Brakon xebetorni laboratoriya sharoitida ko`paytirish Brakonni ommaviy ko`paytirish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: asalari mumi parvonasini ko‘paytirish; brakonni ko‘paytirish; brakonni saqlash. Asalari mum kuyasi (“voskovaya mol”) – Galleria mellonella, Pyralidae, Lepidoptera kupaytirish texnologiyasi. Asalari mum kuyasi O`zbekistonda tabiatda keng tarqalgan hasharotdir. Uning 2 turi uchraydi va asalarichilikka birmuncha zarar etkazadi. Katta mum parvonasining qurtlarida brakon yaydoqchisini ko`paytirish ancha qo`l keladi.
Katta mum parvonasining kapalagi qanotlarini yozganida 30-40 mm keladi. Urg`ochisining rangi och-jigarrang, kulrangsimon tangachalar bilan qoplangan. Keyingi qanotlari kulrangsimon oqish, sarg`ish tovlanib turadi. Birinchi yoshdagi qurti oqroq, boshi och sariq, tanasi siyrak kalta mallarang tukchalar bilan qoplangan. Katta yoshdagi qurtlar oqish kulrang, boshi va elkasi qo`ng`irroq, har bir bo`g`im-ning oldingi qismida qoramtir xitinlashgan qalqonchasi bo`ladi. Qurti oxirgi yoshida 3-4 smga etadi. G`umbagi dastlab oq rangda, rivojlanish davomida sarg`ish-jigar rangga o`tadi, kapalaklar chiqishidan oldin esa, to`q-jigarrangli bo`lib, o`lchami 16-20 mmga etadi. Pillasi kulrang, o„lchami 20- 25 mm. Mum kuyasini kapalaklarining jinsini ajrata olish mumkin. Erkak kapalaklar tinch turgan vaqtida qanotlarini deyarli keng yoyib, urg`ochilari esa yig`ib o`tiradi. Urg`ochi kapalaklar o`rtacha 9-20 kun yashaydi, tuxumlarini asalari uyasi tubiga, yoriqlarga, mabodo asalari oilasi kuchsiz bo`lsa, to`g`ridan-to`g`ri mum kataklariga qo`yadi. Bir urg`ochi kapalak, tashqi sharoitiga, ozuqa miqdoriga qarab 650 dan 2000 tagacha tuxum qo`yadi.
315-guruh talabasi Yusupova Chaman