘oyasini ilgari surgan.
Suqrotona savol-javob usuli (zig-zag, arra usulining asosi) bo‘lib mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatgan.
Tibetdagi lamaizm ta’limoti asosida alohida sohalarga ixtisoslashgan ibodatxonalarda ta’lim-tarbiya ishlari amalga oshirilgan. Bunda o‘quvchi tomonidan uzluksiz, qayta takrorlash vositasida material to‘liq yod olingan va uning natijasi o‘ziga xos sinov ishlari, ya’ni o‘quvchini bir necha vaqt davomida alohida ajratib qo‘yib, o‘zlashtirgan axborotlarini xotirasiga asoslanib yozib berish talab etilgan. Demak, ularning ruhiy, jismoniy irodalari qattiq sinovdan o‘tkazilib, muvaffaqiyatga erishgan shogirdlargagina mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun ruxsat berilgan.
Kasbiy ta’lim berish, kasb-hunar sir-sinoatlarini o‘rgatish juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Kasbiy malaka bevosita mehnat faoliyati jarayonida berilgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hunarmandchilikning ixtisoslashib borishi, mehnat ko‘nikma va malakalarining murakkablashuvi to‘plangan mehnat tajribasi, jumladan tizimlashgan bilim, malakalarini ma’lum bir tarzda avloddan avlodga o‘tkazish zaruriyatini tug‘dirdi.
Yüklə 16,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin