Funksiyalarni interpolyatsiyalashning gauss va stirling formulalari



Yüklə 28 Kb.
tarix02.06.2022
ölçüsü28 Kb.
#116545
Nasimjon


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 3 – KURS 19.08.B – GURUH TALABASI PARPIBOYEV NASIMJON ASQARALI O’G’LI “FUNKSIYALARNI INTERPOLYATSIYALASHNING GAUSS VA STIRLING FORMULALARI” MAVZUSIDAGI KURS ISHIGA
TAQRIZ
Mazkur kurs ishida Funksiyalarni Interpolyatsiyalashning Gauss va Stirling formulalari o’rganilgan.
Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, kirish qismida mavzuning dolzarbligi va ahamiyati yoritib berilgan. Kurs ishining asosiy hajmi 24 betdan tashkil topgan. Kurs ishining birinchi bobi Funksiyalarni Interpolyatsiyalash borasida ma’lumot berib o’tilgan. Kurs ishining ikkinchi bobida esa Interpolyatsion Formulalar haqida ma’lumotlar, teorema va isbotlar keltirib o’tilgan, nazariy ma’lumotlar misollar bilan mustahkamlangan.
Kurs ishining ijobiy tomoni uning talab darajasida yetarli loyihalanganligi, mavzu to’liq yoritilgan va uning mazmuniga mos ma’lumotlar berilganligi, me’yoriy talablar asosida tayyorlashga erishilganligi hamda mavzuga doir dolzarb malumotlar berilgan. Kurs ishida ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Masalan, imlo xatolarga yo’l qo’yilgan, tushuntirish xatining ba’zi joylari internetdan tayyor manbaalar asosida tuzilgan. Lekin bu ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligi bois uning mohiyatini yoritib berishda katta kamchilik sifatida qarashga asos bo’lmaydi.
Ushbu kurs ishni ko’rib chiqib, shuni ta’kidlab o’tish lozim deb topaman, mavzuni dolzarbligi va muallif tomonidan mustaqil fikrlar asosida yaratilganligi, yutuqlari va kamchiliklarini hisobga olib, me’yorlar doirasida bajarilganligi uchun Amaliy matematika va informatika yo’nalishi 19.08.B - guruh talabasi Parpiboyev Nasimjon Aqarali o’g’lining “Funksiyalarni Interpolyatsiyalashning Gauss va Stirling formulalari.” mavzusida bajarilgan kurs ishi yaxshi yaratilgan. Ushbu kurs ishini himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: Q. Raximov
Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin