Farg’ona davlat universiteti Matematika-
informatika fakulteti Matematika ta’lim
yo’nalishi 4-kurs 19.04
guruh talabasi
Xakimjonov Abdulrashidning Farg’ona
davlat universiteti akademik litseyida
o’tagan amaliyoti bo’yicha
HISOBOTI
Men farg’ona davlat universiteti Matematik-informatika
fakulteti
Matematika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 19.04 guruh talabasi Xakimjonov
Abdulrashid Abdulxamid o`g`li 2022-yil 24-oktabrdan 2023-yil 15-martgacha
Farg’ona davlat universiteti akademik litseyida pedagogik amaliyot o’tadim.
Amaliyot davrida akademik litsey tomonidan ustoz-shogirt an’anasi bo’yicha aniq
fanlar kafedrasi o’qituvchisi N.G’afforovaga biriktirildim va 4.22, 6.22, 11.22,
12.22, 5.21, 6.21, 7.21, 10.21, 11.21, 12.21 guruhlar bilan ishladim.
Aniq fanlar
kafedrasining o’qituvchilari N.G’afforova, D.Muqimova, R.Toshqo’ziyevlarning
darslariga kirdim va tahlil qildim. Amaliyot davrimda yuqoridagi o’qituvchilardan
metod va pedagogik texnologiyalarini o’rgandim va o’zlashtirdim. Kelajakda
ushbu orttirgan tajribamdan unumli foydalanaman.
Ushbu davrda akademik
litseyda o’tkazilgan 45 kunlik imtixonlar va DTM standartidagi namunaviy
imtixonlarda nazoratchi sifatida faol qatnashdim.
18.01.2023 sanada 6.22 guruhda algebra fanidan “ Kvadrat tenglamalar.
Viyet teoremasi”
mavzusida, 13.02.2023 sanada 11.21 guruhda algebra fanidan
“Hosilani hisoblash qoidalari” mavzusida, 07.03.2023 sanada 4.22
guruhda
algebra fanidan “Chiziqli tenglamalar sistemasi” mavzusida ochiq darslar o’tdim,
darsda O’IBDO’ O.G’.Qo’chqorov, aniq fanlar kafedrasi mudiri M.Ergasheva,
uslubchi I.Shodiyeva, aniq fanlar kafedrasi o’qituvchilari D.Muqimova,
N.G’afforova va amaliyot rahbarim S.Akbarovalar ishtirok etdilar. Biriktirilgan
o’qituvchim bilan 1.22 guruh ma’naviy-marifiy ishlarida
qatnashdim va guruh
rahbarlik isharini o’rgandim. Ota-onalar yig’ilishi va tadbirlarda qatnashdim.
FarDU akademik litsey direktori
H.Sharipov
Uslubiyotchi rahbar N. G’afforova
Amaliyot rahbari
S. Akbarova
Amaliyotchi
A. Xakimjonov