Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari


Nevroz — rivojlanish sabablari va mexanizmlari



Yüklə 330,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix01.01.2022
ölçüsü330,67 Kb.
#107104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARDA EMOTSIONAL STRESSLARINI OLDINI OLISH USULLARI. INDUVIDUAL RIVOJLANISH DAVRIDA IMMUN REAKSIYALARINI RIVOJLANISHI
ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, 3-SINFDA INSHO YOZISH UCHUN MATERIAL TÓPLASH, REJASINI TUZISH, INSHONI YOZISHGA TAYYORLANISH, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, 3-SINFDA INSHO YOZISH UCHUN MATERIAL TÓPLASH, REJASINI TUZISH, INSHONI YOZISHGA TAYYORLANISH, 3 Korreksion maxsus pedagogika, O‘zbek bolalar adabiyoti kirish Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari, 762
Nevroz — rivojlanish sabablari va mexanizmlari 

 

Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, nevroz kasalligi (qadimgi yunon. νεῦρον «asab» dan yangi 

lot. neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning 

klinik  tasviri  astenik,  o‘rnashib  qoladigan  fikrlar  yoki  jazava  belgilari,  shuningdek,  aqliy  va  jismoniy 

mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta‘riflanadi. 

Barcha  hollarda  psixogen  omillar  bu  nizolar  (ichki  yoki  tashqi),  psixologik  travmaga  olib  keladigan 

vaziyatlar ta‘siri, 

stress

 yoki uzoq vaqt mobaynida psixika hissiy va aqliy sferasining zo‘riqishi bo‘ladi. 



«Nevroz»  tushunchasi  tibbiyotga  1776-yilda  shotlandiyalik  shifokor  Uilyam  Kallen  tomonidan 

kiritilgan.  Terminning  mazmuni  qayta-qayta  boshqatdan  ko‘rib  chiqilgan,  lekin  hozirgacha  uning 

umume‘tirof qilingan ta‘rifi yo‘q. Shuni  ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, tibbiyot va biologiyada oliy asab 

faoliyatining turli funktsional buzilishlari ham «nevroz» deb nomlanadi. 

«Nevroz»  termini  hozirda  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  professional  psixiatrik  hamjamiyat 

tomonidan  ishlatilmaydi.  Amerika  psixik  buzilishlar  diagnostik  va  statistik  qo‘llanmasining  1980  yilda 

DSM-III  uchinchi  nashridan  boshlab  «nevrozlar»  bo‘limi  bekor  qilindi.  Misol  uchun,  depressiv  nevroz 

o‘rniga distimik  buzilish,  obessiv-kompulsiv  nevroz  o‘rniga obessiv-kompulsiv  buzilish,  ipoxondrik 

nevroz o‘rniga ipoxondriya kiritildi. 

I.  P.  Pavlov  o‘zining  fiziologik  ta‘limoti  doirasida  nevrozni  noadekvat  kuch  va  tashqi 

qo‘z‘g‘atuvchilar  ta‘siri  tufayli  miya  po‘stlog‘ida  o‘ta  zo‘riqish  natijasida  oliy  nerv  faoliyatining 

surunkali  uzoq  vaqt  buzilishi  deb  belgilangan.  XX  asr  boshlarida  «nevroz»  klinik  atamasini  nafaqat 

odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo‘llash ko‘p bahs-munozaralarga olib keldi. 

Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida 




 

ifodalaydi.  Bunday  nizo  insonning  asosiy  ehtiyojlarini  qondirishga  to‘sqinlik  qiladigan  va  uning 



kelajagiga  tahdid  soladigan,  inson  unga  qarshi  kurashadigan,  lekin  yenga  olmaydigan  uzoq  vaqt 

saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlar sharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi. 

Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va me‘yorlarni 

nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko‘rgan. 

Karen  Xorni  hisoblashicha,  nevrozning  fundamental  nizosi  —  shaxsning  mos  kelmaydigan  himoya 

tendentsiyalari  o‘rtasidagi  qarama-qarshilikning  natijasidir.  Xorlik,  ijtimoiy  izolyatsiya,  ota-onalarning 

mutlaq  boshqaruvchi  mehr-muhabbati,  beparvo  va  tajovuzkor  munosabat  kabi  noqulay  ijtimoiy 

omillardan  himoyalanish  uchun,  bola  «odamlar  tomon»,  «odamlarga  qarshi»  va  «odamlardan  nari» 

yo‘nalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi. 

 




Yüklə 330,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə