Biologiya fanidan sinfdan tashqari ishlarni noan’anaviy usulda tshkil qilish



Yüklə 311,94 Kb.
səhifə1/3
tarix22.10.2017
ölçüsü311,94 Kb.
#10141
  1   2   3

O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Xorazm viloyati pedagog kadirlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

“Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi

Biologiya fanidan sinfdan tashqari ishlarni noan’anaviy usulda tshkil qilish
Umumta’lim maktabilari biologiya fani o`qituvchilari uchun



Urganch 2012


Tuzuvchi: Q.Bekmetova. Qo‘shko‘pir tumanidagi 33-sonli umumta’lim

maktabi biologiya fani o‘qituvchisi


Taqrizchilar: J.Raximov. VPKQTMOI “Tabiiy va aniq fanlar

ta’limi kafedrasi” dotsenti t.f.n.

B.Toxirova VPKQTMOI “Tabiiy va aniq fanlar

ta’limi kafedrasi” katta o‘qiyuvchisi

Ushbu uslubiy ko‘rsatma VPKQTMОI ning 2012 yil _____ dekabrdagi

_____-sonli ilmiy kеngashi qarori bilan chop qilishga tavsiya etilgan.



Bayonnоma _____ «_____» 2012 yil

Biologiya fanidan o`quv yili davomida o`tkaziladigan sinfdan tashqari tadbirlarning ish rejasi




O`tkaziladigan tadbirlar

O`tkaziladigan vaqti

1

Oltin kuz “Mehrjon” bayrami

Sentabr

2

4-oktabr-hayvonlarni muhofaza qilish kuniga bag`ishlab kecha

Oktabr

3

“Zakovat”

Noyabr

4

“Biz OITS ga qarshimiz” kechasi

Dekabr

5

“Tabiat va inson” kechasi

Dekabr

6

Tuman olimpiadasi

Yanvar

7

Intellektual ring

Fevral

8

Viloyat fan olimpiadasi

Mart

9

1-mart Xalqaro “Giyohvandlikka qarshi kurashish” kuni munosabati bilan “Giyohvandlik-asr vabosi” kechasi

Mart

10

22-mart “Xalqaro suv havzalarini, ichimlik suvlarini asrash” kuni

Mart

11

Biologiya fani oyligi. Ochiq darslar va anjumanlar

Mart

12

1-aprel Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan “Qushlar bayrami”

Aprel

13

7-aprel butunjahon salomatlik kuniga bag`ishlanib “Sog`lom tanda sog`lom aql” kechasi.

Aprel

14

Gullar bayrami




15

22-aprel Xalqaro yerni asrash kuniga bag`ishlab “Tabiat toza bo`lsa, dori ham darkor emas” bellashuvi

Aprel

16

“Tabiat chekmasin aziyat” rasmlar konkursi`

Aprel

17

“Tabiat kecha va bugun” bellashuvi

May

18

“Qizil kitob-ogohlik belgisi” nomli kecha

May

19

Eng yaxshi Referat, Maqola, ko`rgazmali qurollar, tayyorlangan gerbariylar tanlovi.

Aprel

20

Yozgi topshiriq





9-sinflarda Mustaqillik bayramiga bag`ishlangan

O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi” mavzusidagi tadbir senariyasi.

Bayram o`tkaziladigan zal bayramona bezatilgan. Mavzuga oid devoriy gazetalar tayyorlangan.

Kechani ochib berish uchun so`z maktab direktoriga beriladi.


I-boshlovchi:

Assalomu-alaykum, qadrli mehmonlar, muhtarama ustozlar.

Qadim-qadimlardan tinmas dostonim,

Haqdan nazar tushgan go`zal bo`stonim,

Alpomishlar yurti nurli makonim,

Assalom, ona yurt O`zbekistonim.


II-boshlovchi:

Assalomu-alaykum, aziz tengdoshlar, bilimga chanqoq ukajonlar!

Tanti el ko`rmadim seningdek xalqim,

Shirin til ko`rmadim seningdek xalqim.

Toza dil ko`rmadim seningdek xalqim,

Assalom, ona yurt, O`zbekistonim.


I-boshlovchi:

Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo`lgan ushbu daqiqalarda eng ulug`, eng aziz bayram mustaqiligimizning 19 yillik shodiyonasi bilan barchangizni muborakbod etamiz.

II-boshlovchi:

Bugun O`zbekistonimizning hamma joylarida katta tantana, shodu xurramlik.


I-boshlovchi:

Balki satrlarga sig`mas so`zlarim

Madhingni kuylamoq istar zabonim

O`zingsan, azaliy baxtimga bitgan,

Qutlug` sajdagohim – O`zbekistonim.

II-boshlovchi:

Bag`ringda ulg`aydi komil insonlar

Sen-la faxr etadi jumla-jahonim

Ulug`lar oshyoni, fozillar yurti,

Ustozlar makoni – O`zbekistonim!

I-boshlovchi:

O`tgan davr mobaynida O`zbekistonimizning har bir yili asrlarga tatigulik bo`ldi. Bugun qaysi bir sohani olmaylik, o`z kasbining mohir bilimdonlari yuksak natijalarga erishmoqdalar.


II-boshlovchi:

“Qishloq taraqqiyoti va farovonlik yili”da O`zbekistonimning hamma joyida zamonaviy jihozlarga ega bo`lgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda tibbiyot muassasalari qurib ishga tushirildi.

II-boshlovchi: Vatan – bolaligim oltin beshigi.

Momolarim allasidagi she’r

Yurak yuraklarning naqshin eshigi

Qalblardagi o`chmas bir nur.

Go`zallikda jannat o`zingsan,

Ulug` latofatga yo`g`rilgan Vatan.

II-boshlovchi: Temur, Jaloliddin, Ulug`beklarning

Jasur ajdodlarga limmo-lim bag`ring

Ular-la go`zaldir yurtim jamoling.

Mardlar qalblarida o`zing onasan,

Mardlik qo`rg`oniga aylangan Vatan.

I-boshlovchi:

Endi navbat 9-sinf o`quvchisi Yusupov Otajonga Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Hech kimga qaram emas O`zbek” she’rini aytib beradi

Oyoq osti va egasiz yo`lmas o`zbek

Hohlagan suv olib ichgan ko`lmas o`zbek

Dong taratgan va o`ziga qaratgan el bu

Hech qachon, hech kimga qaram bo`lmas o`zbek.
Borgan joying obod qilgan Boburlar,

Mazlumlarni ozod qilgan Temurlar.


Tog`lardan baland o`zbekning g`ururi

Hech qachon, hech kimga qaram bo`lmas O`zbek

Kam bo`lmas O`zbek, mag`rurdir O`zbek

Hech qachon qaram bo`lmas o`zbek, hech qachon

Vatamin mening O`zbekistonim!
Yurtidan boshqasiga qulmas O`zbek

Hech kimdan kam bo`lmagan, kam bo`lmas o`zbek

Ota-ona ham vatanni tanlamaslar

Vatangado kimsalar hech anglamaslar.


Borgan joyin obod qilgan Boburlar

Mazlumlarni ozod qilgan Temurlar

Tog`lardan baland o`zbekning g`ururi

Hech qachon, hech kimga qaram bo`lmas O`zbek!

I-boshlovchi:

Vatan inson uchun bebaho boylik, Vatanning borligi odamga ulkan g`urur –iftixor baxsh etadi.

II-boshlovchi:

Chunki insonning eng pokiza va muqaddas tuyg`ulari o`zi tug`ilgan, voyaga yetgan zamin-vatani bag`rida uyg`onadi.


I-boshlovchi:

Sahnaga buyuk bobolarimiz timsolidagi siymolarni taklif etamiz.

Amur Temur: Agar bizni qudratimizni bilmoqchi bo`lsangiz. Biz qurgan imoratlarga bir boqing.

Alisher Navoiy:

Gurbatda g`arib shodmon bo`lmas emish.

El anga shafigu mehribon bo`lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,

Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish.
Zahiriddim Muhammad Bobur:

Tole yo`qi jonimga balolig` bo`ldi.

Har ishnikim ayladim xatolig` bo`ldi

O`z yerni qo`yib hind sari yuzlandim

Yo – rab, netay, ne yuz qarolig` bo`ldi.
II-boshlovchi:

Prezidentimiz “Yuksak manaviyat-yengilmas kuch” asarida bobomiz Alisher Navoiy haqida shunday deydi. “Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning murafakkiri, shoir desak shoirlarning sultoni”.

II-boshlovchi:

Bugun bolalarimiz siymolarning faqat bizning yurtda emas, balki dunyoning turli mamlakatlarida ularning asarlari ijodi ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko`rish mumkin.

I-boshlovchi:

Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug`bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizga, Misr poytaxti Qohirada esa Ahmad Farg`oniy xotrirasiga o`rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz.


II-boshlovchi: Endi Abdulla Oripovning “O`zbekiston” she’ri.

1-o`quvchi:

Yurtim senga she’r bitdim bu kun.

Qiyosingni topmadim also.

Shoirlar bor, o`z yurting butun,

Olam aro atagan tanho.

Ular she’ri uchdi ko`p yiroq

Qanotida kumush diyori.

Bir o`lka bor dunyoda, biroq

Bitilmagan dostondir bari.

Faqat ojiz qalamim manim

O`zbekiston, Vatanim manim

2-o`quvchi:

Yurmasman hech behishtini izlab.

Topolmasman, chekmasman alam.

O`tirmasaman ertaklar so`zlab

Musallo deb yo`nmasman qalam.

Ko`klamingdan olib sururni

Dovrug` soldi ustoz Olimjon.

Qilmoq mumkin olga doston

Olis tarix qadamim manim,

O`zbekiston, Vatanim manim

3-o`quvchi:

O`tmishing bor chindan ham

Ilg`ay olmas barchasin ko`zin

Maqtamasman moziyni biroq

O`tmishingni o`ylayman bir zum

Zabtga olib keng osiyoni

Bir zot chiqdi, mag`rur, davongir,

Ikki asr yarim dunyoni

Zir qaqshatdi ulug` Jahongir

Deyman bu kun u manim, manim

O`zbekiston, Vatanim manim

4-o`quvchi:

Bobolardan so`z ketsa zinhor

Bir kalom bor gap avvalida

Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor

Ko`rog`oniy jadvallarida.

Qotil qo`li qilich soldi mast

Quyosh bo`lib uchdi tilib bosh

Do`stlar, ko`kda yulduzlar emas

U Ulug`bek ko`zidagi yosh.

Yerda qolgan o, tanim manim,

O`zbekiston, Vatanim manim.

I-boshlovchi: Musiqiy tanaffus

“O`zbekiston” qo`shig`i.

Raqs “Gulnoz” ijro etishadi yosh havaskorlar klubining a’zolari.

II-boshlovchi: O`zbekiston kelajagi buyukdir. Bu buyuklikni ta’minlash mustaqillikni mustahkamlash biz yoshlarning zimmamizda.

O`z ona yutimizni, xalqimizni madaniy me’rosimizni asrab avaylash har birimizning burchimiz.

Yurtboshimiz aytganidek “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo`lmaymiz”.

I-boshlovchi:

Boshni ne toshlarga urdi bu diyor,

Necha vayron bo`ldi, qurdi bu diyor

Tojimahal me’mori, Nilning mirobi

Bizni yo`qlaganda bizdan ham salom.

Dunyolarni quchdi o`zbek degan nom.

II-boshlovchi:

Olam ko`rgani yo`q Sinoday tabib,

Navoiy singari mumtoz bir adib.

Al Qadiy cholg`usi dillarga habib

G`azallar, navolar oromijonimdir

Kelajagi buyuk O`zbekistondir

I-boshlovchi:

Ulug`bek nuridan samovat yorug`

Beruniy poylaydi yerlarni yorib

Yassaviy ko`zlariga ziyo va ma’ruf

“Ziji ko`rag`oniy” kashfi osmondir

Kelajagi buyuk O`zbekistondir.


II-boshlovchi:

Bugun ona yurtimizning millionlab asl farzandlari “Bu muqaddas mening Vatanim ajdodlarimning tabarruk hoki yotgan bu tuproqni himoya qilish uchun so`ngi tomchi qonim qolguncha kurashga tayyorman” degan azmu qaror qilganlar.


I-boshlovchi:

Hammangizni yana bir bora bugungi bayram bilan tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sog`lik, oilagizga xotirjamlik, dasturxoningizga baraka tilab qolamiz.


1-oktabr “O`qituvchilar va murabbiylar” kuniga bag`ishlanadi

Sizga ta’zim, ustoz muallim”


“Sizga ta’zim, ustoz muallim”, mavzusida o`tkaziladigan kechaga qarata maktab zali bayramona bezatilgan. Boshlovchi qiz va yigit bayramona libosda kuy sadolari ostida chiqib kelishadi.

Qiz Assalom, muhtaram, dono ustozlar,

Akajon, ukajon, opa-singillar

Munis onajonlar qalbi daryolar,

Bahor nafasidek iliq ko`ngillar.

Yigit Assalom, ey olam, feruza osmon.

Assalom, ustozlar, aziz mehmonlar

Kamtarin davraga bugun mehmonsiz

Sizga ehtirom ila egikdir boshlar.

Qiz Assalomu-alaykum, aziz va mo`tabar ustozlar, murabbiylar.

Yigit Assalomu-alaykum, qadrli va hurmatli mehmonlar!

Bugungi shodiyonamiz ulug` ustozlarimiz

Bayramiga bag`ishlangan “Sizga ta’zim ustoz muallim”

deb nomlangan tantanali kechamizga xush kelibsiz

Qiz Yo`qdan Beruniylar binolar qurgan,

Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan.

Xusainni Ibn Sinolar qilgan

Shunday buyuk zotlarga harf o`rgatgan kim?

Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Yigit Tuproqdek hokisor, bezovta jonlar

Ammo qanotida tog`dek ulug`vor

Xatto temuriydek sohibqironlar,

Pirim deb etagin o`pgan zamonlar.

Buyuk jahongirga yo`l ko`rsatgan kim?

Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Qiz Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi,

Xalq faravonligi, buyuk kelajagimiz yo`lida

O`zbekistonga fidokorona xizmat

Qilayotgan, uning yuksak va qudratli

Bo`lishi uchun kurashayotgan

Davlat va millat manfatlarini

Yurakdan his etayotgan

Yigit O`z iqtidori bilan ona yurtini

Ulug`lashga qodir istedodini

Va sadoqatli, har tomonlama sog`lom

Va barkamol avloqni voyaga yetkazishda

O`z zimmasiga katta mas’uliyatni olgan

Mehri daryo muallimlar va murabbiylar.

Sizlarni ulug` ayyomingiz bilan muborakbod etamiz.

Qiz Mana bu kun ulug` shodiyona

Shod boqadi har bir qora ko`z

Kechamizni ochib tabriklash uchun

Direkto`rimiz Qurbonov sizga so`z

U barchani bayram bilan qutlab kechani ochiq deb e’lon qiladi.

O`zbekiston Respublikasining madhiyasi ijro etiladi.

Yigit Ustoz deganda har bir inson ko`nglida chuqur, hurmat ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg`usi, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o`lchab, ado qilib bo`lmaydigan qarizdorlik hissi paydo bo`ladi.

Qiz o`quvchilar ustozlar haqida yod olgan sherlarini aytib beradilar.

Muallim qasidasi

1-oquvchi:

Siz so`zlagan o`n juft ko`z rom,

Ilmu toliblarga berasiz orom.

Sizga tazim, sizga yana ehtirom,

Vatanimning dono muallimlari.
2-o`quvchi:

Tiniq tuyg`ularga tiniqlik slogan,

Yoza yoza ba’zan qo`llari tolgan

Bolalar ko`ngliga yo`l topa olgan,

Vatanimning dono muallimlari!
3-o`quvchi:

Qirq besh daqiqa sirin kim bilar?

Sochingiz oqiyu, ajinlar ular.

Bolalar bag`riga tushgan tuyg`ular

Vataning dono muallimlari.

4-o`quvchi:

Sinf xonalari to`lib, to`lib boradi

Unda go`ya suzib, suzib boradi

So`zlaridan gullar tuzib boradi

Vatanimning dono muallimlari.

5- o`quvchi:

Shodliklar ko`p, ko`ldir, sonog`i yo`qdir

Siz bergan mehirning adog`i yo`qdir

Siz kabi ilimning ifodasi yo`qdur

Vataning dono muallimlari

6-o`quvchi:

Sizga yarashadi o`sha soddalik

Aytgan so`zlaringiz, hop ifodalik

Sizga meros erur vofodorlik

Vatanimning dono mualimlari.

7-o`quvchi:

Hosil beraversin ekkan doninggiz,

Luqmali haloldir yegan noninggiz,

But bo`lsin doimo pok imoninggiz,

Vatanimning dono muallimlari!

8-o`quvchi:

Siz so`zlagan chog`da sizga hamma rom

Ilmu toliblarga berasiz orom

Sizga so`zim, sizga yana ehtirom

Vatanimning dono muallimlari


Musiqiy tanaffus

Ustozlar qo`shig`i


Mehr nuri yog`ar doim,

Yuzingizfan ustozlar.

Yursam deyman bu tabarruk

Izingizdan ustozlar.

Chin insonlik kitobiga

Baxtu hikmat bitibsiz

Odob ila ilm oldim,

So`zinggizdan ustozlar.

Yigit:

Endi navbat ustozlar haqidagi hikmatli so`zlarga; sahnaga o`quvchi chiqib aytadi.



Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va muallimlilikdir. I.Karimov

Ustozlar aziz yurtning eng aziz, ulug` va mo`tabar kishilaridir.

I.Karimov

Haq yo`lida kim sanga bir harf o`rgatmish ranj ila,

Aylamak bo`lmas ado, oning haqin ming ganch ila.

Alisher Navoiy

Jahonda bo`lmasa muallim agar,

Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar.

Abdurahmon Jomi

Sizdan boshlanadi asli tafakkur

Munis muallimlar sizga tashakkur

Abdulla Oripov

Ilmdan bir shula dilga tushgan on,

Shunda bilursankim ilim bepayon.

A.Firdavsiy

O`quv qayda bo`lsa ulug`lik bo`lur

Bilim qayda bo`lsa buyuklik bo`lur

Yusuf Hos Xojib

Ilimdan yaxshiroq xazina bo`lmas

Qo`lingdan kelgancha terib olsang, bas.

D.I.Mendeleyev

“Ustoz-otangday ulug`”

“Siz shunday buyuksiz, muallim”

“Ustoz so`zi mangu mash’al”

“O`qituvchi inson qalbining memoridir”

“O`qituvchi aql-zakovat. mehr-muruvvat qo`rg`onidir”


O`qituvchi hayot bo`stonining bog`boni,

Nasllar yo`lining charog`onidir

Qiz: Endi navbat maktab faollariga

Yigit: - bu yorug` olamda onadan mehribon, otadek g`amxo`r, har birimiz uchun aziz va mo`tabar bo`lgan ulug` zot bu muallim va murabbiylardir.

Qiz: - bu buyuk zotga xalqimiz azaldan hurmat bajo etgan qur’oni karimda “Ilmni bergan va yuksaltirganlarning ikki dunyoga yaraqlab martabalari ulug` qilinjak” deyilgan. Demak, ustozlarga ollohning nazari tushgan.

Yigit: aziz xalqimizning bir naqlida

“Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo`lsang bug`doy ek, o`n yil yaxshilik qilmoqchi bo`lsang tok ekib bog` qil, umr bo`yi yaxshilik qilmoqchi bo`lsang o`qituvchilik qil”, deyilgan

Qiz: Ustozlarning sharafli ishlarini davlatimiz yuqori taqdirladi. Ko`pchilik ustozlar “O`zbekiston qahramoni” unvoniga sazovor bo`lganlar. Shu jumladan, Gurlan tumanidagi 5-maktab fizika va matematika o`qituvchisi: Anora Mahmudovaga Xiva shahridagi 20 mehribonlik uyining direktori Vera Borisovna Paklarga, Egambergan Karimovlarga O`zbekiston qahromoni unvoni berilgan.

Qiz: -

Nechog` baxtiyorman, ta’zimda shu top



Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.

Ne odam bo`lardim kitob

Biror harf tanimay tursaydim loqayd.

Sizku “Alifbo”dan “Qomus”gacha to

Bari barisini tanitgan ustoz

Yigit:


Ilk bor siz ko`rsatgan nurafshon zuhro

Bu kun she’rim ichra toshbekdir mumtoz

Siz mo`jaz yurakda yo`qolgan yog`du

Oqibat quyosh dek socha olur nur

Havaskor o`quvchilar tomonidan qo`shiq, o`g`il va qizlar raqsga tushadilar

Qiz:


Qiyos etgum keladi ustozlarni quyoshga

O`z mehrini qo`rini baxsh etadi har yoshga.

Bilganingda suyinib, bilmay qolsang kuyinib

Tasanodir ming bor ustozdagi bardoshga.

Yigit:

Ustoz yo`li porloqdir, ustoz yo`li yorug`dir



Ustoz ko`ngli xazina, saxovatga to`liqdir

Yetsang ustoz qadriga, eling seni ardoqlar

Nomin bering ustozning otangday ulug`dir

Qiz:


Shuning bilan sizlarni yana bir bora bayram bilan tabriklab, sizlarga sixat- salomatlik, oilaviy baxt ijodinggizda rivoj, sharafli ishingizga zafarlar tilab qolamiz, aziz va muhtarama ustozlar!
“Siz qushlarni bilasizmi?”
Kecha o`tkaziladigan joy bezatiladi.

Salomdan boshlanur birinchi kalom

Marhabo, azizlar, do`stlar, assalom.

Uyimiz, ko`ksimiz sizga keng ochiq

Boshimizdan mehr nurlari sochiq

1-boshlovchi: Assalomu-alaykum, aziz ota-onalar, qadrli bolajonlar. Mana fasllar kelinchagi bahor ham kirib keldi, issiq mamlakatlarga uchib ketgan qushlarimiz yana o`z makonlariga qaytib keldi. Shu munosabat bilan bugun 7-sinf o`quvchilari “Qushlar bayrami”ni o`tkazmoqdamiz. Sizlarni shu bayram bilan tabriklaymiz. Kechani oshib berish uchun so`zni direktorimizga beramiz.

Maktab direktori kechani ochib berib bayram bilan tabrikladi.
Boshlovchi:

Qushlar haqida ma’ruza o`qiladi.

Boshlovchi:

Davraga humo qushini taklif etamiz (o`quvchi kiyinib chiqadi)

Men baxt qushi-humoman

Boshlovchi xush kelibsiz, davramizga

Humo qush-bu mustaqil yurt meni o`z bag`riga oladi. Sening vataning huddi ertaklardagidek mamlakatga o`xshaydi shu bois yurting sari talpinib uchdim.
Boshlovchi:

Noming o`zing qadim humo qushim, humo qushim

Istiqbolni olib kelgan samo qushim, samo qushim.

Sen o`tmishning elchisisan,

Senda yillar bayoti bor.

Qodiriyning armoniyu

Ulug`bekning faryodi bor.

Olisdagi ulfatlarga salom

O`zing yo`lla samo qushim.

Qushlar kiyimida davraga o`quvchilarni taklif etamiz

Qaldirg`och:

Men qaldirg`och, tez keldim

Shamol misoli yeldim.

Qanotim tolmay uchdim,

Sizni sog`inib quchdim.

Keldim eshik och-och,

Sayrayman sizga atab

Don-dun soching hovuchlab

Kakku:

Hech qayg`usiz yayrayman,

Men sayroqi qush kakku.

Uzoq yerdan sayrayman

Deya kak-ku, kak-ku.

Bulbul:


Bulbul derlar otimni,

Surishtirmang zotimni.

Mittigina qushchaman,

Og`aynim bog`uchaman.

Kaptar: (qanot qoqib)

Men kabutar, xat tashuvchi

Shamol kabi yeluvchi,

Eshik chirtaman “taq-taq”

Maktub bor sizga faqat.

Olib keldim xat xabar

Eshik ochiq “taq-taq-taq”

Suyinchini cho`zing tez,

Sizni qilay xushchaqchaq.

(kabutar qo`llaridagi maktublarini bolalarga ulashadi, bir bola kabutarning boshini silab she’r o`qiydi)

Bola:

Boqdim men ikki kaptar,



Qanotlari oq-sapsar,

Tumshig`i uchli jud,a

Sevar singlim Mavjuda.

Gar chaqirsam keladi,

Shamol kabi yeladi,

Qo`nar, yelkam, qo`limga

Doim chiqar yo`limga.

O`zi yoqimtoy, yuvosh,

Silasam egadi bosh.

Sevadi hamma kishi

Men kabutar erk qushi!

Turna:


Qo`shig`imizning boshi,

O`zbekiston-quyoshi

Sen deb sevib qolganmiz,

Undan ilhom olganmiz.

Bola:

Turnalar, hoy turnalar,



Pastlab uchingiz

Bizning ko`l va daryolar uzra

Hakka:

Men hakkaman, hakkaman



Nafasim-chi, hakkalagan.

Kasbi-korim o`g`irlik,

Men uchun bu-to`g`irilik. Iqbolimga, baxtimga

Yaxshiyamki, qishloq bor.

Sara halol pishirgan

Savatchada pishloq bor

U daraxtda osilib turgan savatcha don, bir parcha pishloqni oladi-da, qochib qoladi. Shu choq quvnoq musiqa chalinib qizlar “ola qanot hakkalar” qo`shig`ini kuylashadi.

Kaklik:


Tongda turib sayrayman,

Bog`da ekin yayrayman.

Ovchi, tinchimni buzma.

Menga o`qingni uzma.

Yetim qolmasin bolam,

Qo`shiqga to`lsin olam.

Chumchuq:

Men chumchuq, birovga hech

Yomonligim yo`q also

Hashoratlarni cho`qib,

Yo`qataman mutlaqo

Non uvog`ini ko`rgan on

Tozalab terib yeyman.

Odamlarga doimo

Yordamim tegsin deyman.

(bolalarning biri chumchuqchaga chiroyli yasalgan in hadya etadi. Chumchuq “rahmat” deb joyiga qaytadi)

Laylak:

Sizlar sevgan laylak man,



Yaxshilarga kerakman.

Men yozning darakchisi

Fasllar yo`riqchisi.

Men haqimda ertaklar,

Yaxshilikka yetaklar

Aytishar ajib qo`shiq,

Men haqimda barcha xo`p.

“Ikki bola davraga chiqib laylak keldi” qo`shig`ini aytishadi

Boshlovchi: Endi navbat qushlar haqidagi sahna ko`rinishga.

Undan keyin qiziqarli savollar beriladi:

1) Dunyoda eng kichik qush?

2) Dunyoda eng katta qush?

3) O`rmon sanitari qaysi qush?

4) Havo sanitari qaysi qush?

5) “Loydan maza topadi” deb hisoblanadigan qush?

6) Tog`da uchraydigan ov qushi?

7) Qanaqa qush otasining nomi bilan ataladi?

8) Qanaqa qush savdo sotiq qiladi?

9) Gapiradigan qush?

10) Umr o`lchovchi qush qaysi?

11) Qaysi qush baliq suyaklaridan miyasida toshma yasaydi?

12) Qanday qushlar qishda bola ochadi?

13) Qaysi qush uchib kelganda bahor boshlanadi, deb hisoblaysiz?

14) Qo`lqop ko`rinishida uya quradigan qush?

15) Qafasda saqlanadigan qush?

Bu shartda 5 o`quvchi chiqadi, har bir o`quvchiga bittadan shar beriladi. Uning ichida biletda 3ta savol yozilgan, sharni puflab yoring uni ichidagi savolga javob berishadi, g`olib aniqlanadi va rag`batlantiriladi.

Boshlovchi sahnaga yana 5 ta o`quvchi taklif qiladi, ular qo`liga likopcha beriladi, savatda turgan tuxumlardan bittadan olib kelishlari kerak. Kim ko`p tuxum olib kelsa, g`olib hisoblanadi.

Musiqiy tanaffus. Xorazm lazgisi.

Kecha so`nggida o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Boshlovchi: shuning bilan bugungi qushlar bayramiga bag`ishlangan kechamizni tamomlab sizlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yana keyingi kechalarda uchrashguncha. Xayr, sog` omon bo`ling.


O`simliklar so`zlaydi”

1. Kirish. 2. Kechaning rasmiy qismi. 3. Viktorina. 4. Ashula va o`yinlar.


Tut

Mana hozir so`zlar azim tut

Osmonni qoplagan shox. Bargi-bulut

Salom, ey chaman, bog`-dataxt, barchasi

Yong`oqdan tortib olchasi

Hammangizdan avval pishaman o`zim.

Shakardan shirin, qordan oq yuzim

Bargimni qurtlar yeb to`qishar ipak.

Gavdam ham mustahkam ustaga kerak

Baxmalu shoyilar ishlanar kimdan?

Ko`klarda sayr etgan parashyot mendan.

Tut mayiz, tut holva, shinniyu-sharbat,

Bog` ichra aytsangiz, qay daraxt go`zal?

Mevalar chillagisi balx tut uzar.


Gilos

Qizarib uyatchang so`zlaydi gilos

Tut aka, go`zalsiz so`zlaringiz rost.

Biz ham yoningizda husnmiz boqqa

Mevamiz o`xshaydi qizil munchoqqa,

Pishamiz eng tansiq erta bahorda.

Bahor, yoz ko`rkimiz biz ham qatorda
O`rik

Kimda-kim sekin chiqarar ovoz

Men ham bor buyoqda, hoy jimjit gilos

Oq pishar, ko`k pishar, qantak zog`aldoq

Mevalar asli dunyoda sara.

Chillakisi va kechki yoz bo`yi borman,

Qish kuni stolda turshak tayyorman.

Mendan ham ishlanar konfet.

Povidlo, qiyomlar kimdan bo`lur ayt?

Bog` ichra aytingiz, qaysimiz go`zal?

Payvandi hosildor o`rikjon o`zar.
Olxo`ri

Salom, o`rik tog`a, ko`zimning nuri.

Tanishib qo`yaylik, ismim olxo`ri

Xilimiz, xishtimiz dunyoda ancha.

Ko`ksulton, qorali, tog`olcha.

Bizdan ham ishlanar murabbo, maza

Ko`nglingiz ochilar, yesangiz rosa.
Shaftoli

Salom, ey olxo`ri, mevalar boli,

Tinglangiz so`zlaydi otim shaftoli

Sevib, yoqtirib, ekishar barcha

Chillakisi, ham kechki xilimiz ancha

Zog`ora, zalg`aldoq, mushak va burchak

Yozu-kuz pishamiz, xilpirab chak-chak.

Bu yili eksangiz, yanagi yil yeysiz.

Hammani bir ko`zda ko`ring, tinglabsiz.
Tok

Shirinjon, shaftoli to`g`ri so`zlaring.

Aybing shu, ko`rmaydi meni ko`zlaring.

Bilasanmi, nechuk otim tok mening.

Olamni tutardim, bilib qo`y, jigar.

Daraxtlar shoxida o`ynar

Son-sanoqsiz urug` aymog`im,

Jahonga mashhurdir uchqara bog`im,

Hammangiz jo`ralar, sevgan o`rtog`im.

Uzumim, mayizim, sovg`ayu salom

Shirinim, so`zlarim sirasi kalom

Tol


Obbo, tok! so`z bering do`stingiz tolga

Xalq uchun zahmatda doimo borman

Menimcha o`rtoqlar hammangiz kerak

Gavdangiz go`sht bo`lsa, men suyak


Olma

Vatanga xizmatda hamma kaftma-kaft,

Yurgan shu mardlarning olmasidirman.

Mehnatning mevasi, holvasidirman.

Xilim ko`p, qo`rqmaydi qahraton qishdan,

Ko`zlovda bog`i-bog`lar sarasi

Sovuqdan, issiqdan qo`rqmas mevasi.

Dunyoga tarqalgan rang-barang xillar

Hamisha bog`laru chamandek gullar,

Mehnatning mevasi holvasidirman.


Nok

Olma aka, bizga bir nazar tashlang

Ukangiz biz nokmiz, qani yo`l boshlang.

Siz qand bo`lsangiz, biz asal

Hammamiz bir urug`miz, bilsangiz agar

Rangimiz boshqa boshqa ku

Bog`imiz, ishimiz, birku yo`limiz.
Anor

Men ham yoningizda nok og`a, tayyor

Bu yoqda anorjon jiyaningiz bor.

Achchig`u nordon, necha xil shirin

Dasturxon ko`rkiman bilsangiz necha asr

Opa singillar bo`yashur ipak.

Bog` ichra hammamiz barobar go`zal

Hosilda husnda bir-birdan o`zar.


Anjir

Salom, ey jonajon anorjon og`a,

Muncha ham so`zingiz yumshoq shirina.

Meva ham bir bu yoqda asl

Holvani qochirar, shirin mazali

Yolg`iz bor elimda tilagim biroq

Bog`bonlar eksalar bizni ham ko`proq

Nomimni so`rasangiz, tilla rang anjir

Bir totib ko`rsangiz asalga arzir.
Yong`oq

Haqlisan talabda anjir nevaram,

Bog`bonni ko`rganda aytaman men ham.

Qomatim oldida mevam kichikroq,

Tarvuzday bo`lsaydim qani loaqal.

Ko`plarni ko`rganda bo`laman asal

Shu kabi mevam ham tosh kabi pishiq,

Qobiqim yorsangiz ichim moy jiq-jiq.

Moyimdan ishlanar oziqlar xilma-xil

Hech o`chmas bo`yoqlar mendan bo`lur bil.

Tanamdan eng silliq mebel shkaflar

Stollar, stullar devor soatlar

Hammasi-hammasi bizdan ukacha.
Jiyda

To`ri der qatorda yonboshlab jiyda

Sizlardan qolmayman o`ssam avjida

Yaprog`im kumushdan,

Bobomning bosh oti jiydaku, ammo

Zotimiz behisob hali muammo

Non, jiyda, jilon jiyda, qarga juda

Bog`ichra desangiz hammamiz go`zal

Hosilda husnda bir-birdan o`zar
Behi

Biz ham bog`imiz ziynati, ko`rki,

Nomimiz so`rasangiz, osh ko`rki behi

Qimizak, novvoti, xilimiz ancha

Bizni ham sevishar jonidek barcha.

Palovga bossangiz bo`lamiz iliq,

Bizdan ham ishlanar qiyom ham yuz surlik.

Bog` ichra bo`libmiz bugun chor-ulfat

Kechadan beriga qiziydi suhbat

Avvalo, biz deylik rahmat bog`bonga,

Undirgan, o`stirgan, fermer dehqonga

O`zing ayt, bog`bonlar bizni ekmasa,

Sug`orib, chopishib, bizni kutmasa

Qanday o`sib, qanday tarqalar edik?

Shu sabab bog`bonga rahmat desang kam,

Guldiros olqishlar gurullar chinakam.

Apelsin

Sizlar bilan biz ham bir tanu bir jon



Nomimiz so`rangiz apelsin, limon.

Ayniqsa, choy bilan ichsangiz maza.

Ishtahagiz ochilib tabingiz toza.

Lekin qish bo`lganda ogoh bo`lasiz,

Tok bobom singari o`rab qo`yasiz.

O`rtoqlar, vatanga hammamiz kerak.

Tortib to chinor, maysadan

Nomiki giyoh bor, kerak bori ham.

Olaylik chunonchi bug`doy bo`lsa ham

Yolg`iz meva bilan ishingiz bitmas.

Paxtamiz ko`paymasa ustimiz butmas.


Yüklə 311,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin