Fizika qonunlariga ko’ra tukli ari ucholmaydi. Lekin ari bu haqida bilmaydi. U faqat uchadi



Yüklə 1,26 Mb.
tarix19.12.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#121403
1-MAVZU

FIZIKA QONUNLARIGA KO’RA TUKLI ARI UCHOLMAYDI. LEKIN ARI BU HAQIDA BILMAYDI . U FAQAT UCHADI

O‘zbek tili tarixi fanining maqsad, vazifalari. Qadimgi turkiy til predmetiga kirish

  • Reja:
  • Qadimgi turkiy til davri. Qadimgi turkiy obidalar. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari.

“O’zbek tili tarixi” fani o’z ichiga 3 ta predmetni qamrab oladi.


1
Qadimgi turkiy til
2
O’zbek tilining tarixiy garammatikasi
3
O’zbek adabiy tili tarixi
O‘rxun-Yenisey yodgorliklari o‘z navbatida, uch tarmoqqa bo‘linadi.
1. Yenisey yodgorliklari. Bu hozirgi Yenisey va Tuva avtonom viloyatidan topilgan yodgorliklardir
2. O‘rxun yodgorliklari. Mo‘g‘uliston hududidagi O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan Kultegin, To‘nyuquq yodgorliklaridir
3. Talas yodgorliklari. Hozirgi Qozogʻistonning Jambul viloyatidan topilgan yodgorliklardir.

Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan namunalari quyidagilardir:


. Kultegin bitigi. Bu bitiktosh ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kultegin sharafigaqo‘yilgan. U 731-yilda 47 yoshida vafot etgan. Yodgorlik uning akasi Bilga xoqon tomonidan 732-yilda o‘rnatilgan. Matn muallifi esa Eltarish xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tegin. Bitigtosh Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam vodiysida Oʻrxun daryosining qirg‘og‘ida topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlikdagi asosiy matn turkiy tilda. Ters yuzida xitoycha matn ham bor. Turkiysi O’rxun-yenisey xatida yozilgan
. Bilga xoqon bitigi. Bilga xoqon ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish xoqonning toʻngʻich o‘g‘li. U 734-yilda 50 yoshida vafot etgan. Yodgorlik toshi 735-yildauning o‘g‘li Yo‘llug‘ tigin tomonidan o‘rnatilgan.
To‘nyuquq bitigi. Mazkur yodgorlik ikkinchi turk xoqonligi davrida yashab o‘tgan davlat arbobi va sarkarda To‘nyuquq xotirasiga tiklangan. Bitig muallifi To‘nyuquqning o‘zidir. U.Sertkayaning fikricha, bitig taxminan 732-734-yillar oralig‘ida yozilgan. To‘nyuquq shu kezda 85 yoshda bo‘lgan. Yodgorlik Mo‘g‘ulistondagi Bain Sokto manzilida topilgan. Hozir ham tiklangan joyida turibdi. U 62 satrli bo‘lib, bir-biriga qaratib tiklangan ikki to‘rt qirrali toshga yozilgan.
Kulichur bitigi. Bitiktoshni 1912-yilda polshalik professor V.Kotvich Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan va uning matnini A.Samaylovich bilan birga 1928-yilda nashr etgan. U Kulichur sharafiga tiklangan bo‘lib, sanasi aniq emas. Tardush elini boshqargan Kulichur ikkinchi turk xoqonligida yashagan mashhur kishilardan sanalgan. Uning ismi Bilga xoqon bitigida ham tilga olinadi. Yodnomadagi yozuv toshning uch tomoniga bitilgan bo‘lib, jami 29 satrni tashkil etadi. Kulichur 731-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi.
. O‘ngin bitigi. Bitiktosh Mo‘g‘ulistondagi O‘ngin vodiysidan topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlik VIII asrning birincni yarmida, taxminan, 732-yilda tiklangan. J.Klosonning yozishicha, bitig sarkarda Alp Eletmish xotirasiga tiklangan
Moyunchur bitigi. Bu bitigni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy Mo‘g‘ulistonda Selenga daryosi va Shineusu ko‘liga yaqin yerda topgan. Bitig va uning tarjimasini 1913-yilda nashr ettirgan. Bitiktosh 759-yilda qo‘yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarida vujudga kelgan
Yenisey bitiglari. Oltoy o‘lkasi va Yenisey daryosi teveragida topilgan ko‘k turk yozuvidagi yodgorliklar “yenisey bitiglari” deb yuritiladi. Ularning soni ko‘p, lekin hajman katta emas. Yiriklari 15-16 qatorli bo‘lib, qabr toshlariga bitilgan.
. Irq bitigi ko‘k turk xatidagi yaxlit kitob holida saqlangan. Qadimgi turkiy tilda ïrq – “fol”, ïrq bitig “fol kitobi” degan ma’noni anglatadi. Manbani A.Steyn Xitoydagi Dunxuan yaqinidagi “Ming budda g‘ori” nomli ibodatxona xizmatchisidan Londonga olib kelgan. Asarni dastlab V. Tomsen 1912-yilda nashr etgan. Asar 65 bo‘limdan iborat. Unda tush ta’birlari turli hayvon va qushlarning obrazlari, har xil voqealar bilan bog‘lab bayon etiladi.
SUJA BITIGI. MOʻGʻULISTONDAGI SUJA DOVONINING JANUBIDAN TOPILGAN. BITIG KOʻK TURK YOZIVIDA BOʻLIB, IX ASRDA KOʻCHIRILGAN.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin