Bayonnomasi



Yüklə 15,61 Kb.
tarix05.02.2022
ölçüsü15,61 Kb.
#114230
Bayrog\'im-faxrim bayonnoma


Gurlan tuman sanitar epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat sog‘likni saqlash

xavfsizligi bo‘limida “Bayrog‘im- faxrim “ shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot

tadbir

B A Y O N N O M A S I



2021-yil 15-noyabr Gurlan tuman

Qatnashdi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Gurlan tuman bo‘linmasi bosh mutaxasisi SH.Sobirov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir A.Sabirov, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Y.Abdullayeva, 20 nafar SEO va JSX xodimlari.

Kun tartibi:

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 30 yilliga bag‘ishlab “Bayrog‘im- faxrim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir haqida.

Eshitildi:

2021-yil 15-noyabr kuni Gurlan tuman SEO va JSX bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 30 yiligiga bag‘ishlab “Bayrog‘im-faxrim” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi bosh mutaxasisi SH.Sobirov ochib berdi va bayrog‘imiz haqida qisqacha ma’lumot berdi. Xususan milliy bayrog‘imizning 30 yilligi O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanayotgani unga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda bayrog‘imizni ko‘klarga ko‘tarish har birimiz uchun milliy g‘urur ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir A.Sabirov bayrog‘imizni madh etuvchi she’rlardan o‘qidi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish

Qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 30 yilliga bag‘ishlab “ Bayrog‘im- faxrim” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ma’lumot uchun qabul qilinsin.



Yig‘ilish raisi: SH.Xolmetov

Kotib: Y.Abdullayeva
Yüklə 15,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin