Berdaq nomidagi qdu biologiya fakulteti bioogiya (turlari bo’yicha) yo’nalishi 3-”B” guruh talabasi o’rozboyeva kamolaning “umumiy pedagogika va psixologiya” fanidan tayyorlagan slayd taqdimoti



Yüklə 77,86 Kb.
səhifə1/2
tarix01.11.2022
ölçüsü77,86 Kb.
#118876
  1   2
O`ROZBOYEVA

BERDAQ NOMIDAGI QDU BIOLOGIYA FAKULTETI BIOOGIYA (TURLARI BO’YICHA) YO’NALISHI 3-”B” GURUH TALABASI O’ROZBOYEVA KAMOLANING “UMUMIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYD TAQDIMOTI

Mavzu: pedagogika fanining maqsad va vazifalari reja:

  • 1. Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati
  • 2. Pedagogikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
  • 3. Pedagogika fanining asosiy tushunchalari

Õzbekiston Respublikasining «Ta’lim tõg’risida»gi qonunida (2021 y.) ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti soyasida ustuvor deb e’lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug’vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uyg’unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umumjahon ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bõlib qõshilmoqda. Chunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga õtish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg’un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib: “Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qõl bilan mehnat qilishi kerak”, degan edilar.

Har bir mustaqil fan õzining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, õzining predmetiga ega bo’ldi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo’lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo’ldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Mutafakkir A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo halokat: yo saodat, yo falokat masalasidir”. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo’lgan.


Yüklə 77,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin