Geografiya darslarida manaviy,ekologik tarbiya



Yüklə 137 Kb.
səhifə1/3
tarix13.05.2023
ölçüsü137 Kb.
#126877
  1   2   3
13. Geografiya darslarida manaviy,ekologik tarbiya


GEOGRAFIYA DARSLARIDA MANAVIY,EKOLOGIK TARBIYA
Reja;
1.Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari
2.Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari
3.Didaktik o’yinli darslarda o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish
1. Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari.


Ekologiya tushunchasi bir butun hamda jamiyat bilan tabiatning о‘zaro aloqadorligida turli darajada-falsafiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy bilimlarning yaxlit tizimini tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi tabiatdagi о‘zaro aloqadorlik qonuniyatlarini ochib berishdan iboratdir. Ekologiyaning bosh masalasi esa tabiat voqea-hodisalariga inson faoliyatining xilma-xil ta’siri oqibatlarini oldindan kо‘ra bilish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni hal etishdan iboratdir. Tabiat bilan jamiyatning о‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish о‘quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat- dinamikasi bо‘yicha dunyo qarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. О‘quvchilarning fuqarolik hamda vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning hissasi о‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi[4]. Atrof-muhit bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yеtkazmoqda. Yer yuzi tabiatining barqarorligi, turg‘unligi va uning o‘ziga xos qonuniyatlari insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biridir. Bunga sabab kishilarda atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yеtishmasligi hamda tabiatning kеlajakdagi ekologik holatini ko‘ra bilmasliklaridir. O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish, tabiatni sеvish, undan to‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishga o‘rgatish ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo‘lib, kishilarda tabiat oldida mas’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sеvish va vatanparvarlik tabiatni sеvishdan boshlanadi[3]. Binobarin, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘usini hosil qilmay turib ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonni tabiat quchog‘ida bo‘lishi uni ruhan tеtiklashtirib, mеhnat qobiliyatini oshiradi. Insonning tabiy boyliklardan haddan tashqari ortiqcha foydalanishi oqibatida tabiat qiyofasi o’zgarib, foydali qazilmalar tugab bormoqda, suv havzalari va atmosfera
havosining ifloslanishi, uning tarkibida chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholi salomatligi yomonlashmoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, energiya va chuchuk suv muammolari tobora murakkablashmoqda. Ular bugungi kunda xalqaro ekologik muammoga aylanib, butun jahon jamoatchiligining muloxazaga chaqirmoqda. Bu albatda, yosh avlod, aholi ongiga ekologik holatining xavf ostida ekanligini tezroq singdirish va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqarish kabi muammolarni hal etishni taqazo etmoqda. Ushbu muammolarni hal etishda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan fanlar ma’zmuniga, hususan, O’zbekiston tabiiy geografiyasi ma’zmuniga qo’shib olib boorish orqali yoshlarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalamog’imiz darkor.
Еkologik ta'lim va tarbiya, BMT, YUNЕSKO va YUNЕPning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar еtkazmasligi, ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga qissasini qo’shishi lozimdir[15].
Ekologik bilimga ega bo’lmagan kishilar, tabiatning bag’ri keng u insonning shunch yetgazgan zulimlariga shu vaqtgacha chidab keldi, endi bunisiga ham chidasa kerak, degan mantiqsiz fikrlarga chulg’anib yuradilar. Aql-zakovatli va muxandislik ilmining sohibkorlari tabiatga ko’proq befarq bo’lishliklari sababli tabiiy muhit aziyat chekib kelmoqda. Binobarin, osha joylarida istiqomat qiluvchi aholi ham jiddiy zarar ko’rmoqda, chunki havo va suvning ifloslanishi, tuproqning zaxarlanishi hayot tarzini murakkablashtirmoqda, tabiat qulayliklardan bebahra qilmoqda. Binobarin, aholining ekologik ongi tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo’lishiga, vaqti-vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari, bog’cha yoshidagi yosh bolalarda tortib mo’ysafid otaxon va onaxonlargacha atrof-muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo’lishlari unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyanishlari
kerak. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan dolzarb muammolardan biri sayyoramiz tabiati va uning boyliklarini muhofaza qilish hisoblanadi. Shu bois tabiatdan tо‘g‘ri foydalanish va uni muhofaza qilishga oid ta’lim-tarbiya masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ekologik siyosat, davlat hokimiyati va huquqiy vositalarga asoslanib, “jamiyat-tabiat” munosabatida yuzaga keladigan murakkab munosabatlarni tartibga solishga qodir. Ushbu murakkab munosabatlar uch yо‘nalishda amalga oshiriladi: atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash. Shunga muvofiq, ushbu uchchala yо‘nalish davlat ekologik siyosatining asosini tashkil etadi. Demak, ekologik siyosat uch yо‘nalishda olib boriladi: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish; 2) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; 3) ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Bu uch yо‘nalish о‘zaro chambarchas bog‘liq, bir-birini taqozo etadi. Ulardan birini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan chora- tadbirlar о‘z navbatida boshqalariga ham ijobiy ta’sir etadi. Zero, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmay turib, uni muhofaza qilib bо‘lmaydi. Atrof tabiiy muhit muhofaza qilinmas ekan, ekologik xavfsizlik ta’minlanmaydi. Tabiatni muhofaza qilish tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish demakdir. Mamlakatimizning ekologik xavfsizligiga tahdid solayotgan muammolarning oldini olishda ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va asrab-avaylash hamda ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishni ta’minlashga erishish kо‘p jihatdan fuqarolarning ekologik-huquqiy ongining qay darajada shakllanganligiga bog‘liqdir. Ekologik ta’limning ahamiyati va zaruriyatini quyidagicha izohlashimiz mumkin:
-fuqarolar, xususan yoshlarning ekologik-huquqiy ongini, ekologik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi;
-yoshlarni ona tabiatga mehrli bо‘lishga, uni e’zozlashga о‘rgatadi;
-tabiatni asrab-avaylash, tabiiy resurslaridan oqilona va samarali foydalanish zarur degan fikrni singdiradi;
-fuqarolarda ekologiyaga oid asosiy muammolar tо‘g‘risida tasavvurlarni shakllantiradi hamda ularning oldini olish borasida nimalar qilish zarurligini о‘rgatadi;
-fuqarolarda tabiatni muhofaza qilish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirish mumkinligi tо‘g‘risida tushuncha beradi;
-umuman olganda ekologiya sohasidagi barcha chora-tadbirlarning zamirida avvalambor ekologik ta’lim-tarbiya yotishi lozim.
Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim- tarbiya xozrgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin.
Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson Yer yuzida paydo bо‘libdiki, u tabiatdan, uning unsur va boyliklaridan foydalana boshlagan. Buyuk allomalarimiz tо‘rt unsur: suv, tuproq, olov, havodan foydalanish, uning musaffoligini saqlash, inson organizmiga ularning ta’siri kabi masalalarni qator ilmiy asarlarida ta’kidlab о‘tganlar. Vujudga kelgan vaziyat о‘quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi.
O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan allomalardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar[10]. Ular hali ekologiya fani atamasi dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni ezozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Ekologik madaniyat, Markaziy Osiyo hududiy tub xalqlari ongida to’la mujassam bo’lgan, to’g’ri u vaqtlarda aholi soni ancha oz, urbanizasiya darajasi past, tabiiy boyliklardan foydalanish darajasi ham nihoyatda kam bo’lgan. Lekin xalqlar yuksak ekologik madaniyatga ega bo’lgan. Odamlar orasida “savob”, “uvol”, “qarg’ish”, “harom”, “birovning haqi”, “tarozidan urma”, “o’g’irlik qilma”, “sutga suv qo’shma”, “hayvonlarga ozor berma”, “suvga supirindi tashlama”, “nonning uvog’i ham non, uni yerga tashlama” va shu kabi qator ibora va tushunchalar mavjud ediki, ayrim yoshlarimiz bular to’g’risida unchalik tasavvurga ega emaslar. Shuning uchun ham o’sha vaqtlarda tabiat haqiqiy ardoqlanar edi. Har bir tabiat ne’mati bu Allohning bizga bergan naziri, marhamati, biz uni yuksak darajada hurmat bilan avaylab-asrashimiz lozim, deyiladi. Xalq tabiat noz- nematlariga, daraxt, buta, o’t o’simliklari, hayvonot olami, suv, havo,tuproq, zamin, non, oziq-ovqat va boshqa shu kabilarni zo’r ehtirom bilan hurmat qilgan[13]. Ozodalikka katta ahamiyat berilgan, axir Vatan ostonadan boshlanadi, deyilganidek har kuni hovli, ko’cha, eshik oldi supurilar va suv sepib nuragan joylar muntazam tamirlanib turilgan. Darhaqiqat, xalqimizning qadimgi urf-odatlari, an’analari, tabiat to’g’risidagi katta ma’noga ega bo’lgan dono hikmatlariga ming yillar davomida quloq solib, undagi tavsiyalarga itoat qilib kelingan, bundan buyon ham ayniqsa, hozirgi mustaqillik sharofati katta erkinliklar bergan bir paytda ularga kattada hurmat bilan qarashimiz va hayotda juda sinalgan odatlarimizga, qadriyatlarimizga sodiq qolishimiz, yoshlarga bular to’g’risida tez-tez gapirib turishimiz, undashimiz ham qarz ham farzdir. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ekologik madaniyatni tarkib toptirishning ildizlari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Ulardan geografiya darslarida
ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida foydalanish geografiya fani o’qituvchisidan yuksak pedogogik maxorat, kuch, bilim, ijodiy izlanish talab etadi. Milliy qadiriyatlarimiz orqali, o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish nafaqat o’quvchilarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalaydi, balki ularda milliy-g’urur, milliy-iftixor tuyg’ularna ham shakillantiriladi, ota- bobolarimizdan qolgan qadiriyatlarimizga xurmat ruxida tarbiyalanadi. O’zbekiston respublikasida istiqlolga erishganidan so’ng tabiat va uning boyliklarini muhofaza qilish ishiga ayniqsa, juda katta e’tibor berildi. Tabiatni muhofaza qilish xozirgi kundagi zamondagi eng dolzarb muammolardan biri, inson bilan tabiat o’rtasidagi va tabiat bilan inson o’rtasidagi, jamiyat bilan tevarak atrofdagi muxit o’rtasidagi muammoning tarkibiy qismidir. Muammoning mohiyati shundaki, tabiat eng avvalo, inson uchun qo’riqlanishi kerak. Inson tabiat bilan har doim bir butunni tashkil qilgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Inson o’zining tabiat bilan bo’lgan bevosita aloqasi tabiiy muhitga juda katta ta’sir qilib kelgan. Kishining tabiatga ta’siri, uning mexnat faoliyati bilan bog’liq, yani kishilar tabiatga o’z mehnatlari orqali ta’sir ko’rsatadilar, o’z mexnatlari bilan tabiatni o’zgartiradilar. Yurtboshimiz Islom Karimovning “Ona zaminimiz–boyligimizning mustaqilligimizningva go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” degan so’zlariga asoslanib, inson tabiat bilan tirik deyish mumkin[2]. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya hozirgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin. Biz pedagoglar tabiatga bo’lgan munosabatni o’zgartirmasdan boshqalardan buni talab qila olmaymiz, tabiat bizdan faqat yordam kutadi va biz buni bajarishga majburmiz. Chunki tabiat insonsiz
yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. Zero, tabiat shoir aytganidek, necha yillardan buyon insonga xizmat qiladi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” qonun qabul qilindi. Ana shu qonunda tabiatni tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan, jumladan qonunning 53-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi tuzgan Xalqaro shartnomada ushbu qonundagidek yoki O’zbekiston Respublikasiningtabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun xujjatidagidan o’zga qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi[1]. O’zbekiston Respublikasining qonunlarida bir muncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno-chizma-

jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shaklllanadi va rivojlanadi. Ekologik muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishlariga ko’ra guruhlarga bo’lish mumkin.tabiiy geografik muammolar; iqtisodiy-ijtimoiy geografik muammolar hamda geoekologik muammolardir. Tabiat boyliklardan oqilona foydalanish va atrof- muhitni muhofaza qilishda umumta’lim maktablarining muhandis pedagog jamoasi muhim ro’l o’ynaydi. Uzluksiz ekologik tarbiyani bеrish quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq[15].



      1. bosqich. Mahallalarda ekologik ta‘lim:

      2. bosqich. Oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta‘lim;

      3. bosqich. Maktab, akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlarida ekologik ta’lim; 4-bosqich. Oliy o‘quv yurtlaridagi ekologik ta’lim;

  1. bosqich. Oliy ta’limdan kеyingi bosqichi kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini oshirib borishda ekologik ta’lim.

Ekologiya kishilar hayotini mushohada qiluvchi yangi fandir. Har bir kishi biror yеrga axlat yoki chiqindilarni tashlashdan oldin o‘z xatti-harakati oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhitning toza saqlanishiga javobgar ekanligini unutmasligi kеrak. Qisqasi, har bir o‘quvchi-talabani kеlajakka umid bilan qarashga bo‘lgan dunyo-qarashini shakllantirib borish har bir o‘qituvchi- murabbiylarning vazifasidir. Ekologik ta’limni kеng qo‘llashda mahallalarda, bog‘cha, maktab muassasasi, ko‘cha - ko‘y, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshirilib, o‘quvchi-talabalar ongiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarga o‘z qo‘llari bilan bog‘lar yaratib ularni parvarish qilishni yoshligidan o‘rgatib borilsa va atrof-muhitni tozaligiga hissalarini qo‘shib o‘z qo‘llari bilan ekkan ko‘chatlarini parvarish qilib borsa o‘quvchilarda vatanga nisbatan mеhr uyg‘onadi, atrof- muhitga har xil chiqindilarni tashlamaslik to‘grisida tushunchalar shakllanadi. Bu masala hozirgi kunning muhim muammolaridan biri bo‘lib, kеlajakdagi avlod sog‘lom bo‘lishi uchun kafolat bеradi. Ekologik bilimlarni tashviqot qilish, о‘quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va
dunyoqarashini rivojlantirish sinf va maktabdan tashqari ishlarning mazmunini tashkil etadi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi tо‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bо‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi[9]. О‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  • dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish usuli va kо‘nikmalarini shakllantirish yо‘llarini belgilab olish;

  • dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayonini xususiyatlariga kо‘ra bosqichlarga bо‘lib tashkil etish;

  • dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayoni bosqichlariga mos keladigan usullarni tanlash;

  • ekologik maqsad asosida ta’lim yо‘nalishining fanlararo uyg’unlashgan ekotizimni ta’minlash;

  • ekologik talablar asosida ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish.

Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yо‘nalishlari quyidagi natijalarni beradi: har bir yangi geografik tushunchani mahalliy sharoit, o’z o’lkasining geografik xususiyatlari bilan bog’liq holda misollar yordamida mustahkamlash. Shuning uchun har bir geografiya o’qituvchisi o’zining ish rejasi va dasturi yordamida o’tiladigan mavzularni kengaytirilgan rejasini tuzib olib, qaysi mavzuni o’tganda qanday muammolarga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini oldindan aniqlab olsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunonchi, hadislardan na’munalar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, xalq udumlari, topishmoq, maqol, metal, tabiat bayramlaridan misollar keltirib, ekologik tarbiyani mavzu mazmuniga singdirib bo-rilsa o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. Zero, tabiat shoir aytganidek, necha yillardan buyon insonga xizmat qiladi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” qonun qabul qilindi. Ana shu qonunda tabiatni tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan, jumladan qonunning 53-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi tuzgan Xalqaro shartnomada ushbu qonundagidek yoki O’zbekiston Respublikasiningtabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun xujjatidagidan o’zga qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi[1]. O’zbekiston Respublikasining qonunlarida bir muncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno-chizma-



  • о‘quvchilarda zamonaviy ekologik tafakkurni shakllantiradi;

-о‘quvchilarning axloqiy sifatlarini о‘stiradi va ularni komil inson qilib tarbiyalaydi[14].
Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir, ishning kо‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bо‘lib turibdi.

Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin