Hozirgi o'zbek adabiy tili (sintaksis ) fanidan test savollari



Yüklə 28,51 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü28,51 Kb.
#125272
so\'z gaplar ularning o\'ziga xos xususiyatlari gap bo\'laklarining joylanish tartibi


so'z gaplar ularning o'ziga xos xususiyatlari gap bo'laklarining joylanish tartibi
TEST SAVOLLARI



  1. Qaysi qatorda so’z birikmasi berilgan ?

A) Qilichdan o’tkir, juda muhim
V) Vatan farzandlari, bodom qovoq
S) Hammaga manzur, bilim yurti
D) Toshdan qattiq, vatan farzandlari



  1. Qaysi gapda boshqaruv munosabatli birikma ishtirok etgan ?

A) Paroovoz gudok berdi
V) Osoyishta qish kunlari boshlandi
S) Paykallar qor ostida dam olyapti
D) Tinchlik mustahkamlansin!



  1. Qaysi qatorda sintaktik munosabatni ifodalash yo’llari to’liq ko’rsatilgan ?

A) Turlovchilar, tuslovchilar, yordamchi so’zlar
V) So’z formalari, yordamchi so’zlar, tartib va ohang
S) Kelishik qo’shimchalari, yordamchi so’zlar, tartib va ohang
D) Tartib, ohang, yordamchi so’zlar, bog’lama

  1. Tobe aloqa turlarini aniqlang.

A. Moslashuv, boshqaruv, bitishuv.
V. Predikativ.
S. Atributiv, obyektiv, relyativ.
D. Nopredikativ, relyativ



  1. Kaysi gapda boshqaruv va bitishuv aloqalari mavjud?

A. Terlar tuproq uzra quyilar duv-duv.
V. Yo’lchi Unsinni eshik oldida to’xtatdi.
S. Yerda oltin yaproqlar kabi yotar oy nuri.
D. Tinch va totuv yashamoqdamiz.

6.Gaplarning strukturasiga ko’ra turlari berilgan qatorni aniqlang.


A. Tasdiq va inkor gaplar.
V. Bir sostavli va ikki sostavli gaplar.
S. Sodda va qo’shma gaplar.

D. Sodda, qo‘shma, murakkab.


7. Kaysi qatorda tasdiq gap berilgan?


A. Bechora otasining shunga ko’nish fikri ham yo’q emas.
V.Jo’yaklar orasida birorta ham begona o’t ko’rinmaydi.
S. U oG’ziga talqon solgandek jim. Qani gapirsa!

D. Qani endi rad etib ko’rsin-chi!


8. Kaysi qatordagi gapda sostavli fe’l kesim mavjud?


A. Bir oylab kechikkandan sung Otabek qaytib keldi.
V. Anorxon mehmonlarni dehqonlar nomidan tabrikladi.
S. Zarur bo’lsa, qo’nishga farmon beradi.
D. Ko’plar bu shoshilinch savdoni bilmadilar.

9. Qaysi gapda sostavli ot kesim mavjud?


A. Sultonali ertalab Solih Maxdumning hovlisiga qarab ketdi.
V. Shoxida behilar osilib yotar edi.
S. Eski sandiq ustidan dasturxonga o’ralgan patirni oldim.
D. Bu ishonch oltin toG’ hadya qilingan bilan teng edi.

10. Kaysi kesim tarkibida boG’lama mavjud?


A. O’ patirning ikki chetidan tutib turdi.
V. Miryoqub yaqin o’tirib so’zlay boshladi.
S. Usta shogirdiga talabchan bo’ldi.
D. Bugun institutimizda katta anjuman bo’ldi.

11.Quyidagi gapda qaysi gap bo’lagi birikmali qo’llangan? Yoshi bir joyga borib qolgan bu kishini har kuni ko’raman.


A. To’ldiruvchi.
V. Aniqlovchi.
S. Ega.
D. Kesim.

12. Qaysi qatordagi gapda gap bo’laklari faqat birikmali qo’llangan?


A. Bilim va hunar – egizak.
V. Jahl- dushman, aql – do’st.
S. Til yolG’oni gunohlarning zo’ridir.
D. Baxt garovi – do’stlik.

13. Quyidagi gap qanday gap bo’laklaridan tashkil topgan? Mehnat qilib topganing - qandu asal totganing.


A. Hol, kesim, to’ldiruvchi, kesim.
V. Ega, kesim.
S. Ega, to’ldiruvchi, kesim.
D. Hol, ega, kesim.

14. Ushbu gap qanday gap bo’laklaridan tarkib topgan? Tayyorman, azizim, sevgilim, seni Bir umr gavhardek avaylamoqqa.


A. Kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, hol, kesim.
V. Kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, kesim.
S.Kesim, undalma, to’ldiruvchi, hol, hol, kesim.
D. Kesim, undalma, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi, kesim.

15. Qaysi qatordagi gapda atributiv birikma mavjud?


A. Kiborlarga xos bir xonadonga kelib qolganimni tez payqadim.
V. Sihat tilasang ko’p yema.
S. Men kechqurunlari buvimga gazeta o’qib beraman.
D. Majlisda direktorimiz intizom haqida kuyinib gapirdi.





Yüklə 28,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin