Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти



Yüklə 32,6 Kb.
səhifə1/4
tarix04.01.2022
ölçüsü32,6 Kb.
#55976
  1   2   3   4


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Yuқumli va bolalar yuқumli kasalliklari kafedrasi




Mavzu: Dizenteriya (ichburug)

Tibbiy-profilaktika va davolash fakultetlarining 5 kurs talabalari uchun ma’ruza



IChBURUG (DIZENTERIYa)


Mavzuni dolzarbligi.

Dizenteriya shigellalar kuzgatadigan, intoksikatsiya va yugon ichak distal kismining zararlanishi bilan ta’riflanadigan yukumli kasallikdir.

Dizenteriya - buzilish va yugon ichak degan suzlardan tashkil topgan bulib, ichak faoliyatining buzilishi degan ma’noni anglatadi.

Uzbekiston xududidini issik iklimini, suv tankisligini, etiborga olganda ichak infeksiyani kuplligi xayrattat koldirmaydi.

Utkir ichak kasalliklar yukumli kasalliklar strukturasida birinchi urinni egalaydi,moy oyidan boshlab toki kech kuz kirguncha kuzatiladi.Ichburug kasalligidan keyin bemorlar ancha vaktgacha xolsizlanib yuradi ,ayrim xolatlarda ogir asoratlar ,kasallikning surunkali kechishi kuzatiladi.

Uhbu sabablarga kura dizentnriya uz dolzarbligini yukotmagan.


Tarixiy ma’lumotlar: Miloddan salkam uch ming yil ilgari utgan mashxur xakim Gippokrat ichak kasalliklarini ikki guruxga ajratgan:

1) oddiy ichketar (diareya) va 2) dizenteriya - korin ogrigi bilan utadigan ich ketishi. Asrlar davomida dizenteriya odamlarga kup falokatlar keltirgan. Ayniksa, tabiiy falokatlar paytida (urush va ocharchilik yillarida) u epidemiya va ba’zan pandemiya kurinishida keng tarkalgan va kup baxtsizliklarga sabab bulgan.



Etiologiyasi: Dizenteriya bakteriyalari SHIGELLA avlodiga kiradi, ularning 50dan ortik serologik turlari ma’lum. Xalkaro klassifikatsiya buyicha shigellalar 4 guruxga bulinadi: A, V, S, D.

Xar bir guruxning serologik turlari ajratiladi. Dizenteriya bakteriyalari fermentativ va antigen xususiyatlariga karab uch guruxga bulinadi:

1.

2.

3.



Shigellalar tayokcha shaklida bulib, kattaligi 0,3-0,6 va 1-3 mkm keladi. Ular xarakatsiz, spora va kapsulalari yuk, gramm manfiy, fakultativ anaerob. Oddiy ozuka muxitlarida kupayaveradi. Shigellalarning termostabil, ya’ni issiklikka chidamli somatik O - antigeni bor.

Grigorev – Shig bakteriyalari kuchli ekzotoksin ishlab chikaradi, parchalanganida esa ulardan endotoksin xam ajralib chikadi. Kolgan xamma shigellalar endotoksin xosil kiladi. Dizenteriya bakteriyalarining toksinlari neyrotrop va enterotrop xususiyatiga ega. Grigorev – Shiga bakteriyalarining virulentligi juda yukori. Kolganlari uncha virulent emas. Shigellalarning tashki muxit sharoitiga karab bir necha kundan bir oygacha tirik saklana oladi. Sut va sutli maxsulotlarda shigellalar tirik saklanibgina kolmay, balki tez sur’at bilan kupaya oladi. Ular sovuk xaroratda va kuritilganda xalok bulmaydi. 60 daraja issiklikda 30 minutdan sung, 100 darajada esa darxol xalok buladi. Kuyosh nuri xam ularni uldiradi. Dezinfeksiyalovchi moddalar (gipoxlorit, xloramin, lizol va boshkalar) bu bakteriyalarni bir necha minut ichida xalok kiladi. Dizenteriya bilan ogrigan bemor organizmida xosil buladigan immunitet kuchsiz buladi va uzokka chuzilmaydi. Dizenteriya kuzgatadigan bakteriyalarning turlari vakt utishi bilan uzgarib turadi. Masalan, 1930-1935 yillargacha asosan (50-80%) Grigorev – Shiga bakteriyasi uchrar edi. 1940-yillardan boshlab Evropada (60-80%) bemorlarda kasallikning kuzgatuvchisi Fleksner tayokchasi bulib chikdi.

1960-yillardan sung uning urnini Zonne mikrobi egalladi. Xozir Zonne tayokchasi kuprok uchramokda. Er yuzining boshka joylarida Fleksner va Grigorev – Shiga bakteriyalari kuzgatgan dizenteriya xali xam tez-tez uchrab turadi.

Epidemiologiyasi: Infeksiya manbai dizenteriya bilan ogrigan bemorlar va bakteriya tashuvchilardir. Bemorlar va bakteriya tashuvchilar shigellalarni axlat bilan birga tashkariga chikaradi. Sungra ular xar xil yullar bilan soglom odam ogziga kiradi. Grigorev – Shiga bakteriyasi kupincha kontakt yuli bilan, Fleksner shigellasi suv orkali, Zonne tayochasi esa ozik-ovkatlar orkali yukadi. Odamlarda dizenteriya bakteriyalarga tabiiy karshilik kursatish kuchi deyarli yuk. Shu sababdan shigellalar yukkach, deyarli xamma vakt kasallik rivojlanadi. Kupincha maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanadi. Xamma bemorlarning 2G’3 kismini 6 yoshgacha bulgan bolalar tashkil kiladi. Bu kasallik yoz va kuz oylarida kuprok uchraydi. Immunitet kasallik kuzgatgan turdagi bakteriyaning uzigagina xos buladi, bir yildan uzokka chuzilmaydi.

Patogenezi:
Ogiz orkali kirgan shigellalarning bir kismi me’da va ichakda xazm fermentlari ta’sirida xalok buladi. Ularga ichakdagi mikroblar xam ta’sir kiladi. Ana shu tusiklarni engib utgan shigellalar yugon ichak epiteliy xujayralariga joylashib olib, ularda uzok vakt saklana oladi va kupayadi. Xujayralarning bir kismi xalok buladi va ulardan chikkan shigellalarni neytrofil leykotsitlar va makrofaglar yutib oladi (fagotsitoz). Ayni vaktda ajralib chikkan toksinlar organizmga uz kuchini kursatadi. Toksinning neyrotropik xususiyatiga ega kismi markaziy nerv sistemasi, vegetativ nerv sistemasi va simpatiko-adrenal sistemaga ta’sir kiladi. Bu intoksikatsiya moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga sabab buladi.

Toksinning enterotop xususiyatli kismi - enterotoksin asosan yugon ichak distal kismining shillik pardasiga ta’sir kiladi. Bu toksin adenilatsiklazani faol xolga keltiradi va natijada ichakda suyuklik va elektrolitlar tuplanib boradi. Shigellalar va ularning toksinlari ta’sirida ichak shillik pardasi yalliglanadi, eroziya va yaralar paydo buladi.

Toksin ta’sirida biologik faol moddalar (gistamin, serotonin) kup ishlab chikariladi va ular yalliglanish jarayonini kuchayib, ichak funksiyalarini buzilishiga sabab buladi.

Dizenteriya ogir utganda, ayniksa yosh bolalarda toksikoz va eksikoz belgilari yakkol kurinadi. Ba’zan kon tomirlari funksiyasi kattik buzilishi natijasida bemor ulib kolishi xam mumkin. Dizenteriyaning ogir yoki engil utishi va klinikasining ba’zi xususiyatlari shigellalarning xillariga boglikdir.



Patologik anatomiyasi: yugon ichakda yuz beradigan uzgarishlarni shartli ravishda 4 davrga bulish mumkin:
1. utkir kataral yalliglanish davri;

2. fibrinoz-nekrotik yalliglanish davri;

3. yara paydo bulish davri;

4. yaralarni bitib, ichak shillik pardasida chandik paydo bulish davri.

Oxirgi yillarda 2- va 3-davrlarga xos uzgarishlar juda kam uchramokda. Asosan kataral yalliglanish belgilari kurinmokda. Yalliglangan shillik pardada kon kuyilish alomatlari - kontalashlar va eroziyalar topiladi. Ichak yulida shillik va kon aralash ekssudat tuplanib koladi.

Kasallik ogir utganida shillik pardada nekroz boshlanib, xalok bulgan tukimalar kuchib tushgach, yaralar paydo buladi. Bu yaralar kupincha sayoz buladi, lekin ba’zan anchagina chukur bulib, ichak devorining mushak kavatigacha boradi.

Ichak shillik pardasida kataral yalliglanish bulganda kasallikning 2-3-kunlaridayok epiteliy tukimasining regeneratsiyasi boshlanadi. Shunga karamasdan, ichakdagi anatomik uzgarishlar, xatto dizenteriyaning engil xillarida xam 4-5 oy utgandan keyingina barxam topadi. Regeneratsiya alomatlari bilan bir katorda yalliglanish belgilari xam kuzatiladi. Surunkali dizenteriyada regeneratsiya jarayoni chuzilib ketadi. Meysner va Auerbax nerv chigallarida, simpatik nerv tugunlarida, umurtkalararo gangliyalarda distrofik uzgarishlar aniklanadi. Bu xildagi distrofik uzgarishlar kuyoshsimon nerv chigali, buyin simpatik tugunlari, adashgan nerv gangliyasida xam yuz beradi.

Klinikasi:
Kabul kilingan rasmiy klassifikatsiyaga kura dizenteriyaning kuyidagi xillari va shakllari uchraydi:


  1. Utkir dizenteriya.

    1. Kolitik xili:

A) engil shakli;

B) urtacha ogirlikdagi shakli;

V) ogir shakli;

G) belgilari anik bulmagan shakli.



    1. Gastroenterokolitik xili:

A) engil shakli;

B) urtacha ogirlikdagi shakli;

V) ogir shakli;

G) belgilari anik bulmagan shakli.



  1. Surunkali dizenteriya.

    1. kaytalanib yoki kuzib turadigan, ya’ni residivlanuvchi xili;

    2. uzluksiz davom etadigan xili.

III. Bakteriya tashuvchilik.


Kataloq: uum2 -> yuqumli-kasalliklar
uum2 -> Tibbiyot malaka oshirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi
uum2 -> Travmatologiya-ortopediyaning rivojlanish tarixi. Suyak sinishlarini diagnostika va davolash usulari
uum2 -> Mavzu qovoq, ko'z yosh a’zolari va shillik parda kasalliklari. Mashg'ulotning davomiyligi
uum2 -> Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash va tibbiy profilaktika fakulteti teri-tanosil kasalliklari kafedrasi
uum2 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum2 -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi
yuqumli-kasalliklar -> Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти
uum2 -> O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi

Yüklə 32,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə