Biologiya fani o’qituvchisi Boboxonov Muzaffar tomonidan abituriyentlarga o’zlashtirishni yaxshilash uchun bir nechta tavsiyalar



Yüklə 29 Kb.
tarix17.02.2023
ölçüsü29 Kb.
#123476
Abituriyentlarga tavsiyalar





Biologiya fani o’qituvchisi Boboxonov Muzaffar tomonidan abituriyentlarga o’zlashtirishni yaxshilash uchun bir nechta tavsiyalar:

1⃣ Eng avvalo erta turing! Chunki erta turgan odamning ishida baraka bo’ladi. Har kuni uyqudan turgan zahoti oliy o’quv yurtiga kirish asosiy maqsadingiz ekanligini o’zingizga eslating va shu yil talaba bo’la olishingizga o’zingizni ruhan ishontiring.


2⃣ Har kuni yengil badantarbiya mashqlari bilan shug’ullaning! Chunki jismoniy mashqlar qon aylanishini yaxshilaydi va miyani kislorodga to’yingan qon bilan ta’minlaydi, bu esa kun davomida kitob o’qishda sizni tetik qilib turadi. Nafas olish mashqlarini bajarib turing. Bular xotirangizning mustahkamlanishiga yordam beradi. Kitob o’qiyotganda gavdangizni tik holatda tutishga harakat qiling, shunda qon aylanishi yaxshilanib miyaga toza kislorodga to’yingan qon boradi, bu esa ish faoliyatingizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Dars qilish jarayonida gavdani noto’g’ri tutib dars qilinsa qon aylanishiga salbiy ta’siri tufayli sizda uyqusirash, esnash va charchoq holatlari kuzatilishi mumkin.
3⃣ Doimo kayfiyatingizni nazorat qiling! Yaxshi kayfiyatda bajarilgan ishlarda samara yuqori bo’ladi. Kayfiyatingizni buzadigan holatlar va insonlardan uzoqroq bo’lishga harakat qiling. Atrofingizdagilar bilan fandan boshqa mavzularda so’zlashmaslikka harakat qiling. Tayyorgarlik jarayonida vaqti-vaqti bilan (haftada bir marta) tanaffus qilib turing. Bu paytda miyangizni chalg‘iting — toza havodan nafas oling, ozroq sayr qiling, biror narsa yeb oling va hakozo. Biroq dam olish meyoridan oshib ketmasin. Aks holda dars jarayoniga qaytishga qiynalib qolasiz.
5⃣ Vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlang. Tayyorgarlik ko‘rishda o‘quv fanlari jadvalini qat’iy tuzib olsangiz, shoshib qolmaysiz va ortiqcha asabiylashmaysiz. Yangi ma’lumotlarni xotiraga saqlayotganda miyangizda kechuvchi jarayonlarni tasavvur qiling: xotira ikki xil bo‘ladi — vaqtinchalik va doimiy. Vaqtinchalik xotiraga miya po‘stlog‘i javobgar bo‘lsa, doimiy xotira esa miyaning nisbatan chuqurroq qismida joylashgan. Ma’lumotlar doimiy xotirada saqlansagina imtihonlar vaqtida yordam beradi. Shuning uchun ma’lumotlarni yaxshi eslab qolish uchun uni ko‘proq takrorlang va doimiy xotirada saqlanganiga ishonch hosil qiling.
6⃣ Uyqudan oldin asosiy blok fandan tayyorgarlik ko‘ring. Chunki uyqu vaqtida, yuqorida aytganimizdek, axborotlar vaqtinchalik xotiradan doimiysiga o‘tish jarayoni ro‘y beradi.
7⃣ Konspekt, darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni tartib bilan saqlang. Kerak paytda ularni osongina topib oladigan bo‘ling.
8⃣ Ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya eting. Odatda abituriyentlar imtihonga tayyorlanayotgan vaqtda ovqatlanishdan ham vaqtini qizg‘onadi. Bu esa ularga aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
9⃣ Dars qilish uchun bir nechta joyni belgilab oling. Olimlarning fikricha, joyning o‘zgarib turishi miya faoliyatiga assotsiatsiya yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, bu ma’lumotni kutubxonada, bunisini uyda, mana bunisini o‘quv markazida yodlagan edim, deya eslab qolishingiz mumkin.
1⃣1 Tez o’qing. Mavzuni yodlashda malumotlarni tez o’qishga harakat qiling. Bunga sabab sekin o’qiganingizda atrofdagi voqea hodisalarga chalg’ib ketishingiz mumkin. Tez o’qilganda atrofga chalg’ish ehtimoli pasayadi.
1⃣2 Ma’lumotlarni eslab qolish uchun maxsus kartochkalardan foydalaning. Ularni o‘z qo‘lingiz bilan yasang, chiroyli bezak berishni ham unutmang. Kartochkalarga ma’lumotlarni yozishda grafika, rasm, diagramma, jadvallardan foydalansangiz, osonroq eslab qolasiz. Ayniqsa, sizda vizual xotira kuchli bo‘lsa, surat va tasvirlar katta yordam beradi.
1⃣3 Ma’lumotlarni qismlarga ajratib o‘rganing. Masalan, rangli qalam (flomaster)lar yordamida ma’lumotlarni belgilab oling: sariq qalam — xususiyatlar, ko‘k — qoidalar, yashil — jonzotlar va hakozo.
1⃣4 O‘zingizni sinov testlari bilan sinab turing. Shunda qaysi mavzuda xato qilayotganingizni bilib olasiz, ruhiy jihatdan ham tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lasiz. O’qituvchingizning mavzulashtirilgan test kitobchalaridan oqilona foydalaning.
Eng qiyin mavzularda o‘zingiz bilan viktorina uyushtiring. O‘zingizga mavzu yuzasidan savollar bering va ularga javob bering.
1⃣5 Raqobatchan bo’lishga intiling! Siz bilan bir xil fan o’qiydigan abituriyentlar bilan iliq munosabatda bo’ling. Ular bilan ko’proq savol javob qilishga intiling. Bilgan narsangizni o’rgatishdan qizg’anmang, bilmaganlaringizni so’rashdan uyalmang! ( hattoki u abituriyent bo’lsa ham)
1⃣6 Sizga qiyin bo‘lgan ma’lumotlarga birinchi bo‘lib e’tibor qarating. Qiyin mavzularni o‘zlashtirganingizdan so‘ng o‘zingizni taqdirlashni unutmang. O‘zingizni hursand qiladigan biror ish qiling.


Islom dinida ma’rifatga bo’lgan munosabatni quyidagi hadislarni keltirish bilan cheklanishni lozim topdik:
Ilm olish yo’lida sarflangan bir soat ibodat bilan o’tkazilgan bir kechadan ko’ra xayrliroqdir”.
Ilm yo’lida sarflangan bir kun uch oy ro’za tutishdan afzalroqdir”.
Ilm o’rganing, ilm o’rgangan haqni nohaqdan ajratadi.
Ilm jannat yo’lini yoritadi. Ilm insonga cho’lda yo’ldosh, yolg’izlikda hamroh, kimsasizlikda jondosh do’st bo’ladi”,
Ilm insonlarni saodatga eltadi, falokatdan qutqaradi, do’stlar orasini ziynatlaydi, dushmanga qarshi qalqon bo’ladi”.
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin