I bob. Korxona byudjetini tuzish va xarajatlarni nazorat qilish



Yüklə 73,95 Kb.
səhifə1/12
tarix03.12.2023
ölçüsü73,95 Kb.
#137999
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
byudjet 2


I. BOB. KORXONA BYUDJETINI TUZISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH

1.1. Byudjetlashtirish va uning korxona faoliyatini rejalashtirishdagi o’rni.

1.2.Daromad hisoboti byudjetlari: sotish byudjeti. Ishlab chiqarish byudjeti. Byudjetlashtirilgan balans.

1.3. Korxonaning ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish. Xarajatlar va mahsulot tannarxini rejalashtirishning xususiyatlari.
1.4. Segmentar hisobot va segmentlari bo’yicha hisobot tizimini tuzishning vazifalari hamda bosqichlari.






1.Byudjetlashtirish va uning korxona faoliyatini rejalashtirishdagi o’rni.

Biznesning murakkablashishi va atrof muhit (ijtimoiy, iktisodiy, texnolo-gik,siyosiy) ning o’zgarishi natijasida bundan buyon ham xo’jalik sub’ekti har doimgidek ishini amalga oshirishi orqali samarali faoliyat yurita oladimi degan savol turadi. Xo’jalik sub’ekti kelgusida yetarli darajada daromad olishi uchun albatta qilinajak ishlarni rejalashtirib olishi lozim.


Uzoq muddatli rejalashtirish bu shunday faoliyat turiki, bunda kelgusida firma qilishi va amalga oshirishi lozim bo’lgan yo’nalishlarni izlab topish talab etiladi. Korporativ reja tuzilayotganda odatda quyidagi savol beriladi: «10 yildan keyin xo’jalik sub’ekti holati qanday bo’ladi va biz o’z o’rnimizni qaerda ko’ramiz?»
Uzoq muddatli rejalashtirishning korxona byudjetini tuzishdagi ahamiyati juda katta, negaki:
(a) ko’zlangan uzoq muddatli vazifalar mavjud bo’lmasa, u xolda amalga oshirilgan harakatlarni baholash mezoni bo’lmay qoladi. Rahbarlar nimaga erishishi kerakligini bilmay qoladilar.
(b) faoliyat ko’rsatkichlarini baholash yuzaki tarzda «o’tgan yildan yaxshi/yomon» tarzida amalga oshirilishi mumkin; bu holatda xech kim biznesning potentsialini to’g’ri baholay olmaydi.

Yüklə 73,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin