Geologik xaritalashda aerokosmik usullarni qo’llash



Yüklə 35,5 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#124565
Geologik xaritalashda aerokosmik usullarni qo’llash


Aim.Uz

Geologik xaritalashda aerokosmik usullarni qo’llash


Reja:


  1. Aerokosmik usullarning geologik xaritalashda qo’llashning axamiyati

  2. Aerokosmik suratlarning tuzilishi

  3. Kosmosuratlarning tuzilishi

  4. Aerokosmik suratlarni son va sifat jixatdan taxlil qilish



Adabiyotlar ro’yxati:

1. X.Chinniqulov, X.S. Xo’jaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.


2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo’llanma, TDTU. Toshkent, 2004.

  1. Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.

5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru

Geologiyaning geologik xaritalash va foydali qazilma konlarini qidirish sohalarida aerokosmik usullardan foydalanish keyingi davrning eng katta yutug’i hisoblanadi.


Geologik xaritalashda aerokosmik materiallardan foydalanish katta imkoniyatlar ochib berdi. Bunda, ish jarayoniga sarflanadigan vaqtni, moddiy va material boyliklarni tejashdan tashqari, ishning sifati ham ancha oshdi. Har qanday geologik chegaralarni, qatlamlar orasidagi munosabatlarni, burmali strukturalarning butun tafsilotlarini va mayda yoriqli strukturalarni ham aniqlash imkoniyati yaratildi.
Aerokosmik usullarda asosan joyning aerokosmosuratlaridan geologik ma’lumotlar olish ko’zda tutiladi. Aerokosmosuratlarni talqin qilish joyning geologik tuzilishini bevosita dala sharoitida olib boriladigan tadqiqotlar bilan birgaliqda bajariladi. Bu ishlar o’z xususiyatlari bilan turlicha bo’lsada, bir - birini to’ldiradi va nazorat qiladi. Aero - va kosmosuratlar ham o’z xususiyatlari bilan bir - biridan birmuncha farq qiladi.
Aerosuratlar joyning samolyotlar, vertolyotlar va havo sharlaridan turib olingan fotografik tasvirdan iborat bo’lib, ular har xil miqyosda amalga oshiriladi.
Aerosuratlar miqyosi 1:5 000, 1:30 000, 1:65 000, 1:100 000 bo’lishi mumkin. Ular 18x18, 24x24 va 30x30 sm o’lchamlardagi maxsus standart fotoqog’ozlarda tayyorlanadi.
Aerosuratlar iste’molchilarga 1:10 000; 1:25 000 va 1:100 000 miqyosdagi trapesiyalarga joylashtirilib, komplekt holida beriladi.
Aerosuratlar rejali va manzarali xillarga bo’linadi. Fotoapparatning optik o’qi tasviri olinayotgan joyga nisbatan tik yoki og’ish burchagi 3 - 50 dan oshmasa - planli, og’ish burchagi 50 dan katta bo’lsa - manzarali suratga olish deyiladi.
Aerosuratlar bir - birini ma’lum darajada qoplaydigan holda tayyorlanadi. Ularning o’zaro qoplanishini hisobga olgan yig’indisi ustama yig’ish (nakidnoy montaj) deyiladi. Odatda ustama yig’ish ixtiyoriy miqyosda tayyorlanadi. Ustama yig’ilgan aerosuratlarda joyning topografik nomenklaturasi, aholi punktlari, daryolar va tog’ cho’qqilari to’g’risida ma’lumotlar beriladi.
Har xil miqyosli aerosuratlar bir xil miqyosga keltirilganidan so’ng, ular ustama yig’ilib, joyning fotochizmasi tayyorlanadi. Fotochizmalar yordamida yirik geologik strukturalar o’rganiladi.
Kosmosuratlar kosmik kemalar yordamida olingan joyning fotografik tasviri bo’lib, ularning miqyosi 1:250 000 va 1:7 500 000 bo’ladi. Kosmosuratlar fotoapparat optik o’qining olinayotgan hududga nisbatan tik yoki og’ish burchagi 3 -40 dan oshmaydigan rejali, 4 -150 li rejali - manzarali va 150 dan katta manzarali xillarga bo’linadi.
Kosmosuratlarning aerosuratlardan farqli xususiyati bir fotoqog’ozda katta maydonning tasvirini berishidir.
Kosmosuratlardan ham fotochizmalar va fotoxaritalar tayyorlaniladi. Kerak bo’lganda ularning miqyosi kattalashtiriladi. Bunda ularning Yuqori aniqlik darajasidan foydalaniladi. Kosmosuratlar har xil spektrda olingan oq - qora va rangli tasvirda tayyorlanishi mumkin.
Aerokosmosuratlar yordamida tektonik strukturalarning shakli, o’zaro munosabatlari, hosil bo’lishi va nisbiy yoshini aniqlash, litologo - stratigrafik komplekslarni ajratish va ularning tarqalishini kuzatish, joyning geomorfologik xususiyatlarini o’rganish, zamonaviy geologik jarayonlarini kuzatish va boshqa ko’plab masalalarni echish mumkin.
Aerokosmosuratlarni tahlil qilishda sifat va son o’zgarishlariga e’tibor beriladi.
Son o’zgarishlari qatlamlarning yotish elementlari, qalinligi, geologik strukturalarning o’lchami, er yoriqlarining surilish amplitudasini anqlashni o’z ichigi oladi. Shuni alohida ta’qidlash kerakki, kosmosuratlarning miqyosi juda kichik bo’lganligi tufayli ularning aniqlik darajasi cheklangan bo’ladi. Bunda o’lchash ishlari maxsus asboblar yordamida bajariladi.
Sifat o’zgarishlari bevosita va bilvosita talqin qilish belgilarini o’z ichiga oladi. Bu belgilar joyning geologik tuzilishiga va landshafta qarab tanlanadi.
Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin