Hayvonot olamining geografik tarqalishi va kelib chiqish areallari. Reja



Yüklə 34,42 Kb.
səhifə1/4
tarix25.11.2023
ölçüsü34,42 Kb.
#134594
  1   2   3   4
Hayvonot olamining geografik tarqalishi va kelib chiqish areallari.


Hayvonot olamining geografik tarqalishi va kelib chiqish areallari.
Reja:




  1. Areal haqida umumiy tushuncha


  2. Areallarning turlari. Uzlukli va uzluksiz areallar


  3. Areallarning paydo bo’lishi


  4. Turlarning kelib chiqishi va tarqalish markazlari

real Yer yuzasining bir qismi bo’lib, shu qismda doimo ma’lum bir sistematik birlikka mansub bo’lgan populyatsiyalar hayot kechiradi. Areal tushunchasi sistematikadagi istalgan birlikka tur, urug’, oila, turkum va hokazolarga to’gri keladi. Zoogeografiyada xuddi o’simliklar geografiyasidagi kabi, tur areali asosiy o’rganish ob’yekti hisoblanadi. Chunki, tur tirik organizmlarning asosiy sistematik birligi sanaladi. Tur areali kenja turlar arealidan tashkil topadi, urug’ areali turlar arealidan tashkil topadi, oila areali esa urug’lar arealidan tashkil topadi va hokazo.


O’troq hayvonlar arealini qayd qilish qiyinchilik tug’dirmaydi. Buning uchun ma’lumotlar yetarli bo’lsa ish osonlashadi. Qolgan turlar uchun 2 narsa xarakterlidir:
  1. Yashash joyi


  2. Ko’chib yurish joyi




Hayot kechirish yoki yashash joyi – hayvon shu zonada uzoq vaqt davomida yashaydi, ko’payadi. Ko’chib yurish joyi yoki zonasi – hayvon bu zonada ko’paymaydi. Masalan uchib ketuvchi qushlarning qishlash joyi yoki ko’rshapalaklarning qishlash joyi.
Bu 2 hudud 1 ta arealni tashkil qiladi, bazan qo’shilib ketishi yoki bir-biridan uzoqda joylashishi ham mumkin. Masalan – uchadigan hayvonlarda.
D.V.Panfilov (1960) fikriga ko’ra, tur areali bu – hayvonning butun hayoti davom etadigan yoki bo’ladigan hududdir. Arealni kartaga tushirish maqsadga muvofiqdir. Arealni xaritalashni bir necha usullari bor:
  1. Nuqtali metod – turning uchrash joyi xaritada nuqta yoki kichik aylana bilan belgilanadi. Bu usul ma’lum bir hayvonning tarqalishi haqida ma’lumot kam bo’lsa yoki tur bir joyda qayd qilingan bo’lsa qo’llaniladi. Xaritada turning faqat 1 ta individi yoki bir guruhini tasvirlash to’g’ri emas, areal xaritasi faqat arealning geografik tabiatini aks ettiradi.


  2. Kontur metodi – tur arealining chekkalari nuqtalar bilan belgilanib, chiziqlar bilan tutashtiriladi, keyin shu areal shtrix chiziqlar bilan bo’yaladi.


  3. Formal kvadrat metodi – yaxshi o’rganilgan turlar uchun mos keladi. Belgilangan areal bo’yab chiqiladi. Ayni vaqtda bu usul qo’pol chiqadi.


  4. Shtrixlash metodi – arealni turli xil shtrix chiziqlar (qalin, siyrak, qiyshiq, to’g’ri) bilan belgilash


  5. Nishon-belgi qo’yish metodi – areal br rangning turli formasi bilan bo’yaladi (to’q qizil, qizil, och qizil va hokazo)




Areallarni uzunlik (okeandan ajralish darajasi), kenglik (zonal tarqalish) va balandlik (vertikal zonallik) kabi tiplari bor.
Areallar turlicha o’lchamda bo’ladi: bir necha kv.km dan tortib, butun bir oblast yoki Yer sharining barcha qismi bo’lishi mumkin. Bazan tur areali geografik oblastlar tufayli chegaralanib qoladi. Masalan endemiklar. Endemiklar orollarda, tog’ g’orlarida, tog’li hududlarda tarqalgan. Areali tor bo’lgan hayvonlar – boyqush to’ti Strigops habrptilis Yangi Zelandiyaning buk o’rmonlari, Amazona urug’i turlari Vest Indiya orollarida tarqalgan. Gavayi nektarxo’r qushlari – svetochnitsalar Gavayi orollarida yashaydi. Barcha tor areallar endemiklar uchun xosdir.
Yer yuzi bo’ylab keng tarqalgan yoki Yer yuzining barcha qismlarida yashaydigan hayvonlar – kosmopolitlar deb ataladi. Kosmopolit hayvonlarga uy sichqoni, kalamush, kasha lot Physeter, delfin Grampus griseus, kosatka Orcinus orca, lochin Falco peregrinus misol bo’ladi.
Sistematik birlikka qarab areal hajmi ham kattalashsadi, tur areali populyatsiyanikidan, urug’ areali turnikidan katta bo’ladi va hokazo.
Areal turlari
  1. Sirkumpolyar – aylana. Yuqori kengliklarda yashovchi hayvonlar uchun xos. Masalan – oq ayiq, pesets, shimol bug’usi, arktika qushlari


  2. Sirkumboreal – shimoliy yarimsharni janubiy qismlarida yashovchi hayvonlar uchun xos. Masalan – tayga hayvonlari: los, rosomaxa, lochinsimon boyqush


  3. Tropikopolit – Yer sharining tropik qismlarida tarqalgan hayvonlar uchun xosdir. Masalan to’tiqushlar. Tropikopolit tushunchasi yuqori sistematik birliklar – oila va turkumlar uchun xos bo’lib, tur arealiga mos kelmaydi.


  4. Lentali yoki chiziqli areallar – ekologik faktorlar tufayli areal cho’ziladi. Bu suv havzasi yaqinida yashovchi va suv hayvonlari uchun xosdir. Masalan – Amudaryo va Sirdaryo suvlarida yashovchi soxtakurakburunlar – Pseudoscaphirrhunchus baliqlari


  5. Qo’shilgan yoki yopishgan areallar – bir turning areali boshqa turning arealiga mos keladi. Bu holat turlar o’rtasidagi ekologik munosabatlar asosan ozuqa munosabatlarida yuzaga keladi. Masalan – parazit-xo’jayin, xo’jayin-hamtovoq, yirtqich-o’lja, fitofag hayvon-ozuqa o’simligi yani jigar qurti-tuyoqli sutemizuvchilar, sher-zebra, turong’il tasmaqanot tunlami – turong’il



Yuqorida ko’rib o’tilgan areallar yaxlit areallar hisoblanadi. Yaxlit arealda bir xil sharoit mavjud. Ch.Darvin tur monofiletik usulda paydo bo’ladi. Keyinchalik uning populyatsiyalari boshqa hududlarga o’tadi va areal kengayadi deb aytib o’tgan. Shuning uchun yaxlit areal birlamchi areal deyiladi.
Ba’zan qismlarga bo’lingan areallar – dizyunktiv yoki uzuq-yuluq areallar ham uchraydi. Chunki areal – quruqlik yuzasi yoki suv havzasi 2 ga bo’linib qolishi mumkin (tabiiy yo’l bilan). Natijada turning populyatsiyalari orasida to’siq yuzaga keladi. Turli xil sabablarga ko’ra, areallar qismlarga bo’linadi yoki ajraladi. Masalan areal yaxlit bo’ladi, ammo tur shu arealning ma’lum bir qismlarida – orolcha ko’rinishida hududlar hosil qilib tarqaladi. Bunday areallar qismlarga ajralgan yoki fragmentizatsiyalangan areallar deyiladi. Misol o’rmonlar kesilishi natijasida turlarning ayrim massivlarda saqlanib qolishi.
Shuningdek, materikaro va okeanaro ajralish ham mavjud. Bunday ajralishning sabbi o’rtada ulkan geografik to’siq – okean bo’ladi. Ammo ekologik shart-sharoit tufayli hosil bo’lgan bunday ajralish hayvonlar yashashi uchun qulaylik tug’diradi. Areallarning ajralishi istalgan sistematik birliklarda ko’rinadi. Birlamchi traxeyalilar – Markaziy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Himolayda, Zond orollarida, Avstraliyada, Yangi Zelandiyada tarqalgan. Tuyalar oilasining Eski Dunyodagi vakillari o’rkachli tuyalar bo’lsa, Janubiy Amerikadagi vakillari lamalardir. Tapirlarning bir necha turi Markaziy va Janubiy Amerikada, 1 turi Janubiy-Sharqiy Osiyoda yashaydi. Ko’k zag’izg’on yoki hakkaning 1 kenja turi Ispaniyada, yana bir kenja turi Uzoq Sharqda hayot kechiradi.
Materikning o’zidagi areallarning ajralish sababi bahs-munozaralarga sabab bo’lgan. Masalan politopik yoki ologenez nazariyasi. Bunga ko’ra bir arealning bir necha qismlarida o’xshash turlar paydo bo’ladi (Antievolyutsion g’oya).
Hayvonlar suv oqimi, kuchli shamol va uchib ketuvchi qushlar, ko’chib yuruvchi hayvonlar orqali ham tarqaladi. Binobarin, arealning ajralishi, iqlim o’zgarishi, turlar o’rtasidagi raqobat, geomorfologik qayta tuzilish, antropogen omillar ta’sirida ham kuzatiladi. Shimoliy yarimsharda areallarning ajralishiga muzlik davri ham sabab bo’lgan. Bunga arealning muzlik tufayli ajralish deyiladi. Muzlik tufayli turlar areali fragmentatsiya holatiga kelgan. Yevropa va Uzoq Sharqda saqlanib qolgan, Sibir hududida esa yo’qolgan.
Yevropa-Uzoq Sharq ajralishi – ko’k zag’izg’on, Bombinator urug’iga mansub jerlyankalar, gorchak va vyun baliqlari, Unio urug’iga kiruvchi ikkipallali mollyuskalar uchun xosdir. Muzlik tufayli ajralishning yana bir turi Arkto-Alp ajralishi hisoblanadi. Uning Arkto-Alp va Boreo-Alp kabi turlari mavjud. Har ikki holatda ham tur Yevropaning shimoliga qarab keng tarqaladi. Ular Yevropaning tog’lari, Alp zonasi bian chegaralanadi. Belyak tovushqoni, tundra quri, uchbarmoqli qizilishton, qorayaloq Turdus torguatus, perlamutrovka kapalagi – Clossiana titania misol bo’ladi.
Agar arealning shimoliy qismi tundraga to’g’ri kelsa, Arkto-Alp ajralishi deyiladi. Masalan tundra quri. Arealning shimoliy qismi taygaga to’g’ri kelsa Boreo-Alp ajralish deyiladi. Masalan –uchbarmoqli qizilishton
Bu holat to’rtlamchi muz bosish davri bilan bog’liq. Hozirgi arealning shimoliy qismi yangi areal, janubiy – tog’li qismi relikt areal hisoblanadi. Belyak tovushqoni va tunfra quri muzlik reliktlari deb ataladi.
Areal ajralishining yana bir turi – tog’lar tufayli ajralishdir. Bunga serna misol bo’ladi. Uning alohida populyatsiyalari alohida-alohida Pireney, Alp, Bolqon, Kavkaz tog’larida yashaydi, ammo bir-biri bilan aloqada bo’lmaydi. Tog’ echkilari Capra urug’i turlari Janubiy Yevropa, Kichik va O’rta Osiyo, Kavkaz, Himolay, Janubiy Sibir, hatto Efiopiyada ham uchraydi.
Qit’alararo va okeanlararo ajralishlar yuqori sistematik birliklar uchun xosdir. Bazan turli materiklarda bir turning kenja turlari areallari joylashishi mumkin. Ajralishning yana quyidagi turlari bor:
  1. Yevropa-Shimoliy Amerika


  2. Osiyo-Amerika


  3. Braziliya-G’arbiy Afrika (Janubiy Atlantik)


  4. Janubiy Amerika – Madagaskar


  5. Molukka – Janubiy Amerika


  6. Janubiy Amerika – Avstraliya



Shular bilan bir qatorda bipolyar va amfiboreal tarqalish xususiyatiga ega hayvonlar bor. Mo’tadil iqlimli hududlarning sharqi va g’arbida tarqalgan, ammo mazkur hududning o’rtasida uchramaydigan turlar amfiboreal tarqalishga ega hayvonlar deyiladi. Bu tarqalish chistiklar, tyulenlarning ayrim turlari, koryushka, peschanka, treska uchun xosdir.
Bipolyar tarqalish – Yer yuzining ikkala qutblarida yashaydigan, lekin tropik zonada uchramaydigan hayvonlar uchun xosdir. Masalanlar – priapulidlar, finval
Bunday tarqalishlar A.Vegener, L.Berg, F.Darlington, G.Xess, R.Dits, P.N.Kuropatkin, O.G.Soroxtin, V.Xain va D.Xolden, Ch.Darvin asarlarida o’z aksini topgan.
Materiklar va okean tufayli ajralishlarning sabablari ko’pincha aniqlanmagan. Chunki paleontologik qoldiqlar topilmasligi mumkin. Ayrim areallarning ajralishini undagi turlarning chekinishi yoki qirilib ketishi deb tushuntirish mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda faunalarning tarqalishini asoslab beruvchi bir qancha nazariyalar bor:

  1. Quruqlik ko’priklari nazariyasi – bunga ko’ra materiklar florasi va faunasini o’xshashligi qadimgi davrlarda bu materiklarning kontinental ko’priklar orqali bir-biri bilan bog’langanligi bilan asoslanuvchi nazariya. Hindiston, Shri Lanka, Mdagaskar, Afrika florasi va faunasining o’xshash bo’lishi qadimda bu hududlarni birlashtirib turgan Lemuriya materigibol’gan deb taxmin qilinadi. Shuningdek, Garbiy Afrika va Janubiy Amerika o’xshash floraga ega, chunki qadimda bu qit’alar Janubiy Atlantida degan yaxlit materik bo’lgan degan taxminlar bor. Yevropa va Shimoliy Amerika uchun esa qadimgi Shimoliy Atlantida bo’lganligi etirof etiladi. Nihoyat Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyoni qadimda Beringiya deb atalgan yagona qit’aga birlashgan deb taxmin qilinadi.


  2. Fiksizm – kontinentlar doimiyligi nazariyasi. Bunga ko’ra qit’alar va materiklar ilgari qanday bo’lsa, hozir ham shunday ko’rinishdadir. Areal ajralishining sababi esa – ilgari yaxlit bo’lgan shu arealning ma’lum bir qismida ayrim turlarning qirilib ketganligidir.


  3. Pendulyatsiya nazariyasi- Yer o’z o’qi atrofida aylangani bois materiklar ham o’z o’rnidan jiladi yoki siljiydi.


  4. Yerning kengayishi to’g’risidagi nazariya – ulkan materik Pangeyaning bo’linishi


  5. Materiklar qalqoni va geosinklinallar haqidagi nazariyalar – bunga ko’ra, Yer po’stlog’ining turg’un uchastkalari – materiklar qalqoni bo’lib ular umuman okean suvi bilan qoplanmagan. Materiklar qalqoni Shimoliy yarimsharda Kanada, Fennoskandiya, Angar; Janubiy yarimsharda esa Braziliya, Afro-Arabiston, Dekan (Hindiston), Avstraliya hisoblanadi. Yer po’stlog’ining materi qalqonlari orasidagi qismi cho’kma yoki botiqlik tarzida yohud tog’ cho’qqisi ko’rinishida bo’ladi. Bular geosinklinallar bo’lib, E.Zyuss fikriga ko’ra Markaziy Amerikadan Sharqiy Osiyogacha bo’lgan hududda ulkan Alp geosinklinallari bo’lgan. Bu geosinklinallar shimoliy va janubiy yarimshardagi materik qalqonlarini bir-biridan ajarati turgan. Alp geosinklinali uzoq vaqtgacha Tetis nomli dengiz suvlari bilan to’lib turgan. Oxir-oqibatda intensiv tog’ hosil bo’lish jarayonlari bo’lib o’tgan. Natijada Alp tog’ burmalanishining tog’ sistemalari – Pireney, Alp, O’rta Osiyo, Himolay tog’lari hosil bo’lgan. Materik qalqonlarida tirik organizmlar evolyutsiyasining qadimgi markazlari shakllangan va ko’pchilik hollarda to’xtovsiz ravishda davom etgan.


  6. Kontinentlar dreyfi gipotezasi – geofizik A.Vegener tomonidan ishlab chiqilgan va L.S.Berg, F.Darlington tominidan rivojlantirilgan va takomillashtirilgan.


  7. Global tektonika yoki Litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi. Bu gipotezani G.Xess va R.Dits 1960-1962 yillarda yaratishgan. Bu gipoteza keyinchalik P.Kropotkin, O.Soroxtin, V, Xain va D.Holden tomonidan rivojlantirildi.



Gipotezaga ko’ra, 200 mln yil oldin Yer sharida gigant materik Pangeya bo’lib, uni Pantalassa deb ataladigan okean o’rab turgan. Hozirgi Yevrosiyo va Afrika o’rtasidagi O’rta Yer dengizi qadimgi dengiz hisoblangan Tetisning bir qismi hisoblangan. 200 mln yil oldin Pangeya parchalanib, litosfera plitalari siljib boshlagan. Dreyf boshlanganidan 20 mln yil o’tgach, Trias davri oxirida Pangeya 2 ga ajralgan:

    1. Shimoliy materik – Lavrazia


    2. Janubiy materik – Gondvana




Gondvana 2 blokka – Afrika-Janubiy Amerika va Avstralo-Antarktikaga ajralgan. Yura davrida Shimoliy Amerika Afrikadan agralgan.
Kaynozoy erasida materiklar hozirgi ko’rinishda joylashgan: Avstraliya Antarktitadan ajralib shimolga siljigan, ikkala Amerika Panama bo’yni bilan tutashgan, Grenlandiya Yevropadan butunlay ajralgan.
Bir-biriga yaqin turlar bir-biriga yaqin joylashadi, ba’zan esa ular bir-birini qoplaydi. Masalan Shimoliy Yevropada belyak va rusak tovushqonlari areallari.
Bir turning areali kichik bo’lib, areali katta boshqa turlarning areali bilan o’rab olingan bo’lishi mumkin. Yashash muhitidagi turli omillar tufayli areallarning o’rab olinishi simpatriya deyiladi.
Kenja turlar areali ham yonma-yon joylshishi mumkin. Ammo bir-birini arealini qoplamasligi mumkin.
Ekologik vikariat - o’xshash biotoplarga ega mamlakatlarda mamlakatlarda sistematik jihatdan bir-biridan uzoq turuvchi formalarini bir xil yashash tarsi tufayli konvergent o’xshashligidir. Masalan – Yevropa kroti – Afrika kroti – Afrika zlatokroti – Avstraliya xaltali kroti
Sistematik vikariat – kelib chiqishi jihatidan yaqin, bir xil biotopda tarqalgan hayvonlardir. Masalan Yevropa zubri Bison bonasus va Shimoliy Amerika bizoni – Bison bison
Geografik vikariat - bir turga mansub kenja turlarning areal bo’ylab ma’lum bir hududda tarqalishi. Ularning areali alohida yoki bir-birini qoplagan bo’lishi mumkin. Masalan –Kolxida qirg’ovuli. U Kavkazdan Tinch okeangacha tarqalgan.



Yüklə 34,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin