Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish



Yüklə 23,04 Kb.
tarix16.05.2022
ölçüsü23,04 Kb.
#115936
Bolalarda nevroz kasalliklari

2 Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish

3 Nevroz,psixonevroz,nevrotik buzilish,nevroz kasalligi (qadimgi yunon. νε ρον «asab» dan yangi lot. neurosis) uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, ornashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan tariflanadi.

4 Mundarija: 1 Nevroz rivojlanishining sabablari va mexanizmlari 2 Ajratish mezonlari 3 Nevroz alomatlari va belgilari 3.1 Ruhiy alomatlar 3.2 Jismoniy alomatlar 4 Nevrozning boshqa kasalliklar va alomatlar bilan aloqasi 4.1 Bosh ogrigi 4.2 Vegetotomirli distoniya 4.3 Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi 5 Nevroz kasalligini davolash 6 Nevroz kasalligini oldini olish

5 NEVROZ RIVOJLANISHININgSABABLARI VA MEXANIZMLARI I. P. Pavlov ozining fiziologik talimoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qozgatuvchilar tasiri tufayli miya postlogida ota zoriqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qollash kop bahs-munozaralarga olib keldi. Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga tosqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlarsharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi. Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va meyorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda korgan. Karen Xorni hisoblashicha, nevrozning fundamental nizosi shaxsning mos kelmaydigan himoya tendentsiyalari ortasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik, ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning mutlaq boshqaruvchi mehr-muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga qarshi» va «odamlardan nari» yonalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi. Odamlar tomon harakat qilish, asosan, boysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi. Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat ornatishga, shuhratga, tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli bolishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bolish zaruriyatini ifodalaydi. Nevrotik bemor bir vaqtning ozida barcha uch tendentsiyalarga ham moyil boladi, lekin ulardan biri ustunroq boladi, shuning ustun nevrotiklarni «boysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan» turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari ortasidagi qarama-qarshiliklarning sababi bolgan muammolarga katta etibor bergan. Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar (shaxsning xususiyatlari, uning kamolotga yetishi va tarbiya topishi sharoitlari, jamiyat bilan aloqalarni ornatish shartlari, intilishi darajasi), ham biologik omillar (muayyan psixogen tasirlarga nisbatan zaifroq qiladigan malum neyromediator yoki neyrofiziologik tizimlarning funktsional tanqisligi) nevroz rivojlanishiga turtki boladigan omillar sifatida qaralmoqda.

6 AJRATISH MEZONLARI Nevrotik buzilishlarni umuman psixik buzilishlardan ajratishning asosiy mezonlari quyidagilardir: Ogriqli namoyonlarning boshlanishi va dekompensatsiyasida psixogen omillarning yetakchi roli; Psixik buzilishning funktsional (tiklanadigan) xarakteri; Psixotik alomatlar, shaxs ozgarishlari, aqli zaiflikning yoqligi; Psixopatologik namoyonlarning egodistonik (bemor uchun azobli) xarakteri, shuningdek, bemorlarning oz ahvoliga tanqidiy munosabatda bolish.

7 NEVROZ ALOMATLARI VA BELGILARI RUHIY ALOMATLAR Emotsional tushkunlik (kopincha aniq sabablarsiz). Ikkilanish. Ijtimoiy aloqa qilish muammolari. Noadekvat ozini baholash: past yoki haddan ziyod ortiqcha. Tez-tez tashvish, qorquv hissi, «biron narsaning tashvishli kutilishi», fobiya, vahima hujumlari, vahimali buzilishlar. Qiymat tizimining, hayotiy istaklar va afzalliklar, kishining ozi, boshqalar va umuman hayot togrisidagi fikrlarining noaniqligi yoki qarama-qarshiliklari. Kopincha sinizm qayd qilinadi. Kayfiyatning nobarqarorligi, tez-tez va keskin ozgaruvchanligi. Qozgaluvchanlik (nevrastenyia). Stressga nisbatan yuqori sezuvchanlik ahamiyatsiz stressli voqeaga odamlar umidsizlik yoki tajovuzkorlik bilan munosabat bildirishadi. Yigloqilik. Hafachanlik, zaiflik. Tashvishlanish. Psixotravmatik vaziyatga kop toxtalib qolish. Ishlamoqchi bolganda tezda charchab qolish xotira, etibor va fikrlash qobiliyatlari kamayadi. Baland tovushlarga, yorqin nurlarga, harorat ozgarishiga sezgirlik. Uyquning buzilishi: odamning ortiqcha qozgalganligi sababli uxlab qolish qiyin kechadi; uyqu yuzaki, tashvishlantiruvchi, tetiklik bermaydigan boladi; ertalab kopincha uyquchanlik kuzatiladi. JISMONIY ALOMATLAR Bosh, yurak ogrigi, qorin sohasidagi ogriq. Tez-tez kuzatiladigan charchash hissi, charchoqning kuchayishi, mehnat qobiliyatining umumiy pasayishi. Xavotirlar, qon bosimining pasayib ketishi tufayli bosh aylanishi va koz qorongulashishi. Vestibulyar apparatlarning buzilishi: muvozanatni saqlash qiyinchiliklari, bosh aylanishi. Ishtahaning buzilishi (ortiqcha yoki kam ovqatlanish, ochlik hissi mavjudligi, lekin ovqat paytida tez toyib qolish). Uyqu buzilishi (uyqusizlik): uxlab qolish qiyinligi, erta uygonish, tunda uygonib ketishlar, uyqudan keyin tetiklik tuygusi yetishmasligi, qorqinchli tushlar korish. Jismoniy ogriqni psixologik boshdan kechirish (psixalgiya), ipoxondriyagacha olib boradigan oz sogligiga haddan ortiq gamxorlik. Vegetativ buzilishlar: kop terlash, yurak urishi, arterial bosimning ozgarishlari, meda faoliyatining buzilishi, yotal, tez-tez siyish, axlatning suyuqligi. Bazan libido va erektsiyaning pasayishi.bosh aylanishiuyqusizlikyotal

8 NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI BOSH OGRIGI Bosh ogrigi turli xil aqliy holatlarda va kasalliklarda uchraydi. Odatda u emotsional zoriqish yoki oz his-tuygularni bostirish (masalan gazabni) hollarida paydo boladi. Bundan tashqari, bosh ogrigi gallyutsinator (psixalgiya) bolishi mumkin. VEGETOTOMIRLI DISTONIYA Vegetotomirli distoniya bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga boysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli olaroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning azolari va tizimlari faoliyatini taminlaydi. Xavf tugilganda vegetativ asab tizimi xavfni yengish uchun organizmning kuchlarini safarbar qiladi (masalan, qon bosimini oshiradi). Agar odam tez-tez xavfli deb hisoblangan vaziyatga faol javob qaytara olmasa (masalan, ijtimoiy omillar tufayli) va ozining xavotirini bostirishga majbur bolsa, shuningdek, xavfli bolmagan kop vaziyatlar unda qorquv hissini uygotsa (yoki u panik xujumlardan aziyat chekayotgan bolsa), avtonom asab tizimi notogri ishlay boshlaydi, xatolar toplanib boradi va muvozanatning yoqolishi yuzaga keladi, bu VTDning bevosita belgilari bilan bir qatorda turli azolar ishining buzilishiga sabab boladi. PANIK BUZILISHLAR, FOBIYA, TASHVISH HISSI Turli xavotirli buzilishlar (panik xujumlar, fobiya, doimiy tashvish) odatda nevroz bilan birga kechadi.

9 NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH Nevrozlarni davolashning kop usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi. Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning koplab yonalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga tasir korsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bolib, ozlari faqat alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik tasir korsatadi) turlarga bolinadi. Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani oz ichiga oladi. Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yonaltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bolib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi boysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bolib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. Kamdan- kam hollarda, inson shaxsiyatining osishi, nizoli vaziyat ahamiyatining yoqolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar tufayli nizoning hal bolishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi. Obsessiv-kompulsiv buzilishda birinchi orindagi davolash sifatida kognitiv-xulq terapiyasi (KXT) va SQUSI (serotonin qayta ushlanishining selektiv ingibitorlari) yoki klomipramin guruhi antidepressantlarini qollash tavsiya etiladi. Kognitiv-xulq terapiyasidan tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham ishlatiladi, lekin ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli olaroq, kam isbotlangan. KXT bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi nazorat ostida otkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning yagona turidir. Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda adapitvlikka orgatish qollaniladi bu texnikada terapevt bemorda qayta-qayta ornashib qolgan fikrlarni chaqirishga harakat qiladi, natijada bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini yoqotadi va xavotirning pasayishiga sabab boladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek javobni oldini olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni adaptiv oqitish davomida yuzaga kelishi mumkin bolgan ornashib qolgan fikrlardan chalgish yoki saqlanishga orgatadi. Kognitiv nazariya tarafdorlari fikrlariga kora, bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz oylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib chiqadi: bazi odamlar uchun yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zoriqtiradigan tasir korsatadiki, ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga urinishadi. Bu say-harakatlar fikrlarning ornashib qolishiga olib keladi, ular noqulaylikni bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat qilish esa ular bilan bogliq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab boladi.

10 KXT boshqa nevrozlarda ham qollaniladi. Masalan, umumiy xavotirli buzilishda odatda ikkita kognitiv yondashuv qollaniladi. Ellis va Bek nazariyasiga asoslangan yondashuvdan biriga amal qilgan holda, terapevtlar odamlarga ularning buzilishlari asosida yotgan noadekvat ishonchlarini ozgartirishga yordam berishadi. Ikkinchisi esa odamlarni stressli vaziyatda ozini tutishga orgatadi. Fobiyalarda xulq-atvor terapiyasi tarafdorlari tasir terapiyasi uslubidan foydalanishadi, uning davomida qorquvlari mavjud kishilar ularni qorqitadigan narsalar va vaziyatlarga duchor qilinadi: masalan agorafobiyaga chalingan odamlarga asta-sekin uylaridan uzoqlashish va koproq jamoat joylariga tashrif buyirish orgatiladi. Panik hujumlarda kognitiv terapevtlar insonlarning oz tana sezgilarini notogri interpretatsiya qilishni togirlashga harakat qilishadi. Nevrozda psixoanaliz ham qollaniladi. Kopgina psixoanalitik maktablar fikriga kora, bemor oz ziddiyatlarini tan olishi, ozining shaxsiyati haqida aniqroq tasavvurlarga ega bolishi kerak. Psixoterapiyaning asosiy vazifasi bemorga nevroz rivojlanishiga olib kelgan barcha munosabatlar jamlanmasini tan olishga yordam berishdir. Psixoterapiyaning natijasi bemorga uning hayotiy tajribasi, bu tajriba asosida shakllangan atrofdagi odamlar bilan munosabatlar tizimini ziddiyatga kelgan vaziyat va kasallikning namoyon bolishi bilan bolgan nisbatini bemorga tushuntirishdan iborat. Psixoanaliz tez-tez tanqid qilinadi yilda Klaus Grave bir guruh olimlar bilan psixoanaliz va tegishli psixoterapevtik qollanmalarning samaradorligini organishga bagishlangan 897 eng muhim empirik tadqiqotlar meta-tahlilini chop etdi. Uning mazmunida Grave xulq-atvor terapiyasi psixoanalizga nisbatan ikki barobar samarali ekanligiga ishora qildi. «Psixoanaliz zararlimi» degan maqolada amerikalik psixolog Albert Ellis psixonalizdan foydalanishning zarari togrisida oz fikrini bildirdi. Xususan, u psixoanaliz umuman olganda notogri taxminlarga asoslanganligi, u bemorlarni ozlari ustida ishlash zarurligidan uzoqlashtirishi, hozirgi harakatsizligiga bahona berishini takidlagan. Emotsional barqarorsizlikdan aziyat chekayotgan bemorlar, kopincha psixotrop dorilarning nojoya tasiriga, ayniqsa sezgir boladi. Bazi psixofarmakologik dorilar oxshash nevrotik namoyon bolishli nojoya tasirlarga ega, va natijada davolash davomida ularning kuchayishi ehtimoli mavjud. Nevrozni davolashda gipnoz va autogen mashgulotlar juda muhim orin tutadi. Agar nevroz mavsumiy ruhiy tushkunlik sababli yuzaga kelgan bolsa, uni davolash va oldini olish uchun, quyoshli kunlar sayr qilish yoki nur bilan davolash korsatiladi.

11 NEVROZ KASALLIGINI OLDINI OLISH Birlamchi psixoprofilaktika: Ishda va uyda psixotravmatik tasirlarning oldini olish. Yatrogeniya va didaktogeniyalarning oldini olish (bolani togri tarbiyalash, masalan unga boshqalardan kam yoki ustun ekanligi tuygusini singdirmaslik,»jirkanch» qilmishlar qilganida unda chuqur qorquv va aybdorlik tuygusini tugdirmaslik, ota-ona ortasida soglom munosabatlar). Oiladagi nizolarni oldini olish. Ikkinchi darajali psixoprofilaktika (qaytalanishini oldini olish): Suhbatlar otkazish usuli bilan bemorlarni psixotravmatik vaziyatlarga munosabatini ozgartirish (ishontirish yordamida davolash). Muntazam dispanzerizatsiya otkazish. Xonadagi yoruglikni oshirish zich pardalarni olib tashlash, porloq yoruglik manbalaridan foydalanish, kunning yorug vaqtidan maksimal foydalanish, fototerapiya. Yoruglik serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi. Umumiy mustahkamlovchi va vitaminli terapiya, yetarli uyqu. Dietoterapiya (tolaqonli ovqatlanish, qahva va spirtli ichimliklar istemol qilishdan bosh tortish va boshqalar). Endokrin, yurak-tomir kasalliklari, ayniqsa miya tomirlari aterosklerozi, yomon sifatli osmalarni, temir va vitamin B 12-tanqislikli anemiya kabi kasalliklarni oz vaqtida va togri davolash. Mast bolishdan qochish, alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniyadan saqlanish. Yuqorida aytilganlarning hammasi shaxsiy psixologik profilaktika bilan bogliq. Lekin muassasalar va mamlakat darajasida ijtimoiy psixoprofilaktikani otkazish zarur ish va yashash sharoitlarini takomillashtirish. Endokrinyurak-tomirateroskleroziyomon sifatli osmalarnitemiranemiyaalkogolizm
Yüklə 23,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə