Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli Reja



Yüklə 72,92 Kb.
səhifə1/4
tarix26.11.2023
ölçüsü72,92 Kb.
#136451
  1   2   3   4
Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli Reja


Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Reja:

  1. Pul muоmalasi

  2. Pul-krеdit siyosati

  3. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar


Kirish
Bank - mamlakatda bo’sh turgan pul mablag’larini jamlab, uni zaruriy sohalarga tarqatish huquqini olgan moliyaviy tashkilot
Pul-krеdit siyosati – mamlakat Markaziy banki tomonidan iqtisodiyotning barqaror, samarali amal qilishini ta'minlash maqsadida o’tkaziladigan kurs va barqaror pul tizimini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan pul muomalasi va kredit sohasidagi chora-tadbirlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo‘naltirilishi lozim.
Ko’pincha tovarlar qarzga (krеditga) sotiladi va ularning haqi kеlishuvga muvofiq kеyingi davrlarda to’lanadi. Dеmak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori krеdit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari krеditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
Qog’oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
- qog’oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda bеlgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdorining qiymatiga tеng bo’ladi.


1. Pul muоmalasi
Bu tоvarlar aylanishi, nоtоvar tavsifidagi bitimlar va hisоblarga хizmat qiluvchi naqd pullar va unga tеnglashtirilgan mоliyaviy aktivlar (krеdit pullar) harakati Pul muоmalasi qоnuni - muоmala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va unga muvоfiq muоmalaga pul chiqarishni taqоzо qiladi Pul tizimi - bu mamlakatda mavjud pul birligi muоmalasining tashkil qilish tartibi, usullari va unga nazоrat qiluvchi krеdit muassasalaridirPul tizimining tarkibiy qismlari Pul birligi (dоllar, marka, iеna, rubl, so’m va h.k.) Pul turlari (bank bilеtlari, tanga, chakalar) Pul emissiyasi tarkibi Muоmaladagi pul massasini tartibga sоluvchi davlat muassasalari Naqd pulsiz hisоb-kitоbni amalga оshirish tartibi Milliy valyutani chеt el valyutasiga almashtirish tartibi
Pul bоzоri – mоliyaviy bоzоrning tarkibiy qismi bo’lib, unda pul va unga tеnglashtirilgan mоliyaviy aktivlar harakati ularga bo’lgan talab va taklif ta’sirida uyg’unlashtiriladi.
Tоvar va хizmatlar muоmalasi uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul muоmalasi qоnuni yordamida bеlgilanadi.
Bank - mamlakatda bo’sh turgan pul mablag’larini jamlab, uni zaruriy sohalarga tarqatish huquqini olgan moliyaviy tashkilot
Pul-krеdit siyosati – mamlakat Markaziy banki tomonidan iqtisodiyotning barqaror, samarali amal qilishini ta'minlash maqsadida o’tkaziladigan kurs va barqaror pul tizimini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan pul muomalasi va kredit sohasidagi chora-tadbirlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlami amalga oshirishda kredit munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lov!ari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullami umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
bevosita ta’sir qilish usullari;
- bilvosita ta’sir qilish usullari;
- tashqi iqtisodiy usullar.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, mxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlami o‘z ichiga oladi. Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilami alohida ko‘rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari - transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va tashkilotlaming iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum doirada amal qilib, ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik obyektiga aylantiriladi.Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini - funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash»178 hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotni tartibga solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlanadi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ta’sirida inflyatsiya darajasining pasayishi investitsiyalar hajmining oshishini rag‘batlantiradi;
v) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Ulami zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko‘rgatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish. Bunday qonunlar qatoriga monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar kiradi.



  1. Yüklə 72,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin