Деҳқонова Барно (304)



Yüklə 290,83 Kb.
səhifə1/4
tarix31.12.2021
ölçüsü290,83 Kb.
#112246
  1   2   3   4
sinfdan tashqari oqish darslarida shukur sadulla ijodini organish. (2)-конвертирован


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
5111700-Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 3-bosqich, 302-guruh talabasi

KURBANOVA MUSHTARIYBEGIM ISLOM QIZINING







Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish darslarida Shukur Sa`dulla ijodini o’rganish.


Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent M.Hamidova


Namangan-2014-yil

Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish darslarida Shukur Sa`dulla ijodini o’rganish.
REJA:

  1. Kirish.

  2. Sinfdan tashqari o’qish darslari va ularning turlari.

  3. Shukur Sa`dulla hayoti va ijodi.

  4. Shukur Sa`dulla ijodida hayotiy voqealarning

haqqoniy badiiy tasviri.

  1. Shukur Sa’dulla she’rlarining sinfdan tashqari o’qishdagi ahamiyati.

  2. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yхati.

Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'lim sohasidagi islohotlarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan «Kelajak bugundan boshlanadi, tarbiya masalasiga e'tibor qilinmasa kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz, ma'naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam, insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi, zero, bugungi yosh avlodga o'tmishimiz kim ekanligini anglatish, biz kimning avlodi ekanligimizni yetkazish eng dolzarb masalalardan biridir» deb ta'kidlaganlarida to'g'ri gapni aytgan edilar.

Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar xalq ta`limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo etayotganini ko’rsatdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov uzluksiz ta`limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda uning yuksak ma`naviyat zaminida qurilishiga katta ahamiyat berish kerakligini ta`kidlar ekan, Davlat ta`lim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhimligiga e`tiborni qaratdi.

Bu talablardan kelib chiqib yoshlarimizning tegishli ixtisosliklar bo’yicha chuqurlashtirilgan bilimlarga ega bo’lishi, mustaqil va ijodiy fikrlash salohiyatiga ega bo’lgan shaxs darajasiga ko’tarilishlari, o’z fikrlarini izchil tarzda yozma va og’zaki bayon eta olishlari, bilimlarini muntazam yangilab oshirib borishlari, mustaqil va ijodiy fikrlay olishlari, o’z millatini va Vatanlarini sevishlari, milliy qadriyatlarni, buyuk shoirlarimiz qoldirgan noyob durdonalarini hurmat qilishlarini taqozo etadi.

Yuqorida qayd qilingan tushuicha va muammolarni talqin qilish va javob topishga intilish bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biridir. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2013-yil 6-dekabr kuni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishida qilgan ma`ruzalarida ilgari surgan quyidagi fikrlarni ilgari surdi:

“Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr – bu boshlang’ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu

masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish asosan o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan muallimlarga topshirib qo`yilgan edi. Boshlang’ich ta`limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma`lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo`lgan pedagog kadrlar bajarmoqda.

Qabul qilinadigan dasturda boshlang’ich ta`limning sifatini oshirish, ta`lim standartlari, o`quv dasturlari, darslik va qo`llanmalarni takomillashtirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalari o`z ifodasini topishi kerak”1 .

Yurtboshimiz tomonidan ushbu ma`ruza jarayonida yana 2014-yilning nomlanish masalasiga keng to’xtalinib, “Sog’lom bola yili” deb e`lon qilishni taklif etilgan.

“Endi sizlar bilan kirib kelayotgan yangi-2014-yilga qanday nom berish haqida maslahatlashib, fikrlashib olishimiz kerak.

Azal-azaldan har qaysi ota-ona o’z bolasining sog’lom va barkamol bo’lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o’rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug’, eng muqaddas orzusi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.

Biz sog’lom deganda, nafaqat jismoniy, balki ma`naviy jihatdan ham sog’lom bolani o’zimizga tasavvur etamiz.

Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sog’lom ona- sog’lom bola masalasi davlat siyosatining usutuvor yo’nalishiga aylangani, keng ko’lamli umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirayotgan ulkan ishlarimiz jahon miqyosida ham tan olingani sizlarga yaxshi ma`lum.

Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning o’zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o’ta muhim va dolzarb vazifalarni qo’ymoqda.





1 Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish-yorug` kelajagimizning asosiy omilidir // Xalq so`zi, 2013-yil, 7-dekabr.

Ana shularning barchasini hisobga olgan holda, har tomonlama sog’lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarimizni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida men kirib kelayotgan yangi-2014-yilni mamlakatimizda “Sog’lom bola yili” deb e`lon qilishini taklif etaman”2.

Mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg’un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko’lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo’lda safarbar etish maqsadida hamda 2014 yil «Sog’lom bola yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2014- yilning 19-fevral kuni “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi” qabul qilindi3.

Shuni e'tiborga olgan holda “Sinfdan tashqari o’qish darslarida SH.Sa`dulla ijodini o’rganish” mavzusini kurs ishimizga asos qilib oldik. Mavzuni bugungi kun talablari asosida yoritish hozirgi kunimizning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.

STO’ning maqsadi – o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan.

STO’ 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.

Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga xavas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish.




2 Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish-yorug` kelajagimizning asosiy omilidir // Xalq so`zi, 2013-yil, 7-dekabr.

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qarori; http://www.gov.uz/uz/year/

Metodikaning vazifasi STO’ uchun o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir.

STO’ uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: 1.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini


  1. Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish.

  2. Asar janri va mavzusining xilma—xilligiga e`tibor berish. 4.O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish. 5.O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustakil o’qishda hisobga olish. 6.Mavsumiy tamoyilga amal qilish.

Sinfda o’qish — hayotga tayyorlash, STO’ hayotning o’zidir.

STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi.

STO’ darslariga qo’yiladigan talablar:

-har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;



  • har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar asarlarni hisobga olish;

  • har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish;

  • har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;

-o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma`lumotlar to’plash, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;

  • har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.

STO’ darlariniig muhim vazifalari:

-asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;

-qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma`lumotlarni o’qitishg "Tez aytish", "Topishmoqlar topish", "Ifodali o’qish", "Maqollar aytish musobaqasi", "Ertak to’qish", "Bilimdonlar anjumani", konkurslar tashkil qilish, muayyan mavzular buyicha savol javoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.

STO’ ning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan STO’ bosqichlariga rioya qilish,

STO’ga rahbarlikning yordamchi shakllariga:


  1. Kitobii targ’ib qilish. STO’ ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi,

Ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

  1. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchi o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qigan kitoblar hisobga olinadi. SHaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota—onalari bilan suhbatlashiladi.

  2. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar:adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.

  3. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a`zo bo’ladi.

  4. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.

1-sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini yozadi. 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini o’qshib yozadilar. 3-sinfda o’qigan kitobiga taqriz yozadi, o’z mulohazalarini yozadi.

Mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqichlari.



Yüklə 290,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin