Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari. Ergasheva Sitoraxon Ilyos qizi



Yüklə 250,8 Kb.
səhifə1/3
tarix24.11.2023
ölçüsü250,8 Kb.
#133647
  1   2   3
DMNA-23-21 ERGASHEVA.S MAQOLASI


Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari.
Ergasheva Sitoraxon Ilyos qizi
O`zbekiston Respublikasi Bank va moliya akademiyasi magistranti.
Annotatsiya. Ushbu maqolada budjet xarajatlari tizimida kassa muomalalari, kassa faoliyatini tashkil etish va yuritish sohasidagi masalalar haqida so`z yuritilgan hamda normativ-huquqiy xujjatlarda belgilab berilgan me`yorlar asoslab o`tilgan.
Kalit so`zlar: Budjetlarning xarajatlarini boshqarish, g`aznachilik tizimi, buxgalteriya hisobi, kassa muomalalari, budjet hisobi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari o’zlariga yuklatilgan vazifa.
Abstraktnыy. V dannoy state rassmotrenы voprosы v oblasti kassovыx operatsiy, organizatsii i upravleniya kassovыmi operatsiyami v sisteme byudjetnыx rasxodov, a takje obosnovanы normы, ukazannыe v normativnыx pravovыx dokumentax.
Klyuchevыe slova: Upravlenie byudjetnыmi rasxodami, kaznacheyskaya sistema, buxgalterskiy uchet, kassovыe operatsii, byudjetnыy uchet, zadachi, vozlagaemыe na organы mestnogo samoupravleniya.
Abstract. In this article, the issues in the field of cash transactions, organization and management of cash operations in the system of budget expenses are discussed, and the norms specified in regulatory legal documents are justified.
Key words: management of budget expenses, treasury system, accounting, cash transactions, budget accounting, tasks assigned to local government agencies.
Mustaqillikning dastlabki yillarida barcha soha va tizimlarda bo`lgani kabi budjet tizimida ham islohotlar amalga oshirilib Davlat budjeti ijrosining normativ-huquqiy asosi yaratildi. Iqtisodiyotni innovatsion va strategik jihatdan rivojlantirish yo`lida belgilab olingan tamoyillar ijrosi bo`yicha barcha sohalarda bo`lgani kabi buxgalteriya hisobi sohasida uning barcha ob’ektlari hisobini tashkil etish bo`yicha huquqiy asoslar shakllantirilgan hamda xalqaro me`yorlarga mos ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Bugungi kunda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari barcha mablag`lari g`aznachilikka qamrab olinib,daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi yuritilmoqda. Bu o`z navbatida mablag`lardan maqsadli va samarali foydalanish, mablag`larni iqtisod qilishga xizmat qilib budjet taqchiligini oldini olishni ta’minlamoqda.
Hozirgi kunda Respublikamizda budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo`yicha mustahkam me`yoriy huquqiy baza shakllantirilgan bo`lib, mazkur hujjatlar bozor iqtisodiyoti talablari, jahon va milliy iqtisodiyotimizda ro`y berayotgan o`zgarish va yangiliklar asosida takomillashtirib borilmoqda.
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslarini uslubiy jihatdan yoritishda, hisob jarayonini tashkil etishni, bir nechta pog`onalarga bo`lish mumkin bo`ladi.
Bunda normativ-huquqiy hujjatlarni pog`onalarga bo`lish jarayoni tegishli alohida bosqichlarga ajratilgan bo`lib, ushbu ajratilgan pog`onalarda avvalo qonunlar va qonuniy hujjatlar, kassa muomalalari hisobini tashkil etishni bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi normativ xujjatlar, kassa muomalalari hisobini alohida ob’ektlari hisobini yuritish mexanizmi xususiyatlarini aks ettiruvchi me`yoriy xujjatlar hamda ushbu pog`onaning so`ngida muassasa va tashkilotlarning buxgalteriya hisobining umumiy uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan hisob siyosati. Quyida rasm ko`rinishida ikki qismga ajratgan holda tasvirlashga harakat qilamiz (1-rasm).


Yüklə 250,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin