Etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari Reja



Yüklə 27,14 Kb.
səhifə1/3
tarix17.03.2023
ölçüsü27,14 Kb.
#124195
  1   2   3
1.Etnopsixologiya fanining predmeti, maqsadi vazifalari




Etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari
Reja:

1. Etnopsixologiya - ilmning fanlararo o‘rganish sohasi sifatida;


2. Etnopsixologiyaning predmeti;
3. Etnopsixologiyaning vazifalari;
4. Hozirga davrda etnopsiologiyani o‘rganishning ahamiyati;

Millat va milliy taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalar, ularni tarkib toptiruvchi va rivojlantiruvchi omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol o‘ynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan to‘rt mingga yaqin millat, elat va turli xalqlar mavjud ekan, tabiiy, ular har birining o‘z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni o‘rganish millatlararo munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqalarni tashkil qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni har bir tomon uchun manfaatli tarzda o‘rnatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan o‘rniga etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Ayrim xollarda ushbu masalalarni o‘rganish esa asossiz ravishda inkor etildi.


Ayrim tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini o‘rganishga shubha bilan qarab, uni “millatchilik”, “shovinizm” ham deyishdan toymadilar. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini o‘rganish bir xalqni maqtab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchiliq millatchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi, deb xavotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum asos ham bor edi. CHunki yaqin o‘tmish buni isbotlashi mumkin. Tadkikotchilar tomonidan etnopsixologiya masalalarini urganishda ma’lum muvaffakiyatlarga erishilgan bulsa xam, lekin uning kup muammolari xali uzining echilishini tula topgan emas.
Shulardan biri - milliylik va baynalminallik xususiyatlarining uzaro munosabatidir.
Millat sinflar va turli ijtimoiy guruxlarni urganishda faylasuflar, sotsiolog va tarixchilar, asosan ularning moddiy va ma’naviy madaniyati, tartibi, ijtimoiy munosabatlarga e’tiborini karatgan bulsalar, psixologlar esa, shaxs psixologiyasini urganish bilan cheklanib kolishgan.
Chunki etnopsixologiya xususiyatlari emperik tadkik etish kiyin. Barcha murakkabliklarni kamrab oluvchi metodlar yaratilmagan. Bir mamlakat xalkini urganish uchun yaratilgan metodlar boshka mamlakat xalkini urganishga tugri kelmaydi, aks xolda karama - karshi munosabatlarni paydo kilishi mumkin. Bu soxadagi muammo yana shundaki, bir etnos ichidagi turli sinflar, sotsial guruxlarda milliy xususiyatlarning namoyon bulishi ma’lum darajada bir - biridan farklanadi. SHuning bilan birgalikda tadkikotchi etnik psixologiyadagi uziga xoslik, boshka etnik guruxlardan fark kiluvchi maxsuslik va umumiylik tomonlarini ochib bera olishi kerak. Va nixoyat etnopsixologiya xususiyatlar kotib kolgan, uxgarmaydigan narsa emas. Ular ma’lum bir ijtimoiy uzgarishlar natijasida, ayrim bir xususiyatlarni uzgartirishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi xislatlarni xosil kilishi mumkin.
Etnopsixologiya muammolarini tadkik etuvchi jaxon olimlarining juda kupchiligi, bu muammolarni urganish kiyin ekanligini, bu soxada uchraydigan murakkabliklarni ta’kidlashadi. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o‘z millatlarini xaddan tashqari ko‘klarga ko‘tarib yuborish, boshqa qo‘shni xalqlardan ustun qo‘yish hollari kuzatilganki, bu tabiiy turli noroziliklarning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. SHuning bilan birgalikda xalqlarning voqelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘ziga xosligini hisobga olmaslik, etnik o‘ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik mumkin emasligini tan olmas edilar. Shu bois ham etnopsixologiya fan sifatida rivojlanmadi, xattoki, sobiq sho‘rolar davrida bu fan psixolog kadrlar tayyorlovchi fakultetlarning o‘quv rejasiga ham kiritilmadi. Ijtimoiy psixologiyaning o‘rganishi mumkin bo‘lgan mavzusi sifatida qisqa ma’ruzalar tarzida psixologiya fakultetlarida nomiga o‘qitildi xolos.
Yüklə 27,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin