Bayonnomasi №



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/4
tarix25.08.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#117625
  1   2   3   4
1-chorak ota-onalar yig\'ilishi


“Tasdiqlayman”
Maktab direktori: F.Qosimov
28.12.2021
Sherobod tumanidagi 56-umumta’lim maktabida 2-chorak yakuni bo’yicha o’tkazilgan umumiy ota-onalar yig’ilishi
Bayonnomasi №
28.12.2021 Cho’yinchi m
Raislik qildi: O.Ortiqova- ota-onalar qo’mitasi raisasi
Taklif etildi: A.Boboniyozov-“Cho’yinchi” MFY raisi,

Qatnashdilar: F.Qosimov-maktab direktori
M.Xursanova- ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy
ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari,
A.Boltayev-O’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari,
E.Xursanov- maktab amaliyotchi psixologi
hamda maktab o’quvchilarining
ota-onalari
Kun tartibida:

  1. Bitiruvchi 9-11-sinf o’quvchilarining ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish to’g’risida

2. 2-chorak yakuni va elektron kundalikda ota-onalarning nazorati
3. Maktabda o’quvchilarning dars mashg’ulotlariga ishtirok etishi, o’quvchilarning kiyinish madaniyati, tartib intizomi, odob axloq qoidalariga rioya etishlari to’g’risida
Yig’ilishni ota-onalar qo’mitasi raisasi O.Ortiqova ochib berdi va kun tartibidagi mavzu bilan barchani tanishtirdi va kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so’zni maktab direktori F.Qosimovg berdi. F.Qosimov kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan quyidagilarni aytib o’tdi. Ota-onalarga barchamizga ma’lumki, Yoshlar xalqimizni, bizni asosiy tayanchimiz va suyanchimiz ekanligi, boshlab qo’ygan ishlarimizni ertangi davomchilari va egasidir. Zamonaviy bilim olgan, ilg’or kasb-hunarni, xorijiy tillarni puxta egallagan farzandlar nafaqat o’z oilasini balki mamlakatni ham boshqaradilar rivojlantiradilar, bu oddiy haqiqatdir. Shuning uchun ham bugungi maktab bitiruvchilarini Oliy ta’lim muassasalarida kelgusida o’qishlarini davom ettirishlariga e’tibor nafaqat ota-onalarni balki maktabni ham, Hukumatni ham, davlatni qiziqtiradigan masala bo’lib qolmoqda. Bizlar-bugungi maktab bitiruvchilarini ota-onalari, maktab o’qituvchilari barchamiz birikib yoshlarni bir maqsadni o’z oldilariga qo’yishlari va shu maqsadga erishishlari uchun harakatlanishlariga yordam berishimiz kerak ekanligi, 2022-yilda maktabni 59 nafar yoshlar bitirib chiqadilar, hurmatli ota-onalar farzandlaringizni kelgusida qaysi OTM larida o’qishni davom ettirishlari, undagi yo’nalishlar, o’tish ballari, shu OTM ni tamomlab kelganidan keyin tumanimizda ishlab keta oladimi, yo’qmi degan savollarga javob izlab ko’rishlarini, hozirda maktabimizda ingliz tili, o’zbek tili va adabiyoti, kimyo-biologiya, matematika, informatika, fizika fanlaridan qo’shimcha ta’lim ishlab turganligi va bu qo’shimcha ta’limda maktabning 11-sinf o’quvchilari bepul o’qitilishi to’g’risida vazifa qilinganligi to’g’risida hamda bitiruvchi o’quvchilarimiz ya’ni 9-11-sinf o’quvchilarining Oliy ta’lim va Kasb hunar kollejlariga , texnikumlarga o’qishga kirishlarini ya’ni ularning ta’lim muassasalariga hujjat topshirishlariga sharoit qilib berishimiz, ularga to’g’ri yo’l ko’rsatishimiz o’quvchilarimizga to’g’ri yo’nalishlarni tanlashlariga ko’maklashishimiz kerakligini aytib o’tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari berdi. A.Boltayev so’z olib, elektron kundalikda ota-onalarning nazoratini kuchaytirish, “Kundalik family’ platformasi to’g’risida ma’lumotlar berdi. “Kundalik family” platformasining afzalliklari, qulayliklari haqida tushuntirib o’tdi. Bundan tashqari kundalikni harid qilish, ota-onalar tomonidan farzandlarini kunlik, oylik va choraklik baholarini nazorat qilib borish bo’yicha qisqacha ma’lumotlat berib o’tdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Xursanova so’zga chiqib, Ota-onalarga Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 3-oktyabrdagi 246-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma bilan yana bir bor tanishtirdi. Maktabda o’quvchilar davomati hamda 2-chorak yakuni bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi. Ota-onalarga o’quvchining maktabga kelishidan maqsad faqatgina o’qish, izlanish va kelajagi uchun zamin yaratish ekanligini maktabda farzandlarini ta’lim tarbiya olishda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, ota-onalar farzandlarini maktabga dars mashg’ulotlariga ishtirok etishini ta’minlash hamda maktab, sinf rahbarlar bilan hamkorlikni to’g’ri yo’lga qo’yish kerakligini va dars mashg’ulotlaridan farzandlarini besabab olib qolmasliklari, hozirgi kunda davomatni muvofiqlashtirish uchun har bir ota-onaning arizasi olinib davomat papkasiga tikilib borilmoqda. O’quvchilar dars mashg’ulotlariga ishtirok etmagan kunda uning sababi ko’rsatilishi lozim va 2-10 sinf o’quvchilarining ota-onalari maktab direktori nomiga, 11-sinf o’quvchilarining ota-onalari esa tuman XTB mudiri nomiga ariza yozishlari kerakligi hamda kasalligi sababli dars mashg’ulotlariga ishtirok eta olmagan o’quvchilar kasalligi to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishlari lozimligi to’g’risida hamda o’quvchilarning kiyinish madaniyati va odob ahloq qoidalariga rioya qilishlari o’quvchilarning kiyinish madaniyati to’g’risida maktabda o’quvchilar diniy libosda kelmasliklari maktabning ichki-tartib odob ahloq qoidalariga to’liq amal qilishi, haqida kengroq tushuntirib o’tdi.
Yuqoridagilarni eshitib yig’ilish

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin