Bizning telegram kanalimiz



Yüklə 25,06 Kb.
səhifə1/2
tarix17.10.2022
ölçüsü25,06 Kb.
#118366
  1   2
Fonetika testlar


Bizning telegram kanalimiz: @Tilshunoslar_uchun
FONETIKA yuzasidan testlar:

  1. Quyida berilgan gapdagi ochiq bo'g'inlar sonida ishtirok etgan lablanmagan unlilar sonini aniqlang.

Derazamning oldida bir tup o'rik oppoq bo'lib gulladi…

    1. 5 B) 7 C) 6 D) 8



  1. Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi?

    1. Bir vaqt qarasam, yig'layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi.

    2. Ko'z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg'itib o'ynatayotgan polvonlar ketmasdi.

    3. Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o'z obro'yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma'qul.

    4. Otaxon, singlimning ko'ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo'ldan kelgancha qarab, yordam berib turing.



  1. Quyida berilgan qaysi gapda asosi yasama sifat bo'lgan, fonetik qoida asosida yozilgan ot so'z turkumiga tegishli so'z ishtirok etgan?

    1. Yurtimiz tinchligini o'ylar ekansiz-u, shu tinchlik, avvalo , uyingizdan boshlanishini unutib qo'yibsiz-da?!

    2. Sarg'aygan yaproqlarga qarar ekanman, allaqachon kuz kirib kelganini, ammo hali hamon qalbimda sovuq qishning tafti ufurib turganini his qildim.

    3. Uning bu sokinligi qandaydir g'ayritabiiy tuyular, ko'zlari mayus yerga qarardi.

    4. Go'yoki olamshumul xabarni eshitgandek baqirib yubordi.



  1. Til oldi, jarangsiz, portlovchi undosh so'z yasovchi qo'shimcha vazifasini bajargan qatorni belgilang.

    1. Salima qo'lidagi supurgisini yerga qo'ydi-da sekingina jo'mrakni burab chelagiga suv to'latdi.

    2. Kecha shuncha pulni kimdan to'latgan edingiz? Ishonmasangiz, mana, ko'ring! Hisob raqamiga pul o'tkazilmagan.

    3. Qorli tog'lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida.

    4. Men mast bo'lib qoldim bu kecha, Sil o'pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim.



  1. Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o'zaro ta'siri natijasida o'zgarishlarga uchrashiga nima deyiladi?

    1. Metateza

    2. Fonetik hodisalar

    3. Assimilatsiya

    4. Tovushlar moyillashuvi



  1. Yangidan o‘zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o‘z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi.

Berilgan gap tarkibida fonetik o'zgarish asosida yozilgan so'zlar haqida to‘g‘ri fikrni toping.1) Ushbu gap tarkibida fonetik o'zgarish bo’lmagan.2) Fonetik o‘zgarishga uchragan so'zlarda tovush tushgan va almashgan.3) Fonetik o‘zgarishga uchragan so'zlar soni 3 ta. 4) Fonetik o'zgarishga uchragan barcha so'zlarda tovush tushgan.

    1. 1,2,3 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,2,3,4

  1. Yomg'irdan keyin osomonda paydo bo'ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga tortib turganga o'xshaydi.

Ushbu gapda qatnashgan sonorlar miqdorini aniqlang.

    1. 18 B) 19 C) 21 D) 17

  1. Quyida berilgan gaplarning qaysilarida faqat tovush tushish hodisasi kuzatiladi?

  1. Eng yaxshi yo'l shuki, yaxshi do'st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi.

  2. Shu onda qarsaklar chalindi-yu, hamma o'rnidan turdi.

  3. Daryo tomondan guvillab esib turgan shabada yo'l bo'yidagi o't-o'lanlarni tebratar, hamda sarg'ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi.

  4. Oraga shunday jimlik cho'kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi.

  5. Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, hali oxiriga yetolmasday ko‘rindi.

    1. 1,3,4,5 B) 2,4,5 C) 1,2,3,5 D) 1,2,5

  1. Barchamizga ma’lumki, inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug'ilib o'sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo'ladi.

Ushbu gapda fuziya hodisasiga uchragan yasama so'zlarning asosi qaysi so'z turkumiga tegishli?

    1. Olmosh, ot, ot, sifat B) Olmosh, sifat C) Ot, sifat, fe'l D) Olmosh, ot, sifat


  1. Yüklə 25,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin