Assalom mehmonlar,aziz ustozlar!
Bu kun kechamizga tashrif buyurganingiz bizlar jam bo’lib maslahatdosh do’tlar, hisob ilmin sizga etgaymiz tasnif.
Assalom ustozlar mehmonlar sizni
Chin qalbdan qutlaydi ahli handasa.
Riyoziyot ilmin ibtidosida
Muqaddima bo’lgan asli handasa.
Riyoziyot ilmin tarixi uzoq
Bashar tarixiga tangdir ehtirom
Riyoziyot ilmin o’rganib har choq,
Basharning o’zi ham bo’lgan barkamol
Riyoziyot ilmi barcha uchun teng
Halol xizmat qilar barcha millatga.
Riyoziyot ilmin bilib olgan teng,
Zarba berish mumkin turli illatga.
Qomusiy olimlar ko’rinishida o’quvchilar chiqadi.
Riyoziyot ilmin taraqqiy etgan,
Ajdodlar merosi muqaddas har choq.
Xorazmiy bo’lmasa yo’q hisob-kitob,
Bo’lmasdi Algoritm va o’nli saboq.
Insoniyat derdi suv uzradir yer,
Buni inkor etgan Beruniylik der
Kurra shaklidadir biling yerimiz,
So’zin isbotiga yaratdi globus.
Falakiyot ilmin tupdan yaratgan,
Koinot sirlarin bir-bir fosh etgan.
Temur avlodidan Ulug’bekdek zot,
Ziji jadadidan olam bahramand.
Dunyo beshigini tebratgan bu sharq
Ibn sino, Farobiylar yotgan tuproq.
Farg’oniylar,Bobur, Koshiy, Ibn iroq,
Avlodlarin qo’llasin hamisha alloh.
Qomusiy olimlar jo’r bo’lib: Boshingni hech qilma xam, sen hech kimdan emassan kam ey o’zbegim avlodi.
Endi navbat raqsga.
Ayrim o’quvchilarning riyoziyotga yo’q mayoli,
Ular darsda bu fanga mehr bilan boqar,
Bundaylarning fikricha riyoziyot quruq fan,
Kundalik turmushdan darkor emas hech qachon.
Insoniyat qonunlarin irsiy o’rganmoq uchun,
Ko’payish qonunlarin ilmiy o’rganmoq uchun.
Zamonaviy talabga mos kelsin chin tibbiyot,
Dorishunoslik ilmiy xullas jonli tabiat.
Ko’p foyda bersin uchun zarur matematika.
Oila iqtisodi yurish turmushimizda
Sarf xarajat hisobi oylik to’lovimizda.
Arxitektor quruvchi zarurdir adgorlarga
Bichuvchiyu tikuvchi va hatto salonlarda.
Barchaga teng barobar zarur matematika.
Davlat bankiga oid turli tuman yumushlar
Ihtiyoriy sug’urta hisobga oid ishlarim
Ekonomik boshqarish fanga oid birjalar
Jamg’rmada to’plangan turli-tuman tushumlar,
Bilan ishlamoq uchun zarur informatika
Endi navbat raqamlar marosimiga so’ng Matematik topologiyaga boramiz marhamat fokuschilar orqasidan masxaraboz chiqadi so’ng
Intellektual shou
Do’stlar fikrimizcha yetishdi fursat,
Bellashuvni ochishga beringiz ruxsat,
O’tkir zexnlilar turar saf tortib,
Ma’suliyat yukin zimmaga tortib
Bahsga g’oliblikka eting qat’iyat,
G’irromlik qilmangiz bo’ling sof niyat
Omad kulib boqsin boqsin tole yor,
Yutqazib qo’yishdan hech qilmangiz or
Shartlar
1-shart: Matematik olimlar
2-shart:Fantamimo, bu shartda raqs ijrosida matematik shakllilar va kompyuter uskunalarini ifodalab berishi kerak.
3-shart:Tezkor savollar. Bu shartda navbatma-navbat savollar o’qiladi, sizlar tez javob berishingiz zarur shart tushunarli bo’lsa boshladik.
4-shart:Bu shartda 3-4 karrali yoki 3-4 soni qatnashgan son kelsa 0008 ya’ni 3 ta nol 1 ta 8 deyish kerak bo’ladi.1,2,3 boshladik
Endi 1-qator 11-o’rindagi ustozdan iltimos qilamiz bizning qo’limizni taqdirlab kechamiz haqida fikr mulohazangizni eshitsak.
Bu shartda navbat bilan matematikaga hissa qo’shgan olimlarni aytish kerak bo’ladi.
Tezkor savollar
1.Stolda 8 ta pashsha, 2 tasini urib o’ldirsak stolda nechta pashhsa qoladi.
2. To’qqizta to’q qizni 9 soat 1 ta bo’sh xonaga qamasak nima bo’ladi.
3.188 ni 2 ga bo’lib 1 ni hosil qila olasizmi
4.Suv tagida gugurt yoqib bo’ladimi
5.u kompyuterda ko’payadi
6.5 ta olmani 5 ta qizga 1 tadan bo’lib bering 1 tasi savatda qolsin.
7.4 ta tovuqning oyoqlari soni 6 ta qo’yning oyoqlari sonidan necha ortiq.
8. 6 yoqli qalamning nechta yog’I bor.
9. Birinchi qayinda 5 ta ikkinchisida 4 ta ortiq olma bor.Jami nechta olma bor.
10. Kompyuter sizni qayerdan taniydi.
11.Bu yil qovun tarvuz bo’ladimi.
12.Ulkan o’rgamchak uya nima.
Dostları ilə paylaş: |