Dunyo tillari va o’zbek tili. O`Zbek tili davlat tili sifatida. O`Zbek tilining taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə1/6
tarix10.06.2022
ölçüsü35,43 Kb.
#116820
  1   2   3   4   5   6
Dunyo tillari va o’zbek tili. O`Zbek tili davlat tili sifatida.


1-mavzu. DUNYO TILLARI VA O’ZBEK TILI. O`ZBEK TILI DAVLAT TILI SIFATIDA. O`ZBEK TILINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI

REJA:
1.Dunyo tillari tizimida o’zbek tilining o’rni


2.Qarindosh turkiy tillar
3.O`zbek tili -- davlat tili.
4.Adabiy til va shevalar.
5.O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari


Dunyo tillari tizimida o’zbek tilining o’rni
Til-ijtimoiy hodisa.Til jamiyatdagi aloqa almashuv quroli hisoblanadi.Til-ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun ham u ijtimoiy hodisadir.
Dunyoda taxminan 7000 (5000) ga yaqin til bor. Bu tillarning ayrimlarida bir necha yuz million kishilar gaplashsa, ba`zilarida bir necha ming, yuzlab kishilar gaplashadi. M: Xitoy tilida bir milliardga yaqin, chukot va vele tilida bir necha ming kishi gaplashadi, xolos.
Tillar iste`moliga ko`ra 2 ga bo`linadi:
1.Tirik til - hozir amalda bo`lib, odamlar so`zlashadigan til. M: o`zbek, rus, ingliz tillari.
2.O`lik til - qadimda mavjud bo`lgan, lekin hozirda hech kim so`zlashmaydigan til. Bularga lotin til, qadimgi hind, sanskrit tili, qadimgi arab, qadimgi slovyan, qadimgi xorazmiy, so`g`d, qadimgi fors tillari kiradi.
Dunyoda qo`llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til xalqaro til yoki jahon tillari deyiladi. Jahon tillari oltita: ingliz tili, fransuz tili, ispan tili, rus tili, xitoy tili, arab tili. Tillar o`zaro o`xshashligi, yaqinligiga ko`ra 2 ga bo`linadi.
1.Qarindosh tillar. 2.Qarindosh bo`lmagan tillar
Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko`p bo`lgan tillar qarindosh tillardir. M: o`zbek, qirg`iz, qozoq, totor, uyg`ur, boshqird, ozarboyjon tillari. Bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bo`lmagan tillardir. Qarindosh tillar bir bobo tildan kelib chiqqan bo`ladi. Shuning uchun dunyo tillari qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi. Til oilalarining nomi ham bobo til nomi bilan yuritiladi. Bir tildan tarqalgan deb taxmin qilinuvchi, tuzilishi va boshqa xususiyati bir-biriga o`xshash bo`lgan bir nechta tillar guruhi til oilasi deb nomlanadi. Hozirda 20 dan ortiq til oilasi mavjud. M: hind-yevropa, oltoy tillar, fin-ugor, xom-som(arab), xitoy-tibet, kavkaz tillar oilasi va h.k., bu til oilalarining har qaysisi o’z ichida yana kichik guruhlarga bo’linadi. Jumladan, turkiy tillar oilasi:

Til oilasi

Tarmog’i

Guruhlari

Tillar

Oltoy

Turkiy

qorluq

o`zbek, yangi uyg`ur

qipchoq

qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash tillari

o’g’uz

ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari

Demak, o`zbek tili dunyo tillari tizimida oltoy til oilasi turkiy til tarmog’ining qorluq guruhiga mansubdir.
Hind-Yevropa tillar oilasi: 1) slavyan guruhi (rus, belorus, ukrain, slovak, chex, polyak, makedon, serb, xorvat tili); 2)german guruhi (ingliz, nemis, shved, norveg, island, golland tili); 3)roman guruhi (fransuz, ispan, portugal, italyan, rumin, moldavyan tili) (roman tillari tarixan lotin tilidan kelib chiqqan, lotin tili hozir o’lik til); 4)boltiq guruhi (prus tili (o’lik til), litva, latish,l atgal tili); 5)eron guruhi (so’g’d tili (o’lik), o’rta fors (pahlaviy) tili, fors, tojik, afg`on(pushtu), osetin va kurd tili); 6)hind guruhi (sanskrit (o’lik til),hind, urdu, bengal, panjob, gujarat tili) kiradi.
Oltoy tillar oilasi: 1)turk guruhi; 2) mo`g`ul guruhi; 3) manchjur guruhi kiradi.

Yüklə 35,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin