Baland aylab quyoshga poya navro‘z, Ko‘tardi



Yüklə 16,31 Kb.
tarix04.03.2023
ölçüsü16,31 Kb.
#123819
Tashxis




Tashxis
Jonlantirish san’ati. Jonli va jonsiz narsalarning insonga xos harakat qilishi.


Baland aylab quyoshga poya navro‘z,
Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z.


Kelib fayz-u nishot-u aysh birla,
Muhayyo qildi elga voya navro‘z.


Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.


Qilibdur mahliqolarning yuzini
Latofat Mus’hafig‘a oya navro‘z.


Tashbih

O’xshatish san’ati.


Mutlaq tashbih va kinoya tashbih (istiora, metafora) kabi turlari bor.


Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.
***
Qilibdur mahliqolarning yuzini
Latofat Mus’hafig‘a oya navro‘z.
***
Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina. (tashbih + kitobat)


Mubolag‘a
Bo‘rttirib tasvirlash usuli.

Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin,


Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z.

Noz-u ado-u g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam,


Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina.

Man xastag‘a jon asramoq emdi erur dushvorkim,


Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shom-u sahar,


Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina.

Boshimg‘a yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay,


Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina.

Tanosub
Ma’noviy bog‘liqlik.




Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina.
Qora rang – mushk, qosh, chashm (ko’z)
Qora niyat – jallod, qatl, nas

Qilg‘il tamosho qomati zebosi birla orazin,


Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shom-u sahar,


Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina.
Noz-u ado-u g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina.


Tamsil

Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini


Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina.


Tazod


Tazod


Tazod

Yüklə 16,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin