Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz



Yüklə 430,8 Kb.
səhifə1/10
tarix07.11.2022
ölçüsü430,8 Kb.
#119075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2
5555, ingliz tili mashqlar, Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni., 120510, fazliddinga, C# da dialog kurs ishi


Kirish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasida ta’lim va tarbiya sohasida quyidagilarga e’tibor qaratildi: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi buyuk imkoniyatlar ochmoqda.
Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb hunarlarning, xorijiy tillarning egallashlari, har tomonlama sog’lom va barkamol bo‘lib, hayotdan munosib o‘rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Toshkentda 2016-yil 14-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida ta’lim va tarbiya sohasida quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz”.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuchi va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni va axborot texnologiyalarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilarni tayyorlash muhim amaliy ahamiyatga egadir.

Yüklə 430,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə