Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə1/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
DHN savollar javobi





9.

Давлат бошқарувининг шакли сифатида монархиянинг ўзига хос хусусиятлари ва турларини таҳлил қилинг ҳамда мисоллар келтиринг.



Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiya va respublikaga bo'linadi. “Monarxiya” yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib (“monos” —Bir/ “arhe” — hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik
degan ma’noni anglatadi.
Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud:
monarx davlatni shaxsiylashtiradi;
monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi;
monarx davlatni o ‘zi yakka boshqaradi;
monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e ’lon qilinadi;
hokimiyatni o ‘matish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
monarx o ‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan
javobgar b o ‘lmaydi.
Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo‘yilgan organlargaemas, balki meros tariqasida egallagan podsho-hukmdorga tegishlibo‘ladi. Monarxiya boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda mamlakatboshliqlari imperator, xon, podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh va boshqa shu kabi nomlar bilan ataladi. Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o ‘zi hal etar ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etadi. Ayni paytda, eng muhim davlat ishlari bo‘yicha monarxning o'zi hukm
chiqarishiga to ‘g‘ri keladi. U davlat hokimiyatining to ‘laqonli suveren egasidir. Monarx hokimiyati oliy maqomga ega bo‘lib, u mustaqildir. U —davlatdagi oliy hokimiyat sohibidir. Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o ‘tadi. Hokimiyatni bir shaxsdan ikkinchisiga o'tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo'lmaydi, hokimiyatning hukmdor tomonidan egallanishi va uning faoliyat ko'rsatishi maxsus marosimlar orqali amalga oshiriladi. Monarx muddatsiz,umrbod hokimiyat egasi hisoblanadi. Lekin, monarxlar ag'darib tashlanganligi, oMdirilganligi, boshqa kishilar bilan almashtirilganligiga tarixda misollar ko‘p. Monarx siyosiy boshqaruvda mas’uliyatdan ozod hisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Hukmdor qoidaga ko‘ra, qurolli kuchlaming bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Masalan, 1809-yildagi Shvetsiya davlat
boshqaruvi to‘g‘risidagi qonunda Qirolning xatti-harakatlari qonunga kirmaydi, deb ko‘rsatilgan. Monarxiyaning uch turi mavjud: mutlaq monarxiya, cheklangan monarxiya va noan’anaviy monarxiya. Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan yoki qonunlar asosida cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin