Avtomatik regulyator turlari



Yüklə 447,73 Kb.
səhifə1/7
tarix14.06.2023
ölçüsü447,73 Kb.
#128132
  1   2   3   4   5   6   7
Avtomatik regulyator turlari


AVTOMATIK REGULYATOR TURLARI


REJA:

1. AVTOMATIK REGULYATOR TUZILISHI


2. ROSTLASH QONUNLARINING KLASSIFIKASIYASI VA REGULYATORLAR


3. REGULYATOR TANLASH


4. TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI AVTOMATLASHTIRISHGA TAYYORLASH


5. ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISHNING PRINSIPIAL SXEMALARI


6. PRINSIPIAL SXEMALARNING TIPLARI



1. AVTOMATIK REGULYATORNING TUZILISHI

ARS ning tipik finksional sxemasida regulyator asosan ketma – ket bog’langan solishtirish, kuchaytirish va ijrochi elementlardan iborat. Bu sxemaga muvofiq taqqoslash (ko’prik, potensiometr va b.), signal kuchaytirish (elektron signal kuchaytirgich) elementlari – inersiyasiz zveno, ijrochi element (elektr gidro, pnevmo dvigatellar – servomotor) lar esa integrallovchi zvenolardan iborat bo’lgan regulyatorning struktura sxemasi 1 – rasm, a da ko’rsatilgan. Bunday sxemaning ekvivalent signal uzatish funksiyasi regulyatorni integrallovchi I zveno tipiga kirishni ko’rsatadi.


Avtomatik rostlash sistemalarda ko’proq P, PI va PID zvenolar tipiga kiradigan regulyatorlar qo’llanadi. Bu tipdagi regulyatorlarni hosil qilishni 1 – rasm, a da ko’rsatilgan sxemaning alohida elementlariga teskari bog’lanish zanjiri kiritish va unda struktura o’zgarishlarini vujudga keltirish yo’li bilan bajariladi.

Proporsional zveno qonuni bo’yicha ishlaydigan regulyator sxemasini tuzish uchun struktura sxemasidagi ijrochi mexanizmning (1 – rasm, b) proporsional zveno (Ktb) orqali teskari bog’lanish zanjirini tuzish kerak. Shunda sxemaning ekvivalent uzatish funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:


( 2)


bunda: Ktb – teskari bog’lanish zanjirining uzatish koeffisienti.


Ijrochi mexanizmning inersion doimiysi Ktb ga nisbatan ko’p marta kichik bo’lishini hisobga olganda, regulyatorning yangi struktura sxemasining ekvivalent uzatish funksiyasi proporsional zvenosining signal uzatish koeffisientiga aylanadi.

(3)


Hosil bo’lgan ekvivalent sxema proporsional regulyatorning sxemasini ifodalaydi.


PI regulyator sxemasini tuzish uchun 1 – rasm, v da ko’rsatilgan struktura sxemasidagi elektron kuchaytirgich elementi (zveno K2) bilan tnersion zveno dan tuzilgan manfiy ishorali teskari bog’lanishli yopiq zanjirdan foydalaniladi.



Yüklə 447,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin