Государственный комитет связи, информатизации и телекоммуникационных технологий республики узбекистан



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/8
tarix20.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#121530
  1   2   3   4   5   6   7   8
jasur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAL AL-XORAZIMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


RADIO VA MOBIL ALOQA FAKULTETI


Mobil aloqa
texnologiyalari”
kafedrasi


Indivudual loyihalash”
Guruh: 850-20.
Bajardi: Madaminov Jasur


Toshkent 2022






KIRISH




Uslubiy ko‘rsatmalarda mobil aloqa tizimlari tranzistorli uzatkichlarning yuqori chastotali traktini (tranzistorli yuqori chastotali kuchaytirgichini) hisoblash uchun loyihalash keltirilgan.
Bipolyar tranzistorlardagi quvvat kuchaytirgichlar kaskadlari va bloklarini hisoblash bo‘yicha umumiy tavsiyalar berilgan. Tranzistorli quvvat kuchaytirgichini kritik rejimda hisoblash uslubi va misoli ko‘rib chiqilgan.
Tranzistorli quvvat kuchaytirgichlaridagi rezonans moslashtirish zanjirlarini qurish uslubi va hisoblash keltirilgan.
Uslubiy ko‘rsatmalarning materiallari harakatdagi ob’ektlarning aloqasi uchun tranzistorli dekametrli to‘lqinlar diapazonidagi radioaloqa uchun uzatkichlar, metrli va detsimetrli to‘lqinlar diapazonlaridagi radioaloqa uchun uzatkichlarning tranzistorli yuqori chastotali traktlarini loyihalash va hisoblashda ishlatilishi mumkin.
Uslubiy ko‘rsatmalardan 5350100 – “Telekommunikatsiya texnologiyalari (mobil tizimlar)” ta’lim yo‘nalishi uchun “Individual loyixalash”ni bajarishda foydalanilish ko‘zda tutilgan.
Uslubiy ko‘rsatmalar talabalarda muhandislik hisoblashlarini o‘tkazishga ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.






1. TRANZISTORLI QUVVAT KUCHAYTIRGICHINI HISOBLASH


1.1. Kuchaytirish qurilmalarining uzatkich tarkiidagi vazifasi va ishlash prinsipi




Kuchaytirish qurilmalar texnikaning keng sohalarida qo‘llaniladi. Televidenie, radioeshittirish, avtomatik boshqarish tizimlari, radiotexnika, radiolokatsiya va boshqa tizimlarda kichik quvvatli signallarni kuchaytirish uchun, shuningdek turli xil radioelektron apparaturalar, personal kompyuterlarning etakchi kismi sifatida kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kichik quvvatli o‘zgaruvchan signalning parametrlarini buzmasdan, o‘zgarmas kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib beruvchi qurilmaga elektron kuchaytirgich deyiladi. Quvvatni kuchaytirish samarasi qurilmada energiyasi chiqishda oshirilgan quvvatni hosil qilish uchun ishlatiladigan qandaydir tashqi manba bo‘lganida mumkin bo‘ladi. Energiyasi kuchaytirgichda kuchaytirilgan signallar energiyasiga o‘zgartiriladigan bu manba ta’minot manbai deyiladi.
Ta’minot manbaining energiyasi kuchaytirish yoki aktiv elementlar yordamida foydali signal energiyasiga o‘zgartiriladi. Kuchaytirilgan signallar iste’molchisi hisoblanadigan qurilma kuchaytirgichning yuklamasi deyiladi, yuklama ulangan kuchaytirgichning zanjiri esa chiqish zanjiri yoki kuchaytirgichning chiqishi deyiladi. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan kirish signali manbai signal manbai yoki generator deyiladi, kirish signali kiritiladigan kuchaytirgichning zanjiri esa kirish zanjiri yoki kuchaytirgichning kirishi deyiladi.
Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi element, rezistor, kondensator, chiqish zanjiridagi o‘zgarmas kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat.
Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchi element sifatida tranzistorlar va integral mikrosxemalar (IMS) ishlatiladi. Kuchaytirgichlarda kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Boshqariladigan elementning (tranzistor) kirish zanjiriga kirish signalining kuchlanishi beriladi. Bu kuchlanish ta’sirida kirish zanjirida kirish toki hosil bo‘ladi. Bu kichik kirish toki chiqish zanjiridagi tokda o‘zgaruvchan tashkil etuvchini hamda boshqariladigan elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo‘lgan o‘zgaruvchan kuchlanishni hosil qiladi (1- rasm).
Bajarayotgan vazifasiga qarab kuchaytirgichlar dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlarga va chiqish kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlar kuchlanishni oshirish uchun ishlatilsa, chiqish kuchaytirgichlari quvvatni oshirish uchun xizmat qiladi.



1- rasm. Kuchaytirish jarayoning umumiy tarkibi
Hozirgi vaqtda bipolyar tranzistorlar 7 GGsgacha chastotalar diapazonlarida ishlaydigan radiouzatkichlarni qurishda qo‘llaniladi.
Tranzistorli quvvat kuchaytirgichining uzatkichdagi o‘rni 2- rasmda tasvirlangan.

2-rasm. Tranzistorli quvvat kuchaytirgichining uzatkichdagi o‘rni


Turli chastotalar diapazonlarida ishlash uchun chiqariladigan tranzistorlarning maksimal birlik quvvati (bitta tranzistorning quvvati) shuningdek, mos chastotalarda ishlaydigan tranzistorlardagi uzatkichlarning taxminiy maksimal quvvatlari 1­jadvalda keltirilgan ma’lumotlar orqali xarakterlanadi.
1­jadval
Bipolyar tranzistorlarning quvvatlari va chastotalar diapazonlari

CHastotalar diapazoni, MGs

Tranzitorning
maksimal quvvati, Vt

Uzatkich quvvatining taxminiy qiymati, Vt

0,05-50

25

20

100-400

10-15

0,5

1000-2000

4-5

0,2-0,3

5000-7000

0,4-1,0

0,05



Generator tranzistorlari ma’lumotnomalaridagi ma’lumotlarda chastota bo‘yicha tranzistorlarning tavsi etiladigan qo‘llanilishi sohalari, kollektor ta’minoti kuchlanishlari qiymatlari, quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti va namunaviy rejimda elektron foydali ish koeffitsienti keltiriladi.
Ayrim tranzistorlarning ma’lumotlari 2- va 3­ilovalarda keltirilgan.
Uzatkichlarni loyihalashtirishda namunaviy rejim uchun ko‘rsatilgan yaqin qiymatlardagi chastotalarda va quvvat sathlarida tranzistorlarni ishlatilishiga intilish zarur.
Namunaviy rejimdan pastda bo‘lgan chastotalardagi trazistorlar ham qo‘llanilishi mumkin, lekin bunda ishchi chastota bu tranzistor uchun minimal ishchi chastotadan kam bo‘lmasligi kerak (bir qancha tranzistorlar, xususan O‘YuCh tranzistorlar uchun minimal ishchi chastota bo‘yicha cheklash mavjud).
Nazariy jihatdan fnam namunaviy rejim chastotasidan farq qiladigan f chastotalardagi Kr(f) quvvatni kuchaytirish koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Amalda ko‘pincha quyidagi munosabat bajariladi.



SHuning uchun uzatkichning tuzilish sxemasini tuzishda oxirgi munosabat yordamida hisoblangan Kr(f) qiymatdan foydalanish maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin