Faqat payt ravishi berilgan qatorni aniqlang. A endi, sekin, ancha



Yüklə 16,28 Kb.
tarix23.06.2022
ölçüsü16,28 Kb.
#117191
majburiy ona tili 05.06.2022


Majburiy ona tili
1. Faqat payt ravishi berilgan qatorni aniqlang.
A) endi, sekin, ancha
B) hozircha, zo‘rg‘a, ko‘p
C) so‘ngra, piyoda, majburan
D) doimo, dastlab, hanuz
2. Qaysi javobdagi so`zlar shakldoshiga ega?
A) adil, a`yon B) asr, asir
C) bo`shamoq, bo`lmoq D) ortmoq, arimoq
3.Moslashuv usuli bilan birikkan so`z birikmalari qaysi javobda berilgan?
A) o`z vazifasi, beda o`rish
B) olchaning guli, quyosh nuri
C) matematika darsi, she`rni yodlash
D) gul hidi, kitob o`qimoq
4. Uch so‘zi qaysi qatorda ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) Tayoqning uchi bilan turtib ko‘rdi.
B) Bolasining yoshi uchda, tili endigina chiqqan.
C) Nayza uchi zaharlangan ekan.
D) Jinoyatchilik avj olgan bu pallada hamma undan noliydi-yu, hech kim uning uchini surishtirmaydi.
5 Yo`nalish ma`nosini ifodalovchi ko`makchilarni
toping.
A) sababli, tufayli B) tomon, qarab
C) kabi, singari D) haqida, to`g`risida
6. . Ismlar deganda nima tushuniladi ?
A) ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi vositalar
B) atoqli otlar
C) egalik, kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarish
xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar
D) his-hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so`zlar
7. Tabiatning donoligiga tan bermay ilojim yo`qligini
tuni bilan o`ylab yotdim. Gapdagi egalik qo`shimchalari miqdorini aniqlang.
A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
8. Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Ushbu baytda tushum kelishigi qay tarzda qo‘llangan?
A) bir o‘rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz
B) ikki o‘rinda belgili, ikki o‘rinda belgisiz
C) ikki o‘rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz
D) bir o‘rinda belgili, ikki o‘rinda belgisiz
9. Qaysi qatorda qo’shma so’z berilmagan?
A) G’arbiy Yevropa B) har yon
C) olib kelmoq D) o’qib chiqmoq
10. To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini belgilang.
A) trist, metal, ilhom
B) kiosk, rejissor, inspeksiya
C) kilovat, ocherk, menejment
D) shikast, ehtiyoj, xunarmand
Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin