Eksperimental psixologiya: tushuncha tarixi. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi holati. Reja



Yüklə 244,04 Kb.
səhifə6/33
tarix22.06.2022
ölçüsü244,04 Kb.
#117143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Eksperimental psixologiya tushuncha tarixi. Eksperimental psixo

Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metodi va psixologik metodlar orasida umuman, amalda «teng» belgisi qo’yiladi, ularning spetsifikasini aniqlash qiyinlashadi.

Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:

  1. Empirik, tekshirish sub’ekti va ob’ektining tashqi real munosabatlari amalga oshiririladi.

  2. Nazariy, sub’ekt ob’ektning hayotiy modeli bilan o’zaro munosabatda bo’ladi.

  3. Interpretatsiya(qayta ishlash) va tasvirlash, bunda sub’ekt «tashqaridan» ob’ektning simvolik – belgisi xayoli bilan munosabatda bo’ladi.

Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma’lumotlar hisoblanadi, ob’ekt sharoitini asboblar yordamida o’rganadi.

Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shaklidagi predmet haqidagi bilim bilan qo’shilgan.

Nihoyat, qayta ishlash- tushuntirish metodi- bu nazariy va eksperimental metodlarni qo’llanilishda, ularning o’zaro munosabati natijalarining «uchrashish joyi»dir.

Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o’tamiz:

1)deduktiv –umumiydan xususiyga. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.

2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o’tish.

3)Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduksiya», xususiydan xususiyga ongga kiritish. Natija- ob’ekt, jarayon, sharoit modeli.

Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy yetuklik metodlarini saralash kerak. Aqliy yetuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga tayanmay, balki ta’limot muallifining faqat shaxsiy bilimida o’z o’rnini topadi.

Psixolog xuddi faylasuf kabi uning nuqtai nazarida ishlatiladigan psixik reallik modellarini yoki uni alohida tashkil qiluvchi modellarini yaratadi. Aqliy yetuklikni mahsuli o’qish hisoblanadi, ya’ni ba’zi bir butun fikriy mahsulot, qaysi o’qida ratsional va irrotsianal bilimlar tomonlarini birlashtiruvchi, empirik tadqiqotdagi o’zining falsifikatsiyasini ko’zlaydigan, ammo ba’zi reallikni tushuntirishdagi to’liqlik va birdamlikka intiluvchi.


Yüklə 244,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin