Daryolar(5-sinf,21-dars)



Yüklə 126,56 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü126,56 Kb.
#9695

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Respublika ta’lim markazi
Geografiya fanidan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzular bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan dars ishlanmalar

( V-sinf )




Toshkent 2010 yil




III – chorak 22 - dars
MAVZU: DARYOLAR
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga daryolar va ularning qismlari tarkibi, turlari, to‘yinishi, rejimi haqida bilim berish; tog‘ va tekislik daryolarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berisli; ularga tabiiy geograflk xaritalardan daryolarni topishni o‘rgatish va sayyoramizdagi yirik daryolarni nomlarini aytib xaritadan topa olishni, daryolarga reja asosida ta'rif yozish ko‘nikmasini sliakllanlirish.

Darsning vazifalari: o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakillantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.

Darsning rivojlanliruvchi maqsadi: mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o‘rgatish. nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish.

Dars o‘tish usullari: “Aqliy hujum”, “ha-yoq”, “Grafik test”.

Dars jihozlari: Globus, mavzuga oid jadvallar, daryolar aks etgan rangli rasmlar, yozuvsiz xarita, 5-sinf o‘quv atlasi, tarqatma materiallar, yarimsharlar tabiiy xaritasi, O‘zbekiston tabiiy xaritasi, slaydlar.

Atama va tushunchalar: daryo, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryolar manbai, mansabi, tog‘daryolari, tekislik daryolari, daryo vodiysi, daryo o‘zani, irmoq, daryo sistemasi, sharshara, ostona, daryolar to‘yinishi, daryolar rejimi, suv sarfi, suv sathi, daryolar suvini muhofaza qilish.

Geografik ob'yektlar:

Daryolar: Nil, Amazonka, Kongo, Missisipi, Gang, Volga, Dnepr, Ycni-sey, Ob, Lena, Yanszi, Xuanxe, Amudaryo, Sirdaryo. Sharsharalar: Anxel, Niagara, Viktoriya.

O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

Bilimlar:

  • Daryo va uning qismlari haqida bilish;

  • Daryo sistemasi haqida bilish;

  • Daryo vodiysi va uning elementlari bilish;

  • Ostona va sharsharalar haqida bilish;

  • Daryolarning to‘yinishi manbai va mansabi qayerdaligini bilish.

Ko‘nikma va malakalar:

  • Daryo sistemasi va uning elementlarini aniqlay olish;

  • Daryo havzasi chegaralarini aniqlay olish;

  • Oqim yo‘nalishi va relyefning bog‘liqlik qonuniyatlarini ayta olish;

  • Xaritada daryo va uning elementlarini ko‘rsata olish;

  • Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini tasvirlay olish;

  • Daryoga reja asosida tavsif yoza olish.



Darsning blok chizmasi


t.r

Darsning bosqichlari

Bosqichning

davomiyligi


1


Tashkiliy bosqich


3 daqiqa


2


Nazorat bosqichi "Blis so‘rov”



8 daqiqa


3


Asosiy bosqich

a) “Klaster” usuli yordamida o’quvchilarning daryolar haqidagi bilimlar hajmi aniqlab olinadi.

b) yangi mavzu bayoni- daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.

c) grafik usulida test topshirig‘i

d) mavzuni mustahkamlash



28 daqiqa

5 daqiqa


10 daqiqa
8 daqiqa

5 daqiqa




4

Uyga topshiriqlar


4 daqiqa


5


Darsni yakunlash


2 daqiqa



Tashkiliy qism.

Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga sharh beradilar. O‘quvchilaming darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.



Guruhlash.O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: "Amudaryo", "Orol", "Sirdaryo" guruhlari.

Nazorat bosqichi

Nazorat bosqchi "Blis" so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir.

Nazorat bosqichida “Blis” so‘rov asosida barcha o‘quvchilar individual tekshirib chiqiladi. “Blits” so‘rov o‘tkazishda “ha-yoq” usulidan foydalanish yaxshi samara beradi.

BLIS” so‘rov topshiriqlari


Shakli: “ha-yoq”


  1. Granit va qumtosh suvni yaxshi o‘tkazmaydi




  1. Artezian suvlari bosimli bo‘ladi




  1. Grunt suvlarining sathi bahorda yuqori bo‘ladi




  1. Tabiiy buloqlarning ko‘pchiligi grunt suvlaridan paydo bo‘ladi




  1. Artezian quduqlaridan suv otilib chiqadi




  1. Yirik qum suvni yaxshi o‘tkazmaydi




  1. Yer osti suvlari cho‘llarda mavjud emas




  1. Shag‘al va qum qatlamlari orasida yer osti suvlari to‘planishi mumkin




  1. Yer osti suvlari doimo chuchuk bo‘ladi




  1. Tog‘ jinslari qancha g‘ovak bo‘lsa suvni shuncha sekin o‘tkazadi

BLITS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:


Topshiriqni bajarish tartibi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10































O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan tasdiqlarni X belgisi bilan , noto‘gri deb hisoblagan tasdiqlaringizni O belgisi bilan belgilang.
Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o’quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi
Baholash mezonlari:

  • 9-10 ta to’g’ri javob uchun “5” ball

  • 7-8 ta to’g’ri javob uchun “4” ball

  • 5-6 ta to’g’ri javob uchun “3” ball

  • 4 ta va undan kam javob uchun “2” ball


Yangi mavzuning bayoni

Reja:
1.Daryo va uning elementlari

2.Daryo havzasi va suvayirg‘ich

3.Tog‘ va tekislik daryolari

4.Daryolarning suv rejimi

5.Daryolardan xo‘jalikda foydalanish
Daryo nima? Kim daryoni ko‘rgan? Siz o‘zingiz ko‘rgan daryo haqida so‘zlab bering. Juda to‘g‘ri. O‘zan deb ataluvchi chuqurlik-da oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O‘zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi. 42- rasmdan daryo vodiysi haqida gapirib bering.

Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.

Har bir daryoning boshi va quyar joyi bo‘ladi. Daryo boshlana-digan joy uning manbai deb ataladi. Sirdaryo va Amudaryo baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi. Volga daryosi tekislik-da, ko‘ldan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo‘lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi. Irmoqlar deb daryo-ga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga aytiladi. Ko‘pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi.

Daryoning oke­an, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi dar­yoning mansabi deyiladi (O‘rta Osiyoning tabiiy xaritasidan Sirdaryoning manbaini, mansabini, Chirchiq va Qoradaryo irmoqlarini toping.)

Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi

Daryo havzasi va suv­ayirg‘ich. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug‘lanib ketmagan hamma suv daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi

Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi Uning uzunligi-(Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni tashkil qiladi





Hamma daryolarning, hatto eng kichik daryolarning ham o‘z havzasi bo‘ladi. Amazonka havzasi dunyoda eng katta daryo bo‘lib, uning maydo­ni 7 mln km2 dan iborat.

Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan che-gara suvayirg‘ich deyiladi. Suvayirg‘ichlar tog‘larning qirralariga, te-kisliklarda esa balandroq joylarga to‘g‘ri keladi.

Tog‘ va tekislik daryolari. Tog‘ daryolari tekislik daryolariga qaraganda juda tez oqadi. Vodiylari tor va chuqur bo‘ladi. Ko‘p daryolar tog‘lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga Sirdaryo, Amudaryo va Zaraf-shon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sirdaryo Tyanshan tog‘larida 6000 m balandlikdan boshlanadi. Tog‘lar orasidagi chu­qur daralarda hayqirib oqadi. Tekislikka chiqqanidan keyin keng o‘zanda yoyilib, sekin oqadi. Daryolar tog‘larda yemirib oqizib kelgan tog‘ jinslari tekislikda cho‘kib, cho‘kindi jinslarni hosil qi­ladi. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning cho‘kish qonuniyatini birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalar hosil qiladi. Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Amerikada, Churun daryosidagi Anxel sharsharasi. Uning balandligi 1054 m. Lekin suvi ko‘p emas. Eng sersuv sharsharalardan biri Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir. Bu sharshara 51 m balandlikdan otilib tushadi. Yana bir katta sharshara Afrikadagi Viktoriya sharsharasi Unda suv 120 m balanddan otilib tushadi ( Nolari aytilgan sharsharalarni Yarim-sharlar xaritasidan toping).




Daryolarga suv qayerdan keladi? Daryolar yomg‘ir, qor, muz suv-lari, buloqlar suvilardan to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar tog‘lardagi muzliklar suvi bilan to‘yinadi. Ular yozda scrsuv bo‘ladi (Nega?). Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi. Ba'zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi. Sunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar deyiladi. Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiracli.

Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta'min-laydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib qurnq yerlarga suv chiqariladi.

Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Buni aslo unutmaylik.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar.

Grafik test.
Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlang?



1.daryoning manbai 2.daryoning mansabi 3.dayoning o‘ng irmog‘i

4.daryoning o‘zani 5.daryoning qayiri 6.daryoning chap irmog‘i

7.daryoning vodiysi 8.daryoning havzasi 9.daryoning suvayirg‘ichi

10.daryo terassasi

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

Topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:


  • Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish

  • Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish

  • O‘quvchilarda geografik ob`ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi

  • Nazorat usulining soddaligi

  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi


Topshiriqni bajarish tartibi:
1.Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.*
2.O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

a

b

c

h

k

d

m

j

e

l


3. Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi
Uy vazifa uchun savol va topshiriqlar

1. Daryo tushunchasining eng muhim belgilarini ayting.

2. Daryo sistemasi, boshlanish joyi, quyilishi joyi, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryo o‘zani deb nimaga aytiladi? Ularni chizmada aks ettiringchi?

3. Daryolardan biriga quyidagi reja asosida ta'rif bering.

1). Daryo nomi?

2). Qaysi materikda va uning qaysi qismida joylashgan?

3). Qayerdan boshlanadi?

4). Qayerga quyiladi?

5). Qaysi okean yoki dengiz havzasiga mahsub?

6). Xo‘jalikdagi ahamiyati.


Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar

Uy vazifasi uchun berilgan topshiriq murakkab topshiriqlardan sanaladi. U bir vaqtning o‘zida barcha BKM elementlarini qamrab oladi, shu sababli uy vazifasining o‘quvchilar tomonidan bajarilisiga o‘qituvchi alohidsa e`tibor berishi lozim.



O‘quvchilarga uy vazifasini berishda quyidagilarni hisobga oling:

  • Reja asosida ta`rif berish uchun ma`lumotlarni topish oson bo‘lgan daryolarni tanlang. Eng yaxshisi, agar mavjud bo‘lsa o‘zingiz yashaydigan joydagi daryoni tanlash yaxshi samara beradi.

  • O‘quvchilarga topshiriqni bajarish tartibini mukammal tushuntirib bering.




  • O‘quvchilarga uy vazifasini bajarishda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha manbalar topishda yordam bering.



Darsni yakunlash:


Darsga yakun yasash, baholarni e`lon qilish.
IV – chorak 28 - dars
Mavzu: Ob-havo va iqlim
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda havo namligi, havodagi suv bug‘i, mutloq namlik haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishda davom etish; boshlang‘ich sinfda Tabiatshunoslik fanidan ob-havo, ob-havodan darak beruvchi belgilar haqida olgan bilimlarini eslatish; ob-havo elementlari, uning ahamiyati, iqlim, iqlimning geografik kenglikka bog‘liqligi haqida bilim berish.

Darsning vazifalari:

O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, xaritalar va rasmlar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.

Darsning uslubi: “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Amaliy mashg‘ulot”.

Kutilayotgan natijalar.

O‘qituvchi:

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, barcha o‘quvchilar yakka tartibda baholanadi. boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.


O‘quvchi:


Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar

Dars jihozi:

Dunyoning tabiiy va iqlim xaritalari, mavzuga oid ko‘rgazmali rasmlar, 5-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, darslik, tarqatma savollar.



Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

3.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).

4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa).

5.Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga rasm chizish

(7 daqiqa).

6. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).

7. “Qisqa muddatli test sinovi” (3 daqiqa).

8. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).

9. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).

10. Uyga vazifa.



1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

O`quvchilar iqlim elementlariga ko`ra 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).

I-guruh. Quyosh

II-guruh. Bulut

III-guruh. Shamol

IV-guruh. Yomg`ir

V-guruh. Qor

O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:


Oltin qoidalar:

1. Faollik.

2. Vaqtga rioya qilish.

3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.

4. O`zaro hurmat.

5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

6. O`ng qo`l qoidasi.

7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.

8. Intizom.

Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.

3.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa).

Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan topshiriqlarni tanlab oladilar. (topshiriqlar ilova qilinadi).




1-topshiriq
Kuzatuv materiallari asosida havo harorati (30 kunlik) grafigini chizing.


Kunlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

t0

15

17

17

18

19

20

19

19

19

20

21

21

21

20

19

18

18

18

19

20

21

22

19

17

17

17

18

18

18

21


2-topshiriq
Toshkent shahrida mart oyi davomida shimoldan 2 marta, janubdan 5 marta, sharqdan 5 marta, g`arbdan 5 marta, shimoli – sharqdan 4 marta, janubi – sharqdan 2 marta, shimoli – g`arbdan 4 marta va janubi – g`arbdan 2 marta shamollar esgani kuzatildi. Ushbu hodisalarni “shamol guli” tarzida chizmada ifodalang.
3-topshiriq

Agar yog‘in miqdori 100 mm, namlik koefisenti 0,5 ni tashkil etsa, bug‘lanuvchanlikni aniqlang.

Yechish: 100 \b = 1\2 = 200 mm
4-topshiriq

Yillik yog‘in miqdori 200 mm, bug‘lanuvchanlik 1000 mm bo‘lsa, namlik koefisentini aniqlang.

Yechish: 200 : 1000 = 0,5 % ga teng
5-topshiriq
Toshkent shahrida sentyabr oyi davomida 7 kun bulutli, 2 kun qor, 2 kun yomgirli va 18 kun Quyoshli issiq kun kuzatildi. Ushbu hodisalarni aylana diogramma tarzida ifodalang.

O‘qituvchi tomonidan guruhlarning to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat (globus maketchasi) beriladi. ( rag‘bat globuschasi o‘qituvchi tomonidan tayyorlab qo‘yiladiadi).

4.Yangi mavzu bayoni. (Guruhlarning ijodiy yondoshuvi)

(10 daqiqa).

Guruhlarga ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan topshiriqlar beriladi.

O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan topshiriqlar guruhlar tomonidan tanlab olinadi. ( topshiriqlar ilova qilinadi).


Ob-havo va iqlim



  1. Ob-havo nima? Ob-havoning asosiy elementlari haqida gapiring.

  2. Ob-havo elementlai va hodisalarining o‘zaro bog‘liqligi haqida gapiring.




  1. Ob-havoning inson hayoti va mehnat faoliyatidagi ahamiyati haqida gapiring.

  2. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilar haqida gapiring.

  3. Iqlimning joyning geografik kengligiga bog‘liqligi haqida gapiring.


5. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga rasm chizish (7 daqiqa).
Guruhlarga ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga kunlik kuzatuv natijalri va ko‘rsatilgan filmdan foydalangan holda rasm chizish topshirig‘i beriladi.
6. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).
Ijodiy yondoshish uchun yangi mavzu yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar va ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga chizilgan rasmlar asosida guruhlar o‘rtasida bajarilgan topshiriqlar almashinib ko‘rib chiqilib guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi.


  1. Ob-havo deb troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi ( sutka, hafta, oy, fasldagi) holtiga aytiladi. Ob-havoning asosiy elementlari – harorat, namlikva havo bosimidir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi.

  2. Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bahorda erta bilan Quyosh chiqishi oldidan havo salqin, shamilsiz bo‘ladi. Quyosh ko‘tarilishi bilan Yer yuzasidagi havo isib yuqoriga ko‘tariladi, big‘lanishkuchayadi. Iliq havo yuqoriga ko‘tarilib sovuydi. To‘p- to‘p va yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar hosil bo‘ladi. Ba’zan yomg‘ir ham yog‘ib o‘tadi. Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, u barqaror ob- havo deyiladi.

  3. Ob-havoning inson hayoti va mehnat faoliyatida oldindan qanday bo‘lishini bilish juda zarur. Bunda troposferaning holati haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bunda bizga meteorologik stansiyalar va kosmik yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlar tayanish lozim.

  4. Ob-havoning holatidan darak beruvchi belgilarga masalan, yangi oy tug‘ilishi arafasida ob-havo o‘zgaradi; oy o‘tov tiksa-havo aynishi mumkin; tunda va ertalab shudring tushsa – havo ochiq bo‘ladi; osmonda patsimon bulutlarning suzib yurishi – uzoq davom etadigan yomg‘ir belgisi; olcha daraxtlarining bargi to‘kilmasdan qor yoqqan bo‘lsa-da, haqiqiy qish boshlanmaydi; asalarilar uchib ketmay inida g‘uvillashib tursa, havo aynib yomg‘r yog‘ishi mumkin; agar terak barglari kuzda uchidan sarg‘aya boshlasa, bahor erta keladi.

  5. Ob- havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimiga iqlim deyiladi. U avvalo joyning geografik kengligiga bog‘liq. Masalan, ekvatorga yaqin yerlar Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi. Qutublarga yaqin o‘lkalarni esa Quyosh eng kam isitadi. Buning natijasida esa Yer yuzida issiqlik mintaqalri vujudga keladi. Bular tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita sovuq mitaqalar. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim kontenental iqlim deb ataladi.


7. O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalari qisqa muddatli test savollari orqali tekshirilib ko‘riladi. (test savollari ilova qilinadi)

8. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.



9. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan globus (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng zukko guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” ”Eng hamjihat guruh”, ”Eng chaqqon guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.


10. Uyga topshiriq:
Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatmin) qog‘ozga uyga vazifa yozib osib qo‘yadi.
Darslikdan 25- mavzuni o‘qib, ob-havoning aynishidan darak beruvchi belgilarga rasm chizib kelish.

Dars davomida ”Amaliy mashg‘ulot”, “Guruhlar bilan ishlash”, usulidan keng foydalanganda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga, vaqt reglamentiga rioya etishga o‘rgatiladi.



O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun test savollari
I-variant
1. Ob-havoning asosiy elementlarini belgilang.

A) harorat, yog‘in, shamol

B) harorat, yomg‘ir, qor

C) namlik, shamol , bosim

D) namlik, harorat, havo bosimi.
2. Iqlim nima?

A) troposferada ob-havoning doimiy o‘zgarishi

B) ob-havoning ma’lum joyga xos bo‘lgan fasliy o‘garishi

C) ob-havoning muayyan joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimi

D) ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan mavsumiy va yillik rejimi.
3. Ob-havo deb nimaga aytiladi?

A haroratning doimo o‘zgarib turishi

B) troposferada ob-havoning tez-tez o‘zgarib turishi

C) troposferaning muayyan bir vaqtdagi va shu joydagi (sutkalik, hafta, oy, fasldagi) holati

D) stratosferaning biror vaqtdagi va aynan shu joydagi sutka va haftalik holati.
4. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim …………… deb ataladi.

A) dengiz iqlimi

B) kontenental iqlim

C) issiq iqlim

D) tropik iqlim.
5. Havoda hosil bo‘ladigan yog‘inlar qaysilar?

A) shudring, qirov

B) yomg‘ir, qor

C) do‘l, yomg‘ir

D) qirov, qor.

II-variant
1.Kechqurun qalin shudring tushsa havo qanday bo‘ladi?

A) Havo yopiq shamol bo‘ladi

B) Osmon bulutli va bo‘g‘iq bo‘ladi

C) Chang to‘zon va shamol bo‘ladi

D) Havo ochiq-sеrquyosh bo‘ladi.
2.Qyosh botish oldidan havo och sariq rangda bo‘lsa, ertasi havo qanday bo‘ladi?

A) Bulutli va qattiq shamol bo‘ladi

B) Havo ochiq bo‘ladi

C) Ertasi kuni yomg‘ir yog‘adi

D) Havo soviydi.
3. Ertalab va kеchqurun kamalak ko‘rinsa havo qanday bo‘ladi?

A). Ertalab havo ochiq bo‘ladi,

kеchqurun yomg‘ir yog‘adi.

B) Ertalab ko‘rinsa yomg‘ir yog‘adi,

qеchqurun ko‘rinsa havo ochiq bo‘ladi

C) Ertalab havo sovo‘q,

qеchqurun issiq bo‘ladi.

D) Ertalab qirov tushadi,

kеchqurun havo ochiq bo‘ladi.
4. Yozda daraxtda sariq barglar paydo bo‘lsa, quz qanday keladi?

A) Kuz kеch boshlanadi

B) Kuz issiq va quruq kеladi

C) Kuz barvaqt boshlanadi

D) Kuz iliq kеladi.
5. Tunda va ertalab shudring tushsa havo qanday bo‘ladi?

A) havo ochiq bo‘ladi

B) havo bulut bo‘ladi

C) shamol bo‘ladi



D) sovuq bo‘ladi.

Test kaliti



I-variant




S


1

2

3

4

5

J


D

C

C

B

A



II-variant



S


1

2

3

4

5

J


D

C

B

C

A






Yüklə 126,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin