Bolalar adabiyoti fanidan 2-mustaqil ta’lim yoʻriqnomasi «An`anaviy ertak va afsona»



Yüklə 39,01 Kb.
səhifə1/3
tarix13.04.2023
ölçüsü39,01 Kb.
#125260
  1   2   3
bolalar adabiyot tayyor (4)


Bolalar adabiyoti fanidan 2-mustaqil ta’lim yoʻriqnomasi

« An`anaviy ertak va afsona» mavzusini qyuidagi texnologiyalar asosida topshiriqni bajaring



1)“Zinama-zina” texnologiyasi asosida “Xalq ozaki ijodi va turlari” mazmunini ko’rsating va uni izohlang



Xalq ozaki ijodi turlari

Mazmuni





Daston

Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan.



Lapar — musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab boʻlmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholgʻu joʻrligisiz aytiladigan qoʻshiqlar

Lapar


Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Topishmoq - bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o'quvchining ixtiyoriga qoldiradigan o'yin

Maqol va
tapishmoq



Yil fasllari tasvirlangan qo’shiqlar mavsum qo’shiqlari deyiladi .Qadimgi qo’shiqlarning namunalari Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit - turk” asari orqali yetib kelgan.

Mavsumiy qo’shiqlar



Matal



MATAL – ko’chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi.Matal o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z birikmalaridan iborat bo’ladi,


2)“Ertak va uning kelib chiqishi va ularning mavzu ko‘lami” mavzusi matni asosida 10 tadan iborat 4 javob variant ko’rsatilgan test savollarini tuzing.

Ertaklar Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. Ertaklar hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, Ertaklarni ikki guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan. Ertaklar, hayotiy uydirmalar asos boʻlgan ertaklarga boʻlish mumkin. Hayoliy uydirmalar asosidagi ertaklar syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertaklar. syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. ertaklarda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.


Ertak janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli Ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga boʻlinadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning bir turi majoziy ertaklardir. Majoziy ertaklarning ("Susambil", "Boʻri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik obrazlar yotadi. Masalan, laqmalik va qonxoʻrlik boʻri orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik tulki orqali ifodalangan.
Sehrli ertaklarda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi "Yalmogʻiz", "Semurgʻ", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalardir. "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" va boshqalar ertaklar komik, baʼzilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" ertagida bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning "yolgʻon toʻqishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga hos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi.
Maishiy ertaklarda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi "Uch ogʻaini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar. Masalan, "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.
Javob 2) Test savollari
1.Ertaklar qaysi hududlarda matal deb yuritiladi?
A) Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona
B) Surxondaryo, Samarqand, Xorazm
C) Xorazm, Toshkent ,Qashqadaryo
D) Xorazm, Toshkent shahri
2.Ertaklar qaysi hududlarda ushuk deb yuritiladi?
A) Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda
B) Surxondaryo, Samarqand, Xorazm
C) Xorazm, Toshkent ,Qashqadaryo
D) Xorazm, Toshkent shahri
3. Ertaklar Xorazm vohasida qanday nom bilan ataladi?
A) Varsaqi B) Lapar C) Ushuk D) Afsona
4.Ertaklar uchun muhim mezon bu-?
A) Uydirma B) maqol C) qo’shiq D) topishmoq
5.Ertaklar necha guruhga bo’linadi?
A) 4 ta B) hech qanday guruhga bo’linmaydi C) 3 ta D) 2 ta
6.Hayvonlar haqidagi ertaklar qanday nomlanadi?
A) Majoziy B) Maishiy C) hajviy D) Afsonaviy
7. Pahlavonlik va qahramonlik madh etuvchi ertaklar qanday nomlanadi?
A) Sehrli ertaklar B) Maishiy ertaklar
C) Hajviy ertaklar D) To’g’ri javob berilmagan
8.Qanday ertaklarda zulm va adolatsizlik qoralanadi?
A) B) Maishiy ertaklar B) Sehrli ertaklar
C) Hajviy ertaklar D) Majoziy ertaklar
9. Toshkent shahri va uning atrofida ertaklar qanday nomlanadi?
A) Cho’pchak B) Ertak C) Ushuk D) Afsona
10. Sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar bu-?
A) Ertak B)maqol C) Daston D) A va C javoblar



Yüklə 39,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin