Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari


Asab tizimi kasalliklarining asosiy simptomlarini tekshirish usullari



Yüklə 330,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix01.01.2022
ölçüsü330,67 Kb.
#107104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARDA EMOTSIONAL STRESSLARINI OLDINI OLISH USULLARI. INDUVIDUAL RIVOJLANISH DAVRIDA IMMUN REAKSIYALARINI RIVOJLANISHI
ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, 3-SINFDA INSHO YOZISH UCHUN MATERIAL TÓPLASH, REJASINI TUZISH, INSHONI YOZISHGA TAYYORLANISH, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, 3-SINFDA INSHO YOZISH UCHUN MATERIAL TÓPLASH, REJASINI TUZISH, INSHONI YOZISHGA TAYYORLANISH, 3 Korreksion maxsus pedagogika, O‘zbek bolalar adabiyoti kirish Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari, 762
Asab tizimi kasalliklarining asosiy simptomlarini tekshirish usullari 

 

Asab-ruhiy  rivojlanishni  murakkabligi  va  ko'  p  darajaliligi  katta  klinik  ahamiyatga  ega.  Bolani 



asab-ruhiy  rivojlanishining  normadagi  bosqichlarini  bilish  nevrologik  buzilishlarni  erta  diagnostika 

qilishga yordam beradi. 

Bolani  psixik  statusini  baholashda  uni  ongiga,  vaqtni  mo'  ljal  olishiga,  o'  zini  adekvat  tutishiga, 

nutq  rivojlanishiga,  harakat  aktivligiga,  o'  ziga  xizmat  ko'  rsatish  qobiliyatiga,  ozodaligiga,  emosional 

reaksiyalariga,  intellektiga  e'  tibor  berish  kerak.  Bolaning  asab-ruhiy  holati  haqidagi  kerakli  ma' 

lumotlarni  olishda  uning  mimikasi,  o'  zini  tutishi  -  o'  yini,  impulsivligi,  tarbiyasi,  harakatlarini 

mutanosibligi inobatga olinadi. 

Anamnezning xususiyatlari. 

Erta  yoshdagi  bolalarda  shikoyatlar  bo'  lmaydi.  Onasi  bolani  bezovtaligiga  uyquning  buzilishiga, 

rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qolishiga shikoyat qilishi mumkin. 

Maktab  yoshidagi  bola  holsizlikka,  charchashga,  ko'  rish  qobiliyati  pasayishiga,  uyquning 

buzilishiga,  bosh  og'  rishiga  (neyrosirkulyator  disfunksiyada,  miya  ichi  bosimini  oshishida,  meningitda, 

miya  ichi  o'  smasida);  bosh  aylanishiga  va  holatini  yyengillashtirmaydigan  qayt  qilishga  (bosh  miyani 

organik  zararlanishida  va  gipertenzion  sindromda,  hamda  neyrosirkulyator  disfunksiyada);  qadam 

tashlashidagi buzilishlarga. 

Anamnezda  tasvirlanishi  kerak:  xavfli  omillarni  borligi;  asab  tizimining  shakllanish  bosqichlari; 

asab kasalliklarining klinik kyechishi darajalari va ko' rinishlari. 

Asab tizimi shakllanishiga ta' sir etuvchi omillar. 

Homila  ichida:  homiladorlikdagi  patologiyalar;  oziqlanishdagi  yetishmovchiliklar;  kasbiy 

zararliklar,  zararli  odatlar  (alkogol,  chekish,  toksikomaniya  va  boshqalar),  intoksikasiyalar, 

homiladorlikdagi  onaning  infeksion-toksik  kasalliklari,  dori  vositalarini  qo'  llash,  homila  gipoksiyasi, 

bola tashlash xavfi. 

Intranatal:  asfiksiya  va  tug'  ruqdagi  travma;  gemolitik  kasallik;  jinsiy  yo'  l  bilan  o'  tadigan 

infeksiyalar va boshqalar. 

Postnatal  (birinchi  oylar  va  yillar):  bolaning  kasalliklari;  kun  tartibi  va  ovqatlantirishni  buzilishi; 

tarbiya va parvarishni buzilishi. 

Harakat sferasi holatini baholash. 

Harakatlar spontanligi (o' z-o' zidan), passiv harakatlar, aktiv harakatlar baholanadi. 

Harakat aktivligini spontanligi chaqaloqda ikki marotaba baholanadi: nevrologik tekshiruv boshida 

va oxirida. Sog' lom chaqaloq oyog' ini bukadi va yozadi, ularni chalishtiradi, yozilgan barmoqlari bilan 

atetozsimon  koordinasiyalanmagan  harakatlar  qiladi.  Asab  tizimining  kasalliklarida  va  mushak 

ipotoniyasida  spontan  harakatlar  kamayadi;  ochlik,  sovuq  qotish,  og'  riq,  nam  tagliklar  -  ularni 

kuchaytiradi. 

Passiv  harakatlar  bola  bo'  g'  imlarini  bukish  va  yozish  yo'  li  bilan  tekshiriladi.  Passiv  harakatlarni 

cheklanishi (amalga oshmasligi) mushak tonusini yuqoriligi yoki bo' g' imlar shikastlanishi bilan bog' liq 

bo'  lishi  mumkin.  Passiv  harakatlar  hajmini  ortishi,  bo'  g'  imlar  relaksasiyasi  mushak  tonusini 

pasayishidan dalolat beradi. 

Aktiv  harakatlar  bolani  sergaklik  paytida,  u  bilan  o'  ynash  yoki  yyengil  gimnastik  mashqlarni 

bajarish orqali tekshiriladi.  Shu bilan turli mushak va bo'  g' imlarda harakatni cheklanishi yoki yo' qligi 

aniqlanadi  (markaziy  nerv  tizimi  shikastlanishlarida  -  parez,  paralich;  mushaklarni,  suyaklarni,  bo'  g' 

imlarni anatomik o' zgarishlarida, og' riqlarda). 

Bolani tashqi ko' rinishi, o' zini tutishi, bir ikkita oson savolga javob berishi uni somatik va psixik 

holati haqida umumiy ma' lumot beradi. 

Asab-ruhiy rivojlanishni o' z vaqtida aniq baholash uchun bolani yoshiga mos shartli ravishda  6 ta 

bosqich ajratilgan: 

bosqich - 0-1 oylik; 



II 

bosqich - 1-3 oylik; 

III 

bosqich - 3-6 oylik; 



IV 

bosqich - 6-9 oylik; 

bosqich - 9-12 oylik; 



VI 

bosqich - 1-3 yosh. 

Shuning  uchun  5  ta  me'  zonni  baholagach,  sharsiz  reflekslar  namoyon  bo'  lishi  haqidagi  ma' 

lumotlarni bolaning yoshi bilan solishtirish zarur. 

Normada asab-ruhiy rivojlanishni ko' rsatkichlari keltirilgan yosh bosqichiga mos kelishi kerak. Ba' 



 

zan bu me'  zonlarni shakllanish ketma-ketligi biroz buzilgan bo' lishi mumkin: ulardan biri  1 bosqichga 



oldinlab  ketadi,  boshqasi  —  1  bosqich  orqada.  Uzoq  davom  etgan  kasallik  va  tarbiyaning  yetishmasligi 

barcha ko' rsatkichlarni faqat bitta bosqich orqada qolishiga olib kelishi mumkin, lekin undan ortiq emas. 

Asab tizimi uchun bunday kechikish funksional hisoblanadi. 

Asab-ruhiy  rivojlanishni  2  va  undan  ortiq  bosqichga  kechikishi  rivojlanishni  patologik  orqada 

qolishini  bildiradi  va  bunda  ensefalopatiya  tashxisi  qo'  yiladi.  Bolaning  normal  rivojlanishida  barcha 

bosqichlar 2 yoshga borib o' z nihoyasiga yetishi kerak. Agar bunday bo' lmasa, unda ikki yoshdan keyin 

aniq oligofreniya, gidrosefaliya, epilepsiya kabi tashxislar qo' yiladi. 

Oligofreniya  -  bolaning  asab-ruhiy  va  aqliy  rivojlanishini  orqada  qolishi  (tug'  ma,  aqliy  zaiflik). 

Oligofreniyani 3 darajasi farqlanadi: debillik, imbesillik va idiopatiya. 

Debillik  -  oligofreniyani  yyengil  darajasi.  Bunday  bolalar  oddiy  maishiy  savollarga  qiynaladilar, 

yomon o' qiydilar. 

Imbesillik  -  oligofreniyani  o'  rtacha  darajasi.  Bunday  bolalarni  fikrlashi  primitiv.  Nutqni 

tushunmaydi, qisqa jumlalarni ayta oladi. Imbesillar agressiv bo' ladi, parvarish va e' tiborga muhtoj. 

Idiopatiya  -  oligofreniyani  og'  ir  darajasi.  Bunday  bolalar  gapira  olmaydilar,  passiv  bo'  ladilar, 

odamovi  va  tashqi  yordamsiz  hayot  kechira  olmaydilar.  Parez,  paralichlar,  koordinasiyani  va 

sezuvchanlikni buzilishi kuzatiladi. 

Es-hushni  buzilish  darajasi  bemor  bola  ahvolini  og'  irlik  darajasini  baholashda  katta  ahamiyatga 

ega: 


1. 

Somnolent  -  karaxtlikni  yyengil  darajasini  bildiradi,  umumiy  holsizlik,  yuqori  uyquchanlik, 

bu ko' p infeksion kasalliklarning boshlanish davriga xos. 

2. 


Stupor  -  bu  gangish  holati,  psixika  va  harakatni  tormozlanishi,  odatiy  tashqi  qo'  zg' 

atuvchilarga reaksiyaning yo' qligi. 

3. 

Sopor  -  holati  chuqur  uyqu  bilan  xarakterlanadi,  karaxtlik,  xotiraning  yo'  qolishi, 



«sezmaslik»,  harakasizlik  yoki  maqsadsiz  harakatlar,  bemorni  shovqinli  nafasi.  Shu  bilan  birga  juda 

kuchli  qo'  zg'  atuvchilarga  reaksiya  saqlanishi  mumkin,  pay,  suyak  usti  reflekslari  susaygan.  Infeksion-

toksik jarayonni avjida kuzatiladi. 

Koma - es-hushni chuqur buzilish,  yo' qotilish holati. Bunda oliy  nerv faoliyatining, sezuvchanlik 

va harakat faoliyatining buzilishi, chuqur tormozlanish, hamda bosh miya po' stlog' i va asab tizimi pastki 

qismlari shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Shu bilan birga hayotiy muhim faoliyatlar buziladi (qon 

aylanishi,  nafas  olish  va  boshqalar).  Saqlanib  qolgan  vegetativ  funksiyalar  organizmni  yashashini  ta' 

minlab turadi. 

darajasi  (yengil)  -  es-hush  va  ongli  harakatni  yo'  qligi,  shox  parda  va  korneal  reflekslar 



saqlangan. 

II 


darajasi  -  es-hushi  bo'  lmaydi,  arefleksiya  kuzatiladi  (faqat  qorachiqni  yorug'  likka 

sezuvchanligi saqlangan, nafas ritmida o' zgarishlari bor). 

III 

darajasi  -  barcha  reflekslar  yo'  qligi  kuzatiladi,  qon  aylanishi  va  nafas  olishda  buzilishlar, 



sianoz va gipotermiya. 

Meningial sindrom. 

Miya pardalarini zararlanishida yuzaga keladigan (yallig' lanishli va yallig' lanishsiz genezli) klinik 

simptomlar meningial sindrom deb ataladi. Meningeal sindrom yallig' lanish genezli, yuqori o' lim xavfi 

bor  bo'  lgan  (ayniqsa  erta  yoshdagi  bolalarda),  eng  og'  ir  kasalliklardan  biri  -  meningitni  (yiringli  va 

serozli) klinik belgisi hisoblanadi. 

Uni ko' proq uchraydigan belgilari quyidagilar: 

bosh og' rishi (erta yoshdagi bolalarda u bir tonli, bir xildagi yig' i bilan kuzatiladi); 



ko' ngil aynashi, qusish; 

kichik bolalarda - katta liqildoqni bo' rtishi, tarangligi va pulsasiyasi - 



pediatrlar uchun juda ahamiyatli belgi; 

umumiy  giperesteziya  (yuqori  sezuvchanlik)  -  bola  terisiga  og'  riqsiz  tegish  uni 



bezovtalantiradi, yig' lashi, chinqirishi kuzatiladi; 

-  ensa mushaklari rigidligi; 

-  Brudzinskiy, Kernig, Flatau, Lesaj ―ilintirmoq‖ simptomlari musbat. 

Ensa mushaklari rigidligi ensa mushaklari tonusini ortishi sababli yuzaga keladi va boshni oldinga 

egishni imkoni bo' lmaydi. 

Brudzinskiy simptomi: 

a) 

Yuqori - boshni iyak ko' krakka tekkuncha oldinga egilishi ikkala oyoqni tizza va son-chanoq 



bo' g' imida bukilishini chaqiradi. 


 

b) 



O' rta- simfizga bosganda (qovuq soqasiga) oyoqlar tizza va son-chanoq bo' g' imida bukiladi. 

v) quyi - bir oyoqni son-chanoq bo' g' imida bukib, tizza bo' g' imida yozganda, ikkinchi oyoqning 

ham shu bo' g' imlarida reflektor holda bukilishi kuzatiladi. 

Kering  simptomi:  agar  bola  oyog'  ini  tizza  va  son-chanoq  bo'  g'  imida  bukilsa  (yotgan  holatida), 

keyin  uni  tizza  bo'  g'  imida  yozish  mumkin  emas.  Bu  refleks  miya  pardalari,  orqa  miya  shoxchalarini, 

piramida tizimi holatini ko' rsatkichi hisoblanadi. 4 oygacha bo' lgan bolalarda fiziologik hisoblanadi, shu 

yoshdan chaqirilishi patologik belgi hisoblanadi. 

Lesaj ―ilintirmoq‖ simptomi: agar meningial sindrom bilan og' rigan bolani, qo' ltiq ostidan ushlab 

ko' tarilsa, u oyog' ini tizza va son-chanoq bo' g' imida bukadi, hamda shu holda ularni ushlab turadi (sog' 

lom bola bu sinamada oyoqlarini erkin bukadi va yozadi). 

Flatau simptomi - boshni oldinga tez egganda ko' z qorachig' ini kengayishi kuzatiladi. 

Meningitda orqa miya suyuqligini o' zgarishlari: 

Serozli  meningitda  orqa  miya  suyuqligini  bosimi  sezilarli  ortadi.  Suyuqlik  punksiyada  daqiqasiga 

40 tomchidan ortiq tezlikda chiqadi (normada 20-40 tom/daq). 

Tiniqligi:  Serozli  meningitda  tiniq,  yiringli  meningitda  xira,  tuberkulyozli  meningitda  och  sariq 

rangda. 


Sitoz:  Polisitoz  (hujayralar  sonini  ortishi),  yiringli  meningitda  -  neytrofilli,  serozli  meningitda 

limfositar. 

Oqsil: 0,4 - 1 g/l gacha ortgan (normada 3 oygacha 0,2-0,5 g/l, 4-6 oygacha 

0,18-0,36 g/l, 6 oydan kattalarda 0,16-0,24 g/l). Pandi sinamasi yuqori musbat. 

Ensefalitik reaksiya. Infeksion kasalliklar va toksikozlarda ensefalitning og' ir bo'lmagan, o'tadigan 

simptomlari  kuzatiladi.  Ko'p  hollarda  bu  reaksiya  tirishishlar,  katta  yoshdagi  bolalarda  yuqori  tana 

harorati  fonida  turli  illyuziya,  galyusinatsiyalar  bilan  birga  keladi.  Intoksikasiya  kamaytirilganda  bu 

simptomlar mustaqil ravishda o'tadi. 

Gipertenzion - gidrosefal sindromning asosiy simptomlari. 

Kasallik  asosida  bosh  miyadagi  suyuqlik  saqlovchi  bo'shliqlar  kattalashuvi  va  orqa  miya 

suyuqligining  bosimi  ortishi  yotadi.  Meningizm  simptomlari  bilan  xarakterlanadi  (ensa  mushaklari 

regidligi, 

Brudzinskiy yuqori refleksi), qusish, liqildoqni bo'rtishi. 

Tug' ma 


gidrosefaliyada 

tug' ilgandagi bosh o'lchami o'zgarishsiz yoki biroz katta bo'ladi. O'lchamlarni sezilarli kattalashuvi 

va  boshqa  belgilar  (sharsimon  bosh,  kalla  suyaklari  choklarini  ochilishi,  katta  liqildoqning  o'lchamlari 

kattalashishi,  bosh  terisini  yupqalashuvi,  yarim  ochiq,  botiq  ko'zlar,  katta  bo'rtib  turgan  peshona, 

shalpangquloqlar) hayotining birinchi haftalaridan rivojlanadi. 

Mikrosefaliya  —  bosh  suyagini  kichikligi.  Bunday  bolada  boshning  yuz  qismi,  miya  qismidan 

katta. Liqildoqlar va choklar ko' pincha berk. Kelajakda yuz qismi miya qismidan kattalashib boraveradi, 

bosh  tepaga  qarab  kichraygan.  Kichik  va  tor  peshona,  katta  quloqlar  past  joylashgan.  Ko'  pincha  aqliy 

rivojlanish past darajada. Kam hollarda mikrosefaliya orttirilgan xarakterda bo' lishi mumkin. 

Xulosa  


Agar bolakay yil davomida ko‘p va uzoq vaqt davomida kasalliklarga chalingan bo‘lsa, u holda bolani 

pediatr, gastroenterolog, immunolog, LOR va stomatolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Ularga uchrashdan 

avval esa ayrim taxlillarni oldindan topshirib tayyorlab qo‘yishingiz mumkin.  Bular disbakteriozni 

aniqlash uchun axlat, immun va interferon holatini aniqlash uchun qon taxlili. 

Shifokorlar taxlillar asosida maxsus taxlillarni ham buyurishi mumkin. Masalan yo‘tal bosilmasligi 

holatida mikoplazma, pnevmocistni aniqlash uchun taxlil topshirishlar buyuriladi (qon, og‘iz 

bo‘shlig‘idan surtmalar), og‘iz bo‘shlig‘idan surtmalar surunkali tonzillitlarda topshirish buyuriladi. 

Surunkali kasalliklarga alohida e‘tibor berib, ularni davolashga astoydil yondashish lozim. Bolada 

surunkali kasallikning mavjudligi uning organizmining himoya vazifalari sust bo‘lishiga va tez-tez 

shamollashlarga sabab bo‘lishi mumkin. Surunkali gaymoritlar, tonzillitlar, adenoidlar, atipik infeksiyalar 

(mikoplazma, pnevmocist, xlamidiya, gijjalar) bolaning immunitetiga salbiy ta‘sirini ko‘rsatadi. Oddiy 

bo‘lib ko‘ringan kariesli tishlar ham bolaning immunitetining pastligiga va tez-tez shamollashlarga sabab 

bo‘lishi mumkin. Har tomonlama tekshiruvlardan so‘ng surunkali infeksiyaning koni topilsa va u bartaraf 

etilsa, bola keyingi yilda bu qadar tez-tez kasal bo‘lavermaydi.   




 

10 


Bola immunitetining umumiy holatiga ichak florasining ahamiyati nihoyat kattadir. Chunki aynan 

ichaklarda immunoglobulin va immunkomponent hujayralarning hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi. Bola 

tanasiga kirgan foydali moddalar, foydali oziq-ovqatlar aynan ichakda so‘riladi. Shu bilan birga aynan 

shu yerda bir necha milliard immunokomponent limfoid hujayralar yashaydi, ular doimiy ravishda 

bizning sog‘ligimizni himoya qilish uchun shay turadilar. Shlaklari ko‘p ichaklar ham immunitetning 

pastligiga sabab bo‘lishi mumkin, chunki normal ichak bajaradigan, foydali moddalarni so‘rish qobiliyati 

unda sust bo‘ladi.  

IMMUNITET – nima u?

 Ichaklar joyida bo‘lishi va normal ravishda o‘z vazifasini bajarishi uchun bola 

ko‘proq gazsiz mineral suv, sut-qatiq mahsulotlari hamda klechatkaga boy mahsulotlarni yetarli darajada 

iste‘mol qilishi lozim. Agarda immunitetning pastligiga disbakterioz sabab bo‘lsa, u holda shifokor 

buyurgan taxlilni amalga oshirib, aynan qaysi bakteriyalar yetishmasligi aniqlangandan so‘ng, bolaga xos 

davolash kursini o‘tkazish lozim. 

Bola immunitetini oshirishda ichaklar uchun foydali bo‘lgan suli qaynatmasini ichish ijobiy natija beradi. 

Ushbu muolajani yozda bajarish lozim. 6 oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga bunday qaynatmani 1 

choy qoshiq, bir yoshdan – bir oshqoshiq, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 osh qoshiq, 5 

yoshdan so‘ng esa – 100 ml. berish tavsiya etiladi. Suli qaynatmasi quyidagicha tayyorlanadi: yarim 

stakan yuvilgan suli (suli yormasi emas) ustiga 1,5 litr fil'trlangan suv quyiladi (sirlangan idishda). 

Ertalab 1,5 soat davomida, past olovda yopiq qopqoqli holatda qaynatiladi. Shunday holatda sulining 

ustki qatlamida mavjud B  guruhi vitaminlari suvga o‘tadi. So‘ng ushbu qaynatma tindirilib, suvi siqib 

olinadi.  

Ushbu qaynatmani ikki kungagina tayyorlash kerak va u muzlatgichda saqlanishi lozim. Qaynatma bolaga 

ovqatdan oldin berilishi lozim. Uning mazasi deyarli yomon emas va bolajon uni bir zumda ichib quyadi 

deb o‘ylaymiz. Faqat unutmang suli bolaning ichini bo‘shashtiradi. Shu sababli ushbu qaynatmani 

berishdan avval bolangizning shifokori bilan maslahat qilganingiz ma‘qul, ehtimol u sizning 

farzandingizga mos miqdorni belgilab beradi.  

 


Yüklə 330,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə