Daklik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 30,94 Kb.
səhifə1/5
tarix08.11.2023
ölçüsü30,94 Kb.
#131339
  1   2   3   4   5
GO`DAKLIK VA GO’ DAKLIK DAVRINING


GO’DAKLIK DAVRINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Go`daklik davrida jismoniy rivojlanish.

  2. Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari

  3. Go‘daklik davrining diagnostikasini o'ziga xosligi

  4. Go`dak va muloqot, go`daklik davrida nutqning vujudga kelishi.



1.Go`daklik davrida jismoniy va psixologik rivojlanishi
Bu davr uchun quyidagilar xarakterlidir: tana vaznining fiziologik yo'qotilishi; fiziologik sariqqlik; terining fiziologik qizarishi (katari); tranzitor lixoradka (bezgak), siydik nordon infarkti va jinsiy kriz.
Vaznni fiziologik yo'qotish. hamma yetuk tug'ilganlarda, hayotining birinchi kunidan keyin tana vaznini yo'qotish kuzatiladi. Tana vaznini yo'qotish birinchi 3-4 kunda, ba'zida 6- kunlarigacha chozilishi mumkin. Tana vaznini yo'qotish bolaning umumiy ahvoliga ta'sir ko'rsatmaydi, bu fiziologik holat, bundan vaznning fiziologik tushishi termini kelib chiqqan. A.F.Tur bo'yicha quyidagicha aniqlanadi: vaznni yo'qotish qiymati 6% dan 10% gacha, etuk tug'ilganlarda 150 - 300 grammni tashkil qiladi. Chaqaloqlarda tana vaznining bunday tushishi, tanadan suv yo'qotish, asosan o'pka va teri orqali suv yo'qotadi (70 - 75%). 10 - 20%ni siydik, najas va qusiq moddalari, tug'ruq vaqtida homila oldi suvining yutishi va onaning tug'ruq yo'llaridagi boshqa ajralmalarni yutishi tashkil etadi. Chaqaloqlar yo'qotgan suv to'qima suvi va qisman organizm o'qimasi parchalanishi, oqsil, yog' parchalanishi natijasida hosil bo’ladi.
Bola hayotining birinchi kunlarida jarohatlansa ularda lanjlik paydo bo’ladi, ovqatlanishi buziladi. Birdan sarg'ayib ketishda ham bolalar lanj bo’ladi, tana vaznini yo'qotadi. Atrof temperaturasining yetarli bo'lmasligi, chaqaloqni sovuq qotishiga olib keladi, issiqlik ajratish ko'tariladi va tana vaznining ko'p yo'qotilishiga sabab bo'ladi. Fiziologik tana vaznini yo'qotishning asosiy sababi yetarli ovqatlanmaslik hisoblanadi. Birinchi yo'qotilgan vaznning to'liq tiklanishi hayotining 2 - haftasiga to'g'ri keladi.
Fiziologik sariqlik. 80-90% chaqaloqlarda 2 - 3 kundan boshlab, teri rangi, shilliq qavati, sklerasi sarg'ayishi kuzatiladi. Terining sarg'ayishi yuzda, ko'krakda, orqada kuzatiladi, ba'zida faqatgina yuzi, oyog - qo'l kaftlarida kuzatiladi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatlari, milk, tanglay yaqqol sarg'ayadi. Bu sag'ayishlar har xil darajada oq rangdan, limonli - sariq, zaytun rangigacha bo´ladi. Chala tug'ilganlarda sariqlik yaqqol rivojlanadi. Bu sariqlik 2-3 kundan keyin ko'payadi va hayotining 10-15 kunlarida yo'qoladi. Ba'zida 3-4 hafta, chala tug'ilganlarda 6 haftagacha saqlanadi.
Bunda bolaning umumiy ahvoli o'zgarmaydi. Peshobi tinik, o't pigmentlari yo'q, najas normal rangda (kuchuk najasi rangi yoki oq rangda emas). Fiziologik sariqlikni o'tkazgan chaqaloqlar qonida bilirubin miqdori yuqori bo´ladi. Fiziologik sariqlik patogenezida bir qancha nazariyalar mavjud. Zamonaviy qarashlarga ko'ra, fiziologik sariqlikda asosiy rolni eritrositlar parchalanishi (gemolizi) o'ynaydi.
Tug'ilganda eritrositlar soni 5 milliondan ortiq bo´ladi. Bunda ko'p sonli eritrositlar yetarli darajada kislorod bilan ta'minlanmaydi (homilaning arterial qonida kislorod miqdori ona arteriyasiga nisbatan 4 marta kam). Bola tug'ilgandan keyin gemoglobinni kislorod tashishi ko'payadi, shuning uchun ko'p sonli eritrositlar o'limiga olib keladi, gemoglobin parchalanadi, bilirubin hosil bo´ladi. Boshqa tomondan, chaqaloqlarda eritrositlarning ko'p parchalanishi, ular rezistentligining pastligi, yaxshi shakllanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Eritrositlar parchalanishi natijasida hosil bo'lgan bo'yovchi moddalar miqdori jigarga o'tadi, lekin jigar fiziologik yetishmovchiligi natijasida ularni qayta ishlay olmaydi va bu moddalar qonga o'tadi, bilirubinemiya rivojlanadi. Kapillyarlar o'tkazuvchanligining yuqoriligi bu pigmentlarning teriga o'tishiga sabab bo´ladi, teri sariq rangga kiradi.Hamma chaqaloqlarda hayotining 2 - kunidan boshlab, yorug'lik, havo, atrof - mugit past harorati natijasida terisi qizaradi. Bu qizarish chaqaloqlar fiziologik eritemasi deyiladi. 2-3 kundan keyin o'tadi, o'zidan keyin bir ozgina teri sqilinishini (kepaklanish) qoldiradi. Chala tug'ilgan chaqaloqlarda terining fiziologik eritemasi g'isht - qizil rangda bo´ladi va uzoq saqlanadi.
Tranzitor yoki o'tib ketuvchi bezgak. Bu chaqaloqlarning alohida holati hisoblanadi, chaqaloqlar tana harorati yuqori raqamlargacha (39-40˚S) ko'tariladi. haroratning tushishi hayotining 3-4 kunlarida bo´ladi va bir necha soatdan 2-3 kungacha davom etadi. Bolaning umumiy holati kam o'zgaradi, ba'zan bolalar lanj bo´ladi. Tranzitor bezgakning kelib chiqish sababi, oqsilga boy ozuqalarni iste'mol hilganda suyuqlikning kam bo'lishi, asosan chaqaloq hayotining birinchi kunlariga to'g'ri keladi. Ba'zi mualliflar fikricha, bunda organizmning unda sirkulyasiyalanuvchi pirogen moddalarni neytrallash xususiyati pasayadi.
Tranzitor bezgakda hech qanday medikamentoz davo talab qilinmaydi. Og'iz orqali ko'proq suyuqlik ichirish kerak.
Bola tug'ilgandan keyin hayotining birinchi kunida siydik ajratishdan oldin qattiq (baland) yig'lash kuzatiladi, siydik ajralishi u uchun og'riqli bo´ladi. Bu uratlarning ko'p miqdorda ekanligi, siydikda siydik nordon tuzlari miqdori ko'pligidan dalolat beradi. Odatda, bu uratlar siydikda eriydi, lekin chaqaloqlarda, siydik juda ozligi sababli, bu tuzlar kanalchalar va buyrak jomchalarida to'planadi, siydik nordon infarkti hosil bo´ladi.


Yüklə 30,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin