NAVRO‘Z BAHOR BAYRAMI
Boshlovchi:
Oppoq sochli onajonlar assalom,
Oppoq yuzli onajonlar assalom.
O‘t yurakli akajonlar assalom,
Xalqimizning zo‘r odati, assalom
Assalom, dono qiz, o‘g‘illar
Assalom, qalbi toza insonlar
Barchangizga chin yurakdan assalom.
“Bohor valsi” musiqasi yangraydi.
Boshlovchi: Mana, bepayon o‘lkamizga zarg‘aldoqlar gulchambarlar taqib xushro‘y Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Marhabo, ey Navro‘zi olam!
Tarbiyalanuvchi:
Salom senga Navro‘zi olam,
Salom senga bahor bayrami.
Senga olqish, senga sharaf – shon
Yashna gullar, bahor bayrami.
Tarbiyalanuvchi:
Assalom, ko‘klam sevinchi – Navro‘zi olam, marhabo!
Assalom, gullar ilinji Navro‘zi olam marhabo!
Qutlug bo‘lsin poyqadaming, yurtimizga xush kelibsan
Tashna ko‘ngillar quvonchi Navro‘zi olam, marhabo!
Tarbiyalanuvchi:
Moviy osmon boshlaringda feruza toj bo‘lsin bu kun,
Unda quyosh jilvalanib zarrin gultoj bo‘lsin bu keng yo‘llaringga
Quchoq – quchoq bodrab chiqqan boychechaklar,
Lolagullar, qizg‘aldoqlar poyondoz bo‘lsin bu kun.
Boshlovchi:
Mana bu kun o‘lkamizga Navro‘zi Olam kirib keldi. U o‘zi bilan rizqimizga, ro‘zimizga qut – baraka olib keldi.
Tarbiyalanuvchi:
Tabiat qirlarga, adirlarga zangori gilam to‘shaydi. Zangori gilamlar uzra yoqut lolalarni sochadi. Zumrad dalalar bag‘rida maysalar nish uradi. Ariqlar bo‘yida jilmayib jajjigina yalpizlar chiqadi. O‘zingiz takrorlanmas, xidi bilan olamni tutadi.
Tarbiyalanuvchi:
Qo‘llarimda jilmayib kuldi sochar Navro‘z guli
Dillarimga bir mayin inju sochar Navro‘z guli
Ko‘zlarimga surtmoq istayman uni, kaftim yonar,
Ilk bahorning elchisi ul, nur sochar Navro‘z guli.
Sahnaga bir to‘p bolalar chiqadilar, qo‘llarida boychechaklar “Boychechak” qo‘shig‘ini aytadilar.
Dostları ilə paylaş: |