«Direkt-kosting» tizimining asosiy maqsadi 2'. «Direkt-kosting» hisobi tizimining asosiy afzallildari Direkt-kostingning asosiy tushunchalari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#140636
  1   2   3   4   5   6
«Direkt kosting» tizimi bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish fayllar



MAVZU: «DIREKT-KOSTING» TIZIMI BO‘YICHA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH
REJA:
1.«Direkt-kosting» tizimining asosiy maqsadi
2'. «Direkt-kosting» hisobi tizimining asosiy afzallildari
3 .Direkt-kostingning asosiy tushunchalari

4. "Direkt-kosting" tizimining o'ziga xos xususiyati

Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va samarali boshqarish tannarx aniqlashning zamonaviy tizimlarini amaliyotga joriy qilishni taqozo etadi.


«Direkt-kosting» hisob tizimi ham respublikamiz buxgalteriya hisobi uchun yangi tizimlardan hisoblanib, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng qo'llanilmoqda. Germaniya va Avstraliyada mazkur usul «qisman xarajatlar hisobi» deb ataladi. Britaniyada u «marjinal xarajatlar hisobi», Fransiyada «marjinal buxgalteriya» yoki «marjinal hisob« degan nom larni olgan. 0‘zbekistonda esa «cheklangan, to‘liq bo‘lmagan yoki qisqartirilgan tannarx hisobi» tushunchalari qodlanilib kelmoqda.
G‘arb mamlakatlarida marjinal daromad usulidan ishlab chiqarishni (ekstensiv) rivojlantirish modeli o‘rniga yangi model — intensiv rivojlanish modeli sifatida foydalanila boshlandi.
Bunday modeldan foydalanish, o‘z navbatida, xarajatlarni bevosita va bilvosita, asosiy va qo‘shimcha, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga aniq bo‘lishni va shu asosda boshqarishning strategik vazifalarini hal etishni talab qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, «Direktkosting» tizimining paydo bo'lishi sof buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq edi. Hisob xodimlari o‘sha davrda shunday xulosaga kelishdiki, barcha xarajatlar mazkur hisobot davriga va shu davrdagi ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog'liq, ya’ni ular mahsulot sotilgandagi hisobot davriga tegishli bo‘lishi lozim.
«Direkt-kosting» tizimining asosiy maqsadi
Korxona xarajatlarini ishlab chiqarish hajmi o'zgarishiga bog‘liq holda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo'lishdan iborat.
Dastlabki bosqichda tannarxga faqat o'zgaruvchan xarajatlar kiritilar edi, doimiy xarajatlar esa korxonaning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarilar edi. Direct-Costing-System (bevosita xarajatlar hisobi tizimijning nomi ham shundan kelib chiqqan, keyinroq «Direkt-kosting» tizimi shunday hisob tizimiga aylandiki, unda tannarx faqat bevosita o ‘zgaruvchan xarajatlar qismida hisob qilinadigan bo‘ldi.
Mazkur nomdagi bir qator shartliliklar ana shundan kelib chiqqan. 70 Amaliyotda «Direkt-kosting» tizimini turli variantlarda qollash imkoniyati mavjud. Bevosita xarajatlar bo'yicha kalkulatsiyalashni ko‘zda tutuvchi klassik «Direkt-kosting» tizimida xarajatlarni kalkulatsiyalash o'zgaaivchan xarajatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunda ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va to ‘liq quwati bo‘yicha foydalanish xarajatlarini kalkulatsiyalash jarayoniga barcha o‘zgaruvchan xarajatlar hamda umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi kiradi. Bularning barchasi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsientiga muvofiq aniqlanadi. «Direkt-kosting» hisob tizimida moliyaviy natijalar to ‘g‘risidagi hisobot tizimi quyidagi ko‘rinishda aks ettiriladi
Jadval ma’lumotlari moliyaviy natijani aiiiqlash tartibidan kelib chiqib «Direkt-kosting» hisob tizimi va mahsulotning to‘liq tannaixi o£rtasidagi farqli jihatlami ifoda etadi. Shunday qilib, «Direkt-kosting» hisob tizimi quyidagi xususiyatlarga ega: — hisobning birinchi navbatda marjinal daromad, ya’ni oraliq moliyaviy natijani aniqlashga yo‘ naltiri lishi;
— mahsulotni faqat o‘zgaruvchan xarajatlar nuqtayi nazaridan hisobga olish va ishlab chiqarish tannarxini aniqlash;
— korxona bo‘yicha doimiy xarajatlar hisobi va ularni yakuniy moliyaviy natijani aniqlash uchun operatsion foydani kamaytirishga qaratish;
— bahoning tezkor boshqarish jarayoni asosi sifatida marjinal daromadni aniqlash; — sotish hajmi, tannarx va fo^da o'rtasidagi o‘zaro bog'liqlik va munosabatni aniqlash;
— zararsizlik nuqtasini belgilash.
' «Direkt-kosting» hisobi tizimining asosiy afzallildari quyidagilar:
— mahsulot tannarxini hisoblashdagi soddalashtirish va aniqlik (chunki, tannarx faqat o‘zganivchan xarajatlar qismidagina rejalashtiriladi va hisobga olinadi);
— mahsulot turlari o'rtasida doimiy xarajatlarni shartli taqsimlash uchun murakkab hisob-kitoblar qilinmasligi (ular mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmaydi va moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi);
— rentabellik darajasi (zararsizlik nuqtasi, sotish hajmi), mahsulot bahosining quyi chegarasini aniqlash imkoniyati;
— mahsulotning xiima-xil turlari bo‘yicha rentabellik darajasining qiyosiy tahlil qilish imkoniyati;
— mahsulot ishlab chiqarish va sotishning qulay dasturining aniqlash imkoniyati;
— o‘zi ishlab chiqargan mahsulot yoki xizmatla-r hamda ularni chetdan sotib olishdagi tanlov imkoniyati.
«Direkt-kosting» hisob tizimi rahbarlarga korxona miqyosida va turli mahsulotlar bo'yicha matjinal daromadning o‘zgarishiga e’tiborni kuchaytirishga imkon beradi, bunda yuqori rentabelli .mahsulotni aniqlashda sotish bahosi va o ‘zgaruvchan xarajatlar summasi o‘rtasidagi tafovut alohida mahsulotlar tannarxiga doimiy 72 xarajatlarni kiritish natijasida yashirinib qolmaydi, mazkur tizim bozor sharoiti o‘zgarishiga javoban xaridorgir mahsulotlarni tez ilg‘ab olish imkonini beradi.
Erkin bozor raqobati sharoitida «Direkt-kosting» hisob tizimi korxonaning boshqarish tizimi — marketingning tarldbiy qismiga aylanadi.
Bundan tashqari, «Direkt-kosting» hisob tizimi doimiy xarajatlar ustidan tezkor nazorat o£matishga ko'maklashadi, chunki tannarxni nazorat qilish jarayonida standart (normativ) xarajatlar («Direktkosting» hisob tizimi «Standart-kost» tizimi bilan birgalikda tashkil etiladi) yoki moslashuvchan smetalardan foydalaniladi. Modomiki, «Direkt-kosting» tizimida standartlar qo‘llanilar ekan, bunda o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarga normalar belgilanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, to’liq tannarx hisobi tizimida qo‘shimcha xarajatlar taqsimlanmagan summasining bir qismi bir hisobot davridan boshqasiga o‘tadi, shu bois, ularni nazorat qilish sustlashadi.
Bunday holda «Direkt-kosting» tizimi qo‘shimcha xarajatlar taqsimlanishining mehnattalabligini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, «Direkt-kosting» tizimining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish unga xos bo‘lgan quyidagi kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi:
— raqobat kurashida baholarni sun’iy ravishda pasaytirish kuzatilsa, doimiy xarajatlar marjinal daromad hisobidan qoplanishi mumkin bodmaydi, ya’ni korxona zarar ko‘ra boshlaydi.
«Direkt-kosting» tizimini muxoliflarining fikricha, bu tizim ishlab chiqarilgan mahsulotning to‘liq tannarxini schotlar tizimida aniqlash mushkul.
Shu bois, tayyor mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqirishning to‘liq tannarxini aniqlash zarur bodganda shartli-doimiy xarajatlarni qo‘shimcha tarzda taqsimlash talab etiladi;
— faqat ishlab chiqarish tannarxi, ya’ni moddalarni qisqartirilgan nomenklatura nuqtayi nazaridan hisob olib borish hisob talablariga javob bermaydi, chunki bunda zaruriy mahsulotning to‘la tannarxi hisob-kitob qilinmaydi.
«Direkt-kosting» tizimini 0‘zbekiston korxonalarini boshqarishda qodlashning imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini tahlil etish tadqiqotning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Mustaqillik yillarigacha m ahsulotning to ‘liq tannarxini kalkulatsiya qilish 0 ‘zbekiston buxgalteriya hisobi uchun an’anaviy 173 hisoblangan.
Undagi hisob mahsulotning to'liq tannarxi haqida m a’lumotlar olishga qaratilgan. Bu variantda mahsulot tannarxi doimiy va o‘zgaruvchan, asosiy hamda qo‘shimchalarga, bevosita va bilvosita, uzluksiz ishlab chiqariladigan va davriyga bo'linishidan qat’i nazar, unga korxonaning barcha xarajatlari kiradi
Bevosita mahsulotga aloqador bo‘lmaydigan xarajatlar hisobot davri mobaynida yig‘ib-taqsimlovchi schotlarda to‘planadi, so‘ngra hisob siyosati bo'yicha tasdiqlangan bazaga mutanosib ravishda mahsulot tannarxiga o‘tkaziladi, biroq bu variantda mahsulot birligi tannarxi mahsulotning ishlab chiqarish hajmi o‘zgarganda o‘zgarishi hisobga olinmaydi.
Agar korxona mahsulot ishlab chiqarish va sotishni kengaytirsa, mahsulot birligi tannarxi pasayadi, agar korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirsa, tannarx o‘sadi.
Bunday sharoitda 0‘zbekiston korxonalarida «Direkt-kosting» tizimini qo'llash zarurligi va maqsadga muvofiqligi dolzarb bo‘lib qoladi. «Direkt-kosting» tizimi elementlarini respublikamiz amaliyotiga qo‘Ilashda 1994-yil burilish davri bo‘ldi. Bunda korxonalar asta-sekin tannarxni kalkulatsiya qilishning 0‘zbekiston hisobi uchun noan’anaviy boigan usulini o‘zlashtira boshladi.
Bu usul «Direktkosting» tizimi asosida joriy qilina boshladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26- martda 164-sonli « 0 ‘zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisoboti to ‘g‘risidagi Nizomni tasdiqjash va buxgalteriya hisobi schotlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori asosida buxgalteriya hisobini rivojlantirish bo‘yicha bir necha qadamlar qo‘yildi.
Xususan, o‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tom onidan tasdiqlangan va BMTning xalqaro ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi ham da moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida»gi Nizom (1995-yil 27-yanvar) qabul qilindi.
Shundan so‘ng, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995-yil 4-apreldagi 17-02/28-sonli Yo‘riqnomasi tasdiqlanib, unda ma’muriy boshqaruvga oid xarajatlar «Davr xarajatlari» deb atalishi va ular «Foyda va zararlar» schotiga hisobdan chiqarilishi belgilab qo‘yildi.
Albatta, bu tarixga aylangan haqiqat, biroq shu davrdan boshlab 0 ‘zbekistonda «Direkt-kosting» tizimi va maijinal daromad 74 konsepsiyasiga asos solindi desak, mubolag‘a bo’lmaydi.
Mazkur qoida 21-BHMSga asosan, buxgalteriya hisobida qo'shim cha xarajatlar 9000 — «Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi» schotlarining debeti va 9400 — «Davr xarajatlari hisobi» schotlarining krediti bo‘yicha qayd etilishini nazarda tutgan. «Direkt-kosting» tizimi bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va samarali boshqarish tannarx aniqlashning zamonaviy tizimlarini amaliyotga joriy qilishni taqozo etadi.
Kalkulatsiya qilishning milliy tizimining nazariyasi va amaliyoti rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qo’llanilayotgan boshqaruv hisobining tashkiliy tizimlarini o’rganishga muhtoj. Bunday tizimlardan biri to’g’ri xarajatlar bo’yicha mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
O’zgaruvchan xarajatlarni hisobga olish tizimi AQShda Buyuk depressiya davrida vujudga keldi va 50-yillarda keng tarqaldi. Buyuk depressiyadan oldin (1928 y) tayyor mahsulotning qoldiqlari to’liq xarajatlar bo’yicha hisoblangan tannarx bo’yicha baholanadigan edi. Depressiya realizatsiya qilinmagan mahsulotning katta zaxiralarini yaratishga olib keldi, to’liq xarajatlar bo’yicha baholash esa, o’sha davr tahlilchilarining fikricha foydani sun’iy buzishga olib kelgan. Ishlab chiqarishning hajmi va foydaning miqdoridan holi bo’lgan doimiy xarajatlarning hisobi daromadning qiymatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Тahlilchilarning fikricha, sarflangan xarajatlarning qaytishini va ishlab chiqarishning hajmini xarajatlar va foydalar aloqasi orqali hisoblash lozim. Bu aspektda, o’xshashlikka ega bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish foydasiz deyilgan va egrilar bilan o’xshashlikka ega bo’lgan doimiy xarajatlarga ajratishga ijozat etilgan. Хarajatlarning yangi tizimi "direkt-kosting" nomini oldi.
Тizimning mazmuni- korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya qilish uslubini ko’rib chiqishda 1936-yilda Djonatan Хarris tomonidan kiritilgan "direkt-kosting reja" mazmuniga asoslanadi.
Daromadlar va zararlar to’g’risidagi oylik hisobotning mazmunida oddiy ishlab chiqarish xarajatlari va egri ustama sarflarni chegaralash boshlandi. Ishlab chiqarish sarflarini differensiatsiyalash daromadning hajmini, mahsulot realizatsiyasi hajmining bog’langanligini aniqlashga va tannarxni boshqarishga yordam berdi. Shunday qilib, bu tizimning mazmuni quyidagiga olib kelindi: to’g’ri xarajatlar tayyor mahsulotlarning turlari bo’yicha umumlashtiriladi, egri xarajatlar esa alohida schyotda to’planadi va ular vujudga kelgan davrning umumiy moliyaviy natijalariga olib boriladi. Agar har bir buyum bo’yicha tushgan daromad summasidan bu buyum bo’yicha sarflangan o’zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlansa unda buyum bo’yicha brutto-daromad olamiz. Hamma buyumlar bo’yicha olingan brutto-daromadni jamlab doimiy xarajatlarning umumiy summasini qoplash uchun mo’ljallangan daromadning umumiy qiymatini olish mumkin.
Direkt-kosting tizimidagi amaliy izlanishlar xarajatlar bo’linishining shartliligini ko’rsatadi. Har Bir subyektda qabul qilingan yo’l qo’yishlar natijalarni hisoblab chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o’zgarmas qiymatini ko’zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e’tibor doimiy sarflarga qaratiladi. Subyekt va tizimli bo’linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar.
Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi- ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.
Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to’g’ri (o’zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o’rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan qo’yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning rentabelligini aks ettiradi. Shunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qancha ko’p bo’lsa subyekt shuncha ko’p daromad oladi. Тayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o’zgaruvchan (to’g’ri) xarajatlar bo’yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subyektlarda realizatsiyani ko’paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg’otadi.
Subyektlarda direkt-kosting hisobi tizimi har-xil tartibda tashkil etilishi mumkin. Bu yerda ikkita avtonom va integratsiya yondashish ishlatiladi. Хarris tizimi boshqaruv va moliyaviy hisob integratsiyasiga asoslangan. Boshqaruv va moliyaviy hisobning umumiy tizimi bosh kitobda hamma ichki oborotlarni aks ettirishni ko’zlaydi.
Hisob yuritishning monistik (integratsiyalangan) tizimining murakkabligi, hisob muomalalarining katta hajmi bilan farq qiladi, ko’p hollarda qimmat va oddiy emasligi bilan ajralib turadi. Ko’p hollarda integratsiyalashgan tizim boshqaruv hisobi prinsipiga, ya’ni tijorat sirlarini saqlashga rioya qilmaydi (buzadi).
Foydalar to’g’risidagi hisobotni tuzishni ko’p jarayonlik asosida marjinal foydalar haqidagi hisobot yotadi. Direkt-kosting tizimidagi foyda va sarflar haqidagi taxminiy hisoboti quyidagi jadvalda keltirilgan.
Keltirilgan hisobda ikki pog’ona mavjud: yuqori- marjinal daromad; pastki- hisobda bosqichlar bo’yicha jarayonda to’ldiriladigan sof foyda. Agar o’zgaruvchan xarajatlarni ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo’lsak mazkur hisobot uch bosqichda tuziladi. Birinchi bosqichda marjinal foyda mahsulot realizatsiyasidan tushgan pul bilan o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Uchinchi bosqichda jamlama marjinal foyda bilan doimiy xarajatlar summasini taqqoslash yo’li bilan sof foyda (yoki sof zarar) hisoblanadi. Keyin hisobotning pog’onaliligini doimiy xarajatlarni shartli-doimiy va shartli-o’zgaruvchanlarga bo’lish bilan ko’paytirsa bo’ladi. Ayrim hollarda pog’onalar xarajatlar va foydalarni guruhlashning boshqa belgilarini ko’zda tutishi mumkin. Masalan, aniq buyumlar yoki buyumlar guruhiga to’g’ri munosabatga ega bo’lgan doimiy xarajatlarning guruhlanishi; doimiy xarajatlarning hududlar, sotuv segmentlari yoki taqsimlash kanallari bo’yicha bo’linmalarini nazarda tutadi.
O’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish doimiy xarajatlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga foyda olish uchun qo’yilmalar, mahsulot chiqarishning assortimentiga rioya qilish ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi. Bunday kalkulatsiyalar mas’uliyat markazlari tomonidan nazorat qilinmaydigan xarajatlarni, daromadli va daromadsiz muomalalar o’rtasidagi farqni, me’yorlarga nisbatan xarajatlarning hulqini aniqlaydi. Nazoratning asosiy prinsipi bog’liqlik bo’ladi: material - jonli mehnat - ustama sarflar.
Bunday maqsadlarda xarajatlarning nazorat koeffitsiyentini hisoblashning oddiy ko’rinishidan foydalaniladi:
Mahsulot tannarxini o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilishning boshqa muhim momenti bo’lib kalkulatsiyani hajm va daromadning muqobil nisbatini hisoblash uchun ma’lumotni shakllantiruvchi ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili bilan aloqasi hisoblanadi.
O’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish prinsipi tanlovining ustunliklariga uning buyumlarga narx o’rnatishda to’g’ridan-to’g’ri ta’sirini, biznesning turli segmentlarining ishlab chiqaruvchanligini rag’batlantirishni kiritish lozim.
Direkt-kosting tizimi boshqaruv tizimining takomillashuviga muvofiq rivojlanadi. Rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning qayishqoqligi direkt-kosting tizimiga budjetalr (smetalar) va topshiriqlarni, ulardan foydalanish tahlilini kiritishni talab qildi. Zamonaviy direkt-kosting tizimining xususiyati bo’lib standartlarni nafaqat o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha, balki doimiy xarajatlar bo’yicha ham, qisman doimiy ustama sarflarning o’zgaruvchan qismi bo’yicha ishlatish hisoblanadi. Standart direkt-kosting- bu subyektning yakuniy maqsadi- sof foyda olishga erishish vositasidir.
Chiqarilgan hajmdan qat'i nazar, sotilgan tovarlarning barcha bevosita xarajatlarini o'tkazishga asoslangan usul "direkt-kosting" deb ataladi.

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin