Fakulteti Mustaqil ishi Mavzu



Yüklə 0,84 Mb.
tarix21.09.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#117891
AsilBEK G\'ofurov. Sobirxo\'ja ota ziyoratgohi

Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar universiteti
Kimyo -metallurgiya fakulteti


Mustaqil ishi


Mavzu: Men yashaydigan hududdagi tarixiy obidalar


Guruh: 1-21 Iqtisodiyot
Bajardi: G’ofurov Asilbek Qabul qildi: Sunnatov.N
Jonajon O’zbekistonimiz tarixiy qadamjolarga boy. Har bir viloyat o’zining qadimiy tarixi bilan ajralib turibgina qolmay, har yili ming-minglab xorijiy turistlarni o’ziga jalb etib kelmoqda. Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi yirik tarixiy ko’rinishini yoqtomay kelayotgan shaharlarimiz bunga yaqqol misol bo’la oladi. Navoiy viloyati farzandi bo’lganligim uchun shahrimiz tarixiga, qadimiy va muqaddas qadamjolariga tashrif buyurish va ularning tarixini o’rganish menga o’zgacha zavq-shavq bag’ishlaydi. Nurota, Raboti Malik, Qosim Shayx kabi dunyoga tanilgan qadamjolar tarixini bilmaydigan o’zbek bo’lmasa kerak. Lekin yana shunday qadamjolar borki, ular haqida hamma ham yetarli ma’lumotga ega emas. Masalan Sobir Xo’ja Valiyulloh maqbarasi. Keling, ushbu maqbara haqida so’z boshlashdan oldin uning tarixi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tsam.


Xo’ja Sobir Ibn XVI-XVII asrda Karmana atrofida yashab o’tgan avliyo, yirik din peshvolaridan biridir. U mashhur so’fi Xo’ja Isoq tarbiyasini olib, el orasida islom dini talimoti va targ’iboti borasida tanilgan.


Sayyid Muhammad Nosirning “Tuhfat ul-zoirin” asarida bu ulug’ zot haqida shunday fikrlar bor:”Bu zot (Xo’ja Sobir) Xo’ja Ishoqning mashhur halifalaridan edilar. Hazrat Xo’ja Ishoq o’z otalari Maxdumi Azam raximaxullohi alayxning shogirdlaridan edilar. Xo’ja Sobir Amir Vohidning farzandlaridurlar .
Xo’ja Sobir hazratlarining piru komillik borasidagi ilmlari bugungi kunda barkamol avlodlarimizga milliy va diniy qadriyatlarimizni mohiyatini teran anglashlarida, dinga nisbatan to’g’ri yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Manbalarning guvohligiga qaraganda, Xo’ja Sobir 1632-1633 yillar oralig’ida vafot etgan. U kishining muborak qabri Navoiy viloyati, Karmana tumani, Jaloyir qishloq fuqarolar yig’inining Shibzon Mahallasi hududidagi Sakkizto’p qishlog’ida joylashgan.

Sobiq viloyat hokimi Q.Tursunovning tashabbusi bilan bu yerda obodonlashtirish ishlari olib borilib, muqaddas ziyoratgohga aylantirildi. Buning natijasi o’laroq nafaqat viloyatimizdan, balki republikamizning turli hududlaridan ziyoratchilar kelmoqda.




Mana shu kabi ulug’ ajdodlar farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Dunyo tanigan bobolarimizga mos avlod bo’lib, vatanimiz nomini butun olamga tanitishlik har bir o’zbek farzandiga nasib etishini xohlardim. Buning uchun vatanimizda barcha shart-sharoitlar mavjud. Faqatgina bizdan talab etiladigan narsa vatanimiz ravnaqini yuksaltirish yo’lidagi tinimsiz mehnat va o’qish.










Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə