3-MAVZU:Elementlar davriy sistemasining yaratilishi. D.I.Mendeleevning davriy qonuni. Elementlar davriy sistemasi va uning ahamiyati REJA: 1. Elementlarni sistemaga solishga urinish 2. D.I.Mendeleevning davriy qonuni 3. Elementlar davriy sistemasi 4. Elementlar davriy sistemasining ahamiyatii.
Atom-molekulyar nazariya qaror topgandan keyin, kimyoviy elementlar davriy qonuning kashf etilishi kimyoda nihoyatda muhim voqea bo’ldi. Buyuk rus olimi D.I.Mendeleevning 1869 yilda qilgan ushbu kashfiyoti kimyoda yangi bir davr ochdi va kimyoning rivojlanish yulini bir necha o’n yil oldin ko’rsatib berdi. Kimyoviy elementlarning D.I.Mendeleev davriy sistema shaklida ifodalab bergan va davriy qonunga asoslangan sinfifikatsiyasi kimyoviy elementlarning xossalarini o’rganishda va modda tuzilishi to’g’risidagi ta’limotini yanada rivojlantirishda juda muhim ro’l o’ynadi.

Elementlarni sistemaga solishga urinish. Bersellius barcha mavjud elementlarni ikki gruppaga bo’ldi: metallar va metal emaslar. Lekin xossasini o’rganish ular kimyoviy reaksiya paytida metallik yoki metall emaslik xossasini namoyon qiladi, shuning uchun bunday ajratish noto’g’ri bo’ldi.
1817 yili ingliz kimyogari Iogann Debereiner uzining triadalarini e’lon qildi, uning sistemasiga ayrim elementlarning atom ogirliklari ikki chekkadan elementning yigindisini bulinganligiga tengligini aniqladi:
Uning fikricha bir necha gruppa elementlar (triadalar) ning fizik va kimyoviy xossalari o’hshashdir.
Uning fikricha bir necha gruppa elementlar (triadalar) ning fizik va kimyoviy xossalari o’hshashdir.
Keyingi 50 yil ichida elementlarni spiral xolida joylashtirishga o’rganish bo’ldi. Shulardan De Shankurtua 1863 yili uzining spiral elementlarni joylashtirish sistemasini e’lon qildi.Lekin bu sistema rivojlanmadi.
1864 yili ingliz kimyogari Djon Nyulends uzining oktavalar sistemasini yaratdi, uning sistemasi buyicha elementlarning atom ogirligi ortib borishi bilan yetti elementdan keyin keluvchi sakkizinchi element birinchi elementni xossasini qaytaradi, huddi muzika notasidek.