Bolalarda oʻpka palpatsiyasi



Yüklə 21,5 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2022
ölçüsü21,5 Kb.
#113724
  1   2   3   4
Bolalarda nafas tizimini tekshirish


Bolalarda nafas tizimini tekshirish:

Bolalarda oʻpka palpatsiyasi. (ogʻriqli nuqtalar, ovoz dirillashi, koʻkrak qafasi elastikligi va rezistentligi, teri burmalari qalinligini aniqlash).




1.

Koʻkrak qafasi palpatsiyasida ikkala qoʻl kaftlari simmetrik tekshiriladigan soxaga qoʻyiladi. Qoʻkrak qafasni oldindan orqaga va yon tarafidan yengil bosib, uning elastikligi va rezistentligi aniqlanadi. Bolaning yoshi qancha kichik boʻlsa, shunchalik koʻkrak qafasi yumshoq boʻladi. Koʻkrak qafasining qarshiligi ortsa, uning rigidligidan dalolat beradi.

25

2.

Ogʻriqli nuqtalar. Yuzaki ogʻriq – yuzaki toʻqimalar zararlanishi (mushak, nerv va suyak) va chuqur ogʻriq – plevral, paypaslash orqali aniqlanadi.

25

3.

Ovoz dirillashi – qoʻl kafti bilan palpatsiyasida bolaning past chastotali tovushi talaffuzida koʻkrak qafasining rezonans vibratsiyasi natijasida paydo boʻladi. Uni baxolash uchun qoʻl kaftlari simmetrik ravishda koʻkrak qafasiga maxkam yopishtirgan xolda qoʻyiladi. Boladan “traktor”, “arra” kabi soʻzlarni talaffuz qilish soʻraladi. Erta yoshdagi bolalarda ovoz dirillashni baqirganda yoki yigʻlaganda aniqlash mumkin.

25

4.

Teri burmalari qalinligini aniqlash – koʻkrak qafasining simmetrik soxalarida aniqlanadi. Bunda bir vaqtning oʻzida ikkala qoʻl bosh va koʻrsatkich barmoq uchlari bilan qisib teri burmasi olinadi. Teri burmasi qalinlanishi eksudativ plevritda, kam xolda sil bronxoadenitida kuzatiladi. Shu soxadagi innervatsiya buzilganligidan dalolat beradi.

25

Bolalarda oʻpka perkussiyasi. (solishtirma, oʻpkani pastki chegaralarini, oʻpka uchini, Krenig maydoni, oʻpka ekskursiyasini aniqlash)




1.

Koʻkrak qafasini orqasini perkussiyasida bolaga qoʻllarini oldinga koʻkragiga qakarama-qarshi qoʻydirib, oldinga bir oz engashish buyuriladi. Oldi tarafini perkussiyasida bola qoʻllarini tushurilgan xolatda boʻlishi kerak. Erta yoshdagi bolalarda koʻkrak qafasini oldingi perkussiyasida bola chalqancha yotgan bulishi mumkin. Orqa tarafi tekshirilayotganda onasining qoʻlida boʻlishi mumkin. Bolada bevosita va bilvosita perkussiya qilinadi:

10

2.

Bilvosita perkussiya. Bunda oʻrta yoki koʻrsatkich barmoqlarni bukilgan xolatida koʻkrak qafasidagi qovurgʻalarga tukillatiladi. Yoki Obrazsov usuli – oʻng qoʻl koʻrsatkich barmogʻini oʻrta barmoqqa sirpantirish orqali (chertish usuli) amalga oshiriladi. Bu usul asosan erta yoshdagi bolalarda qoʻllaniladi..

10

3.

Bevosita perkussiya – barmoq ustida barmoq orqali boʻladi. Bunda plessimetr sifatida chap qoʻlning oʻrta barmogʻi falangasi xisoblanadi. Tekshiriluvchi soxaga jips qoʻyilgan boʻlishi kerak. Chap panjaning oʻrta barmogʻiga boshqa plissimetr barmoqlar yengil bukilgan xolda uning ustiga tukillatib tekshiriladi. Asosan perkutor bosim oʻng qoʻlning oʻrta barmogʻi orqali beriladi.

10

4.

Erta yoshdagi bolalarga perkussiyada kuchsiz bosim berilishi kerak, chunki koʻkrak qafasining elastikligi va uning kichik xajmdaligi tufayli perkutor qoʻzgʻaluvchanlik boshqa soxalarga yengil tarqaladi.

10

5.

Perkussiyada bolaning toʻgʻri pozitsiyasi katta ahamiyatga ega (koʻkrak qafasining simmetrik holati). Bolani shunday ushlab turish kerakki, uning yelkalari bir xil balandlikda, kuraklar holati esa ikkala tomonda ham bir xil boʻlishi kerak.. 1-2 yoshli bolaning orqa qismini perkussiya qilishda uni stol ustidagi yostiqqa yotqizish kerak. Bolaning qoʻllari tirsak boʻgʻinlarida toʻgʻri burchak ostida bukiladi, bilaklar qorin boʻylab joylashtiriladi, shunda ular yonma-yon turadi. Bu holatda qoʻllari oʻng tarafda onasining oʻng qoʻli yordamida ushlab turiladi, chap qoʻli bilan bolaning boshi ushlab turiladi. Koʻkrakning old yuzasi yotgan holatda perkussiya qilinadi.

10

6.

Katta yoshdagi bolalarda perkussiya oʻpkaning oldingi qismini yotgan yoki oʻtirgan xolatda qilinadi. Bola vrachning oʻng tomonida boʻlishi kerak.

10

7.

Taqqoslama perkussiya koʻkrak qafasining simmetrik soxalarida amalga oshiriladi. Sogʻlom bolalarda aniq oʻpka tovushi eshitiladi. Koʻkrak qafasining oʻng pastki soxasida jigarga yaqinlashganda tovush qisqaradi, chap tomonida oshqozonga yaqinlashsa timpanik tovush eshitiladi (Traube boʻshligʻi – yuqoridan chap oʻpka va yurak pastki chegarasi, oʻngdan – jigar qirrasi, chapdan – taloq, pastdan – qovurgʻa ravogʻi. Bu boʻshliq plevra boʻshligʻiga suv yigʻilsa yoʻqoladi.)

10

8.

Topografik perkussiya. Normada topografik perkussiyasi oʻpkaning joylashishiga mos keladigan joylarda aniq (baland), toʻla (choʻzilgan), ancha past va nontimpanik boʻlmagan tovushni beradi. Bu tovush oʻpkaga qoʻshni aʼzolardan olingan tovushdan farq qiladi.

Topografik perkussiyada oʻpkaning chegaralarini aniqlashda barmoq-pessimetr kerakli chegaraga (qovurgʻalarga) parallel ravishda, kuraklar orasida esa umurtqa pogʻonasiga parallel ravishda joylashtiriladi.

Bolalardagi oʻpkaning yuqori chegarasi yoshga qarab farq qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu aniqlanmaydi, chunki oʻpkaning yuqori choʻqqisi oʻmrov suyagidan tashqariga chiqmaydi.

Oʻpkaning yuqori choʻqqisini aniqlash old tomondan boshlanadi. Oʻmrov suyagi ustiga barmoq-pessimetr qoʻyilib, kichik barmoqni toʻsh-oʻmrov-soʻrgʻichsimon mushakni tashqi qirrasiga qoʻyiladi. Plessimetr barmogʻi orqali perkussiyani tovush qisqarguncha yuqoriga qarab harakatlantiradi. Odatda, bu maydon oʻmrov suyagi oʻrtasidan 2-4 sm masofada joylashgan. Chegara aniq ovozga qaragan plessimetr barmogʻining yon tomonidan belgilanadi. Orqa tomonidan oʻpka choʻqqisini perkussiyasini spina scapulaedan VII-boʻyin umurtqa oʻsimta siga qarab olib boriladi. Perkussiya tovushining qisqarishining birinchi paydo boʻlganida perkussiya toʻxtatiladi. Normada choʻqqi balandligi VII-boʻyin umurtqa oʻsimtasi soxasida aniqlanadi.



10


9.

Krenig maydonlarining kengligini aniqlash bilvosita perkussiya yordamida amalga oshiriladi. Barmoq pessimetri trapetsiya mushagi yuqori chetining oʻrtasiga joylashtirilgan. Shu paytdan boshlab perkussiya navbatma-navbat boʻyin va elkaga qarab tovush boʻgʻiq boʻlgunga qadar amalga oshiriladi. Natijada ikkita uzoq nuqta orasidagi masofa Krenig maydonlarining kengligi xisoblanadi. Oʻpka choʻqqisi balandligining pasayishi asosan sil kasalligida oʻpkaning bujmayishi natijasida kuzatilishi mumkin. Bunday holda, Krenig maydonlarining kengligi pasayadi.

Oʻpkaning pastki chegarasi xamma topografik chiziq orqali amalga oshiriladi.



Chiziq

O’ng

Chap

O’rta o’mrov

VI qovurg’a

Oʻrta oʻmrov VI qovurgʻa Oʻpkaning pastki chegarasi oʻrta oʻmrov chizigʻi boʻylab yurak uchun boʻshliq hosil qiladi, toʻshdan IV qovurgʻa balandligidan pastga qarab tushadi

O’rta qo’ltiq soha

VII qovurg’a

IX qovurg’a

Курак

IX-Х qovurg’a

Х qovurg’a

Paravertebral

XI koʻkrak umurtqasining suyaksimon oʻsimtasi soxasida




10

10.


Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin