Bob va paragrflarning nomlanishi Betlar


Or. Or-bu nomunosib yoki ep ko`rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, o`yalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Andisha



Yüklə 44,9 Kb.
səhifə3/5
tarix21.09.2022
ölçüsü44,9 Kb.
#117901
1   2   3   4   5
Milliy g‘oya targiboti

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Vijdon.
Or. Or-bu nomunosib yoki ep ko`rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, o`yalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir.
Andisha. Andisha – bu oqibatini o`ylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan mulohaza ehtiyotkorlik hissidir.
Nomus. Nomus – bu iffat, bokiralik ma`nolaridan tashqari kishining o`z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha`niga dog’ tushirmaslik ma`nosini ham ifodalaydi.
Vijdon. Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe`l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat va Vatan, millat oldida ma`naviy mas`uliyat his etishidir.
Insof. Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda kishilarga munosabatda halollik, to`g’rilik, barobarlik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo`ylikdir.
G’urur. Ona tilimiz asrlar bo`yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma`no va tushunchalarni, ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin.
Albatta, bu tushunchalar alohida mazmunga ega bo`lim bilan birga, ular me`yorga ham amal qiladi. Bunday inson qalbi bilan bog’liq sifatlar insonni, yoshlarni milliy g’oyaga ishonch va e`tiqodini mustahkamlaydi, ezgulikka xizmat qiladi.

1.2. G'oyaning rivojlanishida falsafa va siyosatshunoslik fanlarining ahamiyati Milliyy g’oya O’zbekistonning har bir fuqarosini O’zbekiston xalqlari, o’zbek xalqi hayoti, ma’naviy-ruhiy, madaniy merosi, milliy-ma’naviy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiradi, uning mazmun va mohiyatini anglashga undaydi. Bu g’oya ularda milliy-ma’naviy negizlariga tayangan holda rivojlanish, uni qadrlash tuyg’ularini shakllantiradi va mustaxkamlaydi. Milliy g’oya printsiplarining har bir fuqaroning ishonch va e’tiqodiga aylanishi, kishilarning hatti-xarakati va faoliyati orqali mamlakat oldida turgan maqsadlarni birgalikda amalga oshirish uchun ularni mushtarak maqsadlar atrofida jipslashtiradi, ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradi yot zararli, begona g’oyalarning ta’siridan saqlaydi, g’oyaviy immunitetni oshiradi.Birinchi prezidentimiz aytganlaridek, «fikrga qarshi fikr bilan, g’oyaga qarshi g’oya bilan, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan»1 kurashishni talab etadi, chunki o’zining mustaqil fikri, g’oyasi bo’lmagan odam yot va begona, yovuz va g’oyalarga qarshi kurasha olmaydi.


Milliy mafkurani o’rganish orqali inson turli xil g’oyaviy ta’sirlarning maqsad va muddaolarini bir-biridan farqlay oladi. Fuqarolarda, xususan, yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy o’zligini anglashi milliy-ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan sog’lom muxitni shakllantiradi va uni hurmat qilish ruxida tarbiyalaydi, milliy g’oyani o’rganish milliy g’urur avlodlarga munosib vorislar bo’lish, ular bilan faxrlanish va ularga o’xshab o’z Vatanining ravnaqiga munosib hissa qo’shish bilan bogliqdir. Hozirgi zamon ilm-fan yutuqlarini egallash, fan va texnologiyalarni o’zlashtirishga da’vat etadi. Vatanparvarlik tuyg’ularini oshiradi. O’z xalqiga va millatiga bo’lgan sadoqatini mustahkamlaydi. Kelajak avlodlar oldidagi ma’suliyatni oshiradi. O’zbekistonning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotga ega bo’lgan mustaqil mamlakat sifatida dunyo xamjamiyatida o’ziga xos o’ringa va nufuzga ega bo’lishi uchun fidoiylik bilan mehnat qilishga xizmat qiladi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurilishida uning axamiyati doimo oshib boradi. Chunki, dunyoda turli xil g’oyalar, turli xil maqsadlar mavjud bo’lar ekan, milliy istiqlol g’oyasi tizim sifatida amal qilishi kerak. Shunda, O’zbekiston o’zining tadrijiy rivojiga ega bo’ladi. Milliy g’oya hayot o’zgarishlari bilan bogliq holda domo yangi-yangi muammolarga duch kelishi mumkin. Xar bir davr, zamon va makon o’zgarishlari, unga bo’lgan ishonch va e’tiqod zaruratini doimo saqlab qoladi. Faqat uni yangi sharoitda yangicha yondashuv, yangicha texnologiyalarni joriy etish asosidagina odamlar ongi va tafakkuri, ishonch va e’tiqodi bilan bog’liq ma’naviy-ruxiy olamining negizi bo’lgan milliy istiqlol g’oyasi uzluksiz ravishda mustaqillikni mustaxkamlashga va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi.
Demak, birinchi prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: «Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy g’oya tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviy-ma’rifiy soxa xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamoyillarini odamlar ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarishlari zarur»2. 2
Bu o’rinda, «Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari » fani alohida ahamiyat kasb etadi. Falsafa va umumgumanitar soha bilimlari vositasida nafaqat o’zbek va xorijiy davlat xalqlarining asrlar mobaynida to’plagan ma’naviy boyliklari, balki umuminsoniy qadriyatlar hamda insoniyat tamadduni erishgan yutuqlar ham o’zlashtiriladi. Shuning uchun bu sohaga oid bilimlarni aholining barcha qatlamlarini ma’rifatli qilish, birinchi navbatda, yosh avlodni tarbiyalash vazifasini ado etishga yo’naltirish zarur Falsafa va umumgumanitar fanlarning muhim vazifalaridan biri respublikamiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarni, xalq turmushida ro’y berayotgan o’zgarishlarni keng, teran tahlil etish yo’li bilan yoshlarning ruhiy-ma’naviy olamida g’oyaviy bo’shliq yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikdir. Bu fanlar yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg’ularini shakllantirishi hamda ularni ma’naviy barkamol, mustahkam irodali va sog’lom fikrlovchi kishilar bo’lib kamol topishiga xizmat qilishi darkor. Ma’lumki, har qanday g’oya insonlarning muayyan manfaati va maqsadi asosida yuzaga keladi. Ayni paytda, g’oyaning mazmun-mohiyati shakllanishi va rivojlanishida falsafa asosiy o’rin tutadi. Ya’ni, shaxs, ijtimoiy guruh yoki toifalarning g’oyalari jamiyat mafkurasiga aylanishi uchun u, albatta, ilmiy-nazariy va metodologii jihatdan asoslanishi zarur. Bu vazifani aynan falsafa bajaradi. G’oya va mafkurani falsafiy asoslash deganda, inson, guruh, jamiyat yoki millat maqsad-muddaolarini ruyobga chiqarish yo’lidagi faoliyatni ij­timoiy taraqqiyot qonuniyatlariga moe yoki zid kelishi ko’rsatib berilishi tushuniladi. Binobarin, g’oya va mafkura falsafiy asoslansagina, jamiyat dagi kishilarni, turli ijtimoiy-siyosiy guruh va toifalarni birlashtirib, ular faoliyatini harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Shuning uchun g’oya va mafkurani falsafadan ajratib bo’lmaydi. Falsafa fanida milliy istiqlol g’oyasiniig turli jihatlarini dunyoqarash va metodologiyaning dolzarb muammolari tahlili orqali bayon etish mumkin. Bunyodkor g’oyalar, odatda qalbi pok, irodasi mustahkam, xalqning muammolarini tushunib etadigan, uning orzu-umid va maqsadlarini ifodalagan kishilar tomonidan davr chaqirig’iga javob tari-qasida ilgari suriladi. Gnoseologiya nuqtai nazaridan g’oya insonning o’zini anglash va hodisalar dunyosini bilish mohiyatlarining ichiga kirib borishini anglatadi. Mafkuraning falsafiy tahlili shundan dalolat beradiki, ikki xil, ya’ni faoliyatdagi g’oya sifatida uzoqqa mo’ljallangan maqsad va vazifalar tarzida («Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz») hamda muayyan ijtimoiy guruhlar manfaatlarini himoya qilishning nazariy asosi sifatida qaraladi.


Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin