Biz yoshlar oiv va spidga qarshimiz! 1 dekabr- xalqaro spidga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab suhbat



Yüklə 60,5 Kb.
səhifə1/3
tarix11.01.2022
ölçüsü60,5 Kb.
#113769
  1   2   3
1 dekabr xalqaro spidga qarshi kuras (1)
“Yoshlar-OITSga-qarshi”-tarbiyaviy-tadbir-ssenariysi@nambiolog.zn .uz , huquq senariy — копия

TELEGRAM KANALI @SENARI_UZ @KALMAXAN_OFFICIAL


Biz yoshlar OIV va SPIDga qarshimiz! 1 dekabr- Xalqaro SPIDga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab suhbat.
Hozirgi davrda OIV-infeksiyasi dunyo bо‘yicha sog‘liqni saqlashning eng dolzarb muammolaridan biri bо‘lib qolmoqda. Bolalar, о‘smirlar, yoshlar, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining – jamiyatdagi barcha kishilarning salomatligi hamda hayotini xavf ostiga qо‘ymoqda.

Kо‘p hollarda kishining, yoki umuman aholining sog‘lig‘i borasida biror muammo tug‘ilib qolsa, dastlab Siz — shifokorlarga murojaat etishadi. Siz bilan maslahatlashishadi va Siz bergan tavsiyalarga amal qilishadi. Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, jinsiy yо‘l orqali yuqadigan kasalliklar (JIOYUK), shuningdek OITS kabi xavfli kasallik va ularni oldini olish bо‘yicha aholining boxabarligini oshirishda, ogohligini kuchaytirishda Sizning о‘rningiz beqiyosdir.

Siz albatta, OIV infeksiyasi, uning dastlabki belgilari, asoratlari, oldini olish yо‘llari, kasbiy faoliyatingiz jarayonida kasallikni yuqtirish xavfi vujudga kelsa, undan himoyalanish choralari borasida kerakli ma’lumotlarga ega bо‘lishingiz zarur.

Qayd etilgan har bir OIV-infeksiyasi ortida tuzalmas dardga chalingan insonning hayoti va taqdiri turibdi. U ham Sizning bir og‘iz shirin sо‘zingizga, ruhiy kо‘magingizga muhtoj ekanligini unutmaslikni eslatib о‘tish joizdir. Zero, hozirgi kunda bu xavfli kasallikning yuqib qolishidan hech kim kafolatli tarzda himoyalangan emas.



OIV nima?

OIV — Odam Immuntanqisligi Virusining qisqartirilgan nomi. Bu virus qondagi limfotsitlarni yemiradi. Limfotsitlar organizmga yot bо‘lgan kasallik qо‘zg‘atuvchi mikroorganizm (bakteriya, virus, zamburug‘) larni aniqlab, ularni parchalab tashlash, zararsizlantirish vazifasini bajarishadi. Tanamizni yot mikrob va hujayralardan himoya qiladigan bu hujayralar hisobiga biz kasallikka chalinmaymiz, chalinsak ham tez sog‘ayamiz. Tanamizning himoya kuchi (immunitetini) limfotsitlar tashkil etadi.

Bu nimaga olib keladi?

Qonda limfotsitlarning kamayishi, himoya tizimining kuchsizlanib borishiga olib keladi.

OIVining yuqishi, OITS kasalligining boshlanishi degani emas. Virus organizmga tushgandan keyin 5-10 yil yashirin yashashi mumkin. Bu davr davomida kasallik belgilari yuzaga chiqmasligi, odam о‘zini sog‘lom his qilishi mumkin. Kasallikning yashirin davri atrofdagilar uchun xavfli bо‘lib, odam bilib-bilmay virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin.

OITS nima?

OITS-Orttirilgan Immun Tanqisligi Sindromi — OIV-infeksiyasining kasalliklar rivojlanadigan sо‘nggi davri hisoblanadi.

Himoya tizimining kuchsizlanib borishi, turli xil yuqumli kasalliklarga chalinish xavfini oshiradi. Masalan, sog‘lom odamlarga qaraganda, OIV yuqqanlarda о‘pka silining rivojlanish xavfi yuqoriroq bо‘ladi. Shunday mikroorganizmlar mavjudki, ular sog‘lom odam uchun hech kanday xavf tug‘dirmaydi. OIVi yuqqanda esa, hattoki bu mikrorganizmlar ham kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Pnevmotsistli zotiljam, Kaposhi sarkomasi (terining о‘sma kasalligi) kabi kam uchraydigan kasalliklar shular jumlasiga kiradi. Bu kasalliklar oxir oqibat о‘limga olib keladi.


Yüklə 60,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə