Fransiyada ta’lim tizimi



Yüklə 340,12 Kb.
səhifə1/7
tarix04.06.2022
ölçüsü340,12 Kb.
#116616
  1   2   3   4   5   6   7
2 5233219033708372742

“Ijtimoiy pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi” mavzusidagi KURS ISHI


Bajardi:Xujanova Shohida
Kirish
I-BOB. Ijtimoiy pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi.
1.1 Ijtimoiy pedagogik ishni tashkil etish
1.2 Ijtimoiy texnologiyalar haqida tushuncha
II.BOB. Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari
2.1. Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi
2.2. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni 
UMUMIY XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
Mundarija
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda turli sohalar bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yoʻnalishdan toʻrtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolarni barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan toʻliq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Umumiy oʻrta ta’lim sifatini tubdan oshirishda, qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kirish
Tadqiqot jarayonida muammoning nazariy jihatdan ishlanganlik darajasini o’rganish, ijtimoiy tarbiyani tashkil etish hamda innovatsion texnologiyalar yordamida ijtimoiy tarbiyani takomillashtirish,yoshlar tarbiyasi hamda milliy tarbiyaning o’ziga xos jihatlari bir guruh psixolog va pedagog olimlar tomonidan tadqiq etilganligini ko’rsatadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida N.Azizxodjayev, R.Abduqodirov, A.Pardayev, S.Ochilov, R.Ishmuhammedov, X.Bobobekov, M.Davletshin, Z.Ismoilova, O.Musurmonova, Z.Nishonova, U.Mahkamov, Sh.Qurbonov, V.Karimova, N.Egamberdiyeva, B.Xodjayev, M.Maxmutov, Z.Saliyevalar tomonidan pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning o’ziga xosliklari hamda innovatsion texnologiyalar yordamida tarbiyaviy ishlarni samaradorligini oshirish, takomillashtirish, maktabda muammoli ta’limni tashkil etish, yuqori sinf o’quvchilarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish kabi masalalari yuzasida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan.

Yüklə 340,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin