Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri
Reja:
1.Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi
2. Buyuk geografik kashfiyotlarning ilm-fanga ta’siri
3. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida olimlarning olib borgan ishlari
Buyuk geografik kashfiyotlar —XV—XVII asr oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat XV asr oʻrtalari — XVI asr oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin. To’g’ri undan keyin ham ancha yitik kashfiyotlar amalga oshirilfi ammo ularning hechbiri Buyuk geografik kashfiyotlar davridek dunyo taqtiriga kuchli tasir ko’rsatadigan kashfiyotlar davri bo’lmagan. Aynan shu buyuk geografik kashfiyotlar “yangi dunyo ” hamda “Eski dunyo” atamasining ham yuzaga kelishi varivoj topishiga ham olib keldi. Bu esa o’z navbatida dunyodagi ijtimoiy va siyosiy hayotning o’zgarishiga olib keldi.
Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yoʻllarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari boʻlgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar 1yuz yillik davrining muhim voqealari . 1488 yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha gʻarbiy va jan. sohilini tekshirdilar .1492-1494 yillarda Xristoofr Kolumb Bagama orollarini, Katta va Kichik Antil orollarini kashf qildi; 1497—99 yillarda Vasko da Gama (arablar rahnamoligida) Gʻarbiy Yevropadan Janubiy Afrika boʻylab Hindistonga uzluksiz dengiz yoʻlini ochdi; 1498—1502 yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa ispan hamda portugal dengizchilari Jan. Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy qirgʻogʻini 25° j.k.gacha va Markaziy Amerikaning Karib qirgʻogʻini kashf qildilar. 1513—25 yillarda ispanlar Panama boʻynini kesib oʻtib, Tinch okean qirgʻogʻiga chikdilar va La Plata koʻltigʻini, Florida va Yukatan yarim orollarini va Meksika qoʻltigʻining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va boshqalar), Meksika va Markaziy Amerikani zabt etdilar, Jan. Amerikaning Atlantika soxilini toʻliq tekshirdilar. 1519—1522 yillarda Franchesko Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan. chekkasi boʻylab boʻgʻoz orqali (keyinchalik Magellan boʻgʻozi deb ataldi) dunyo boʻylab birinchi sayohat qiddilar. 1526—1552 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va boshqa ispanlar Jan. Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And togʻlarini 10° shahri k.dan 40° j. k. kacha, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar. Fransuz dengizchilari J. Verratsano (1524), J. Kartye (1534-1535) Shimoliy Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi togʻlarining jan.ni va Qoyali togʻlarning janubini, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi oqimlarini oʻrgandilar (1540—42).
Buyuk geografik kashfiyotlar 2yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Gʻarbiy Sibirga yurishidan (1581—1584-yil) keyin va Gaz daryosi boʻy i da Mangazeya shahriga (1601-yil) asos solingandan soʻng rus sayyoh (yoʻl bosar)lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini oʻrgandilar, Shim. Osiyo hududini kesib oʻtib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639 yil I. Moskvitin). XVII asr oʻrtalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilyev, I. Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, Ye. Xabarov va boshqalar) tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga ya. o.larini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga (Bering boʻgʻozi orqali) oʻtib, Osiyo quruqlik orqali Amerika bilan tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barens 1594 yil Novaya Zemlya o.ning gʻarbiy qirgʻogʻini va 1596 yil Shpitsbergen o.ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576—1631 yillarda Grenlandiyaning gʻarbiy sohilini aylanib oʻtib, Baffin Yerini, Labrador ya. o.ni aylanib, Gudzon qoʻltigʻi qirgʻoqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J.Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va boshqalar). Fransuzlar 1609—48 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi togʻlarini va Buyuk koʻllarni (S. Shamplen va boshqalar) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606 yil Yangi Gvineya o.ning jan. qirgʻogʻini aylanib Torres boʻgʻozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqa 1606—44 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., gʻarbiy va jan. qirgʻoqlarini kashf qildilar.
Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan. Miloddan avvalgi 128 yil xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari boʻylab borib, Markaziy Tyanshan dovonlaridan oshib, Fargʻona vodiysining Koson shahriga kelgan, soʻngra Qizilqumdan oʻtib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Singin togʻlaridan oʻtib, 126 yilda vataniga qaytib kelgan (15 ming km yoʻl bosgan). Xitoy sayyohi Syuan Szan VII asrda 16 yil (629—645) davomida Chjan Syan yoʻlidan yurib, Balx shahrigacha borgan, soʻng Hindukush togʻlaridan oshib, Haybar darasidan oʻtib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni oʻrgangan, Panjobdan Bengaliyagacha boʻlgan yerlarni kezgan, soʻngra Amudaryo boʻyiga qaytib, Pomir va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689 yil xitoylik I. Szin dengiz boʻylab sayohatga chiqqan. Sumatra o.ga borgan, soʻng Gang mansabiga yetib kelib, 695 yil vataniga qaytgan va koʻrganlarini batafsil yozib qoldirgan.
IX—X asrlarda arablar Eron, Hindiston, Shri Lanka, Turkiston, Oʻrta Osiyoning buyuk togʻlari, Shim. va Jan. Xitoy, Hindixitoy, Indoneziya o.lari, Afrika, Madagaskar o. haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlishgan. Faqat Yevrosiyoning shim. ularga uncha aniq emas edi. X asrning birinchi yarmida arab sayyohi, olim Masʼudiy butun Gʻarbiy Osiyoni, Turkiston, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Shim. Afrika, Sharqiy Afrikani kezib chiqqan, Yava oroli va Xitoyda ham boʻlgan degan maʼlumotlar bor. XIII asr boshida arab geografi va sayyohi Yoqut Hamaviy Oʻrta dengiz, Fors qoʻltigʻi, Eron togʻligi va Turkistonda boʻlgan. Yoqut Hamaviy "Mamlakatlar lugʻati"ni tuzgan. Marokashlik savdogar Abu Abdulloh Ibn Battuta 1325- yil Iskandariyaga kelgan, soʻngra Nil daryosi boʻylab suzib, birinchi sharsharaga (Asvon yaqinida) borgan. Keyin Suriya (Shom), Kichik Osiyo yarim oroli, Iroq, Makka, Yaman, undan Mozambikka borgan, soʻng Zanjibar oroli orqali Hoʻrmuz boʻgʻoziga kelgan, Bahrayn orolilaridan oʻtib, Janubiy Eronda boʻlgan, u yerdan Misrga qaytgan. Soʻngra Suriya va Kichik Osiyo yarim oroli orqali Kora dengiz boʻyiga, Qrimga, Volga daryosi etagi, Axtuba orqali Oltin Oʻrda poytaxti Saroy Berkaga borgan. Keyin Xorazmga, Buxoro, Samarqandga oʻtgan. Janubga burilib Amudaryodan oʻtgan, Hindukush togʻlaridan oshib, Hind vodiysiga, Panjobga, Dehliga borgan. 1342 yil Xitoyga bora turib Janubiy Hindiston, Shri Lanka, Maldiv o.lariga oʻtgan, undan Xitoyga, Tayvan oroliga borib, 1349 yil vataniga qaytgan. Soʻng Ispaniyaga borgan. Niger daryosi oʻrta oqimiga, Air, Axaggar togʻliklariga (Sahroi Kabirda) borgan. Hammasi boʻlib (quruqlikda va suvda) 130 ming km yoʻl bosgan. U sayohat qilgan mamlakatlar haqida muhim maʼlumotlar qoldirgan.
Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qoʻshgan olim va sayyohlar chiqqan. Bulardan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy "Surat alarz" "Yer tasviri" asarini yozgan, 7 iqlimga taʼrif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016 -yilda Sharkda dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini anik, oʻlchadi, dunyo haritasini tuzdi, Gʻarbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Hisrav Magʻrib shahriga, jan.da Nubiya choʻli, Makkagacha, sharkda Moʻlton va Lohur shaharlariga borgan, 15 ming km dan ortiqyoʻl bosgan. Hofizi Abru (XIV—XV-asrlar) Movarounnaxr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, Rus va Shom yerlarida boʻlgan, Hindistonda Gang daryosi qirgʻoqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417—1420 yillarda yozgan geografik asarida dunyoning doyrashaklidagi haritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan 27 yil avval Hindistonga (Kolikut portiga — hozirgi Kojikode) dengiz yoʻli (Arabiston dengizi) orqali borgan (1441) va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib oʻtgan Vasko da Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga yetib borgan. Sharq geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari yevropalik geograf-sayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos boʻlgan deyish mumkin. Antarktidaning ochilishi ham alohida ahamiyat kasb etgan yirik voqealardan biri edi. 1819-1820 yillarda dovyurak rus sayyohlari F.F.Belinsgauvzen va M.P.Lazarevlar boshchiligida “Mirniy ” va “Vostok ” kemalaridagi sayohat sayyoramizdagi oltinchi materikni Antarkdidani kashf etdi.
1820-yil 28-yanvar Antarktidaning ochilgan kuni sifatida tarix safilariga kirdi.
Yer sayyorasining janubiy qutbi atrofida eng janubiy materik kashf etilgan
bo’lishiga qaramay Avstraliyaning nomi xaritalarda janubdagi Yer sifatida
toponim bo’lib qolaverdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Hasanov H., Sayyoh olimlar, 1981;
2.Hasanov H., Oʻrta Osiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964;
3. Ibrohimov N., Ibn Batguta va uning Oʻrta Osiyoga sayohati, T., 1993.
4. Мифы народов мира. Энциклопедия, Т. 1-2, М., 1998
Dostları ilə paylaş: |