Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 60,06 Kb.
səhifə1/13
tarix18.10.2022
ölçüsü60,06 Kb.
#118392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Umirzakov M Ta\'lim texnologiyasining mohiyati belgi va xususiyatlari


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar” fakulteti
Geografiya” kafedrasi
Geografiyani o`qitishda innavatsion texnologiyalar” fanidan
KURS ISHI
Ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyatlari

Bajardi: Umirzakov Muzaffar
Qabul qildi: Abdimurodov Oybek
CHIRCHIQ 2022
TA'LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI BELGI VA XUSUSIYATLARI


REJA:
KIRISH …………………………………………………………………………3
I BOB. TA'LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI BELGISI………...5
1.1. Ta’lim texnologiyalarining umumiy mohiyati……………………………….5
1.2. Ta’lim texnologiyasi pedagogik tizim elementlari………………………….11
II BOB. TA'LIM TEXNOLOGIYASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI..17
2.1. Geografiya ta’limida yangi pedagogika texnologiya...................................17
2.2. Geografiya ta’limini amalga oshirishda interfaol usullarda foydalanish......28
XULOSA ………………………………………………………………………35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………….36


Kirish
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
Elektron va masofaviy texnologiyalar — ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.
Elektron ta’lim (E-Learning) — avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin.
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur'atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko'ra ko'proq bo'lgan bu davrda, o'qitishning an'anaviy tizimi (shu jumladan zamonaviy an'anaviy o'qitish) o'z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur'ati oldingilardan ko'ra ancha yuqori bo'lganligi sababli, o'qitishning an'anaviy tizimi, rivojlanishga to'sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o'qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O'qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o'quvchiga bo'lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur.

Yüklə 60,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin