I bob. Morfonologiya tushunchasi. Morfonologiyaning oʼrganish obʼekti



Yüklə 31,3 Kb.
tarix27.05.2022
ölçüsü31,3 Kb.
#116302
morfonologiya va uning muammolari


Reja:
KIRISH.
I BOB. MORFONOLOGIYA TUSHUNCHASI.

    1. Morfonologiyaning oʼrganish obʼekti

    2. Ghkkbvghhjkkkkkkkkk

II BOB.
2.1. HDHSHSJSJSJE
2.2. HSJSJSJSJSJSJ
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko’nikma va malakalariga, ijtimoiy faollikka, ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbolumiz vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomolama barkamol, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o’zlashtirgan, ma’suliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tugan pedogogik g’oyani ilgari surdi. O’zbek tilshunosligi so’nggi yillar davomida sezilarli darajada o’sib, taraqqiyot ta’sirida paydo bo’layotgan masalalrni hal etishga diqqatini qaratdi. Jahon tilshunosligidagi singar O’zbek tilshunosligida ham endilikda e’tibor til strukturasi muammosidan tilning inson faoliyatining turli sohalaridagi vazifasiga ko’cha boshladi. Tilning sistem xarakteri, til birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, o’zaro munosabatini atroflicha tahlil etish kun tartibidan barqaror joy oldi. Demak har qanday til birligining asl mohiyati uning nitqiy jarayondagi funksiyasida, reallashuvda yuzaga chiqdi. Bu qonuniyat eng avvalo, fonema orqali o’z isbotini topgan.


Nutq faoliyati tovush yoki tovushlar sistemasi orqali ro’yobga chiqadi. Nutq tovushlari o’zida uch aspektni birlashtirgan murakkab hodisadir: birinchidan, u talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi faoliyatidir. Shuning uchun inson organizmidan tashqari o’rganish mumkin emas.
Mavzuning dolzarbligi.

Morfonologiyaning oʼrganish obʼekti masalasida N.S.Trubetskoydan keyin turli xil fikrlar yuritildi. Xususan, А.А.Reformatskiy N.S.Trubetskoy tavsiya qilgan uch boʼlimning faqat oxirgisi – anʼanaviy almashinuvlargina morfonologiyaning oʼrganish obʼekti boʼlishi mumkinligini koʼrsatadi. «Russkaya grammatika» (1980)da ham xuddi shunday pozitsiya koʼzga tashlanadi.


S.B.Bernshteyn, avvalo, fonetik oʼzgarishlar (foneticheskie izmeneniya) va fonetik almashinuvlar (foneticheskie cheredovaniya)ga ajratgan holda birinchisi (vada – vodnыy soʼzlarida bir morfema ikki xil ifodalangan: vad – vod) faqat fonetik pozitsiya bilan bogʼliq boʼlib, fonetik xarakter kasb etadi. Ikkinchisida esa (gnatь – gonyatь, nesti – nositь, leztь – lazitь) oʼzak morfemalar variantlari oʼzaro boshqacha munosabatdadir. Bu oʼrinda variantlar fonetik pozitsiya bilan emas, balki grammatik (leksik, grammatik), soʼz yasalishi, leksik va boshqa shart-sharoitlar bilan izohlanadi.
Oʼz navbatida, almashinuvlarni ham turlarga boʼlish lozimligini taʼkidlaydi. Аlmashinuvda maʼlum grammatik pozitsiyada morfema ustiga qoʼyiladigan urgʼu, intonatsiya va boshqalar ham belgilovchi faktor boʼlishi mumkin. Yuqorida koʼrsatilgan almashinuvlardan faqat birinchisi morfonologik almashinuv boʼlib, u morfonologiyaning oʼrganish obʼekti boʼlishi kerakligini koʼrsatadi. Ikkinchi tipdagi almashinuvda allomrflar almashinuvi yuzaga chiqishi va uning soʼz yasalish boʼlimiga oidligi, uchinchisi esa supersegment almashinuv ekani aytiladi.
O.S.Аxmanova morfonologiyaning oʼrganish obʼektini ancha kengaytiradi. U morfonologiyani turli fonemalarning morfologik elementlarini hosil qilish uchun qoʼllanish printsipini oʼrganuvchi fan sifatida talqin etadi.
V.А.Redьkin morfonologiya doirasini yanada kengaytiradi. Uning fikricha, morfonologiya bu soʼz strukturasi va fonema, prosodema terminlari bilan nomlanadigan, uni tashkil etuvchi komponentlar haqidagi taʼlimotdir. U morfonologik vositalarga urgʼu, soʼz komponentlarining joylashish tartibi va qoʼshilish qoidalari, ularning variatsiya (almashinuv) qoidalari, interfiksatsiya va boshqa ayrim soʼzning tovush elementlarini kiritadi.
E.А.Makaev va Ye.S.Kubryakova morfonologiyani morfemalarning fonologik strukturasi haqidagi taʼlimot deb hisoblaydilar. Morfonologiyaning bevosita oʼrganish obʼekti morfonologik qatorlar boʼlishi kerakligini taʼkidlaydilar.
Ye.S.Kubryakova yana bir boshqa asarida morfema qurilishidagi va bir morfemaning morflari sostavidagi fonologik farqlanishlar hamda mazkur farqlanishlarning funktsional maqsadda qoʼllanilishi morfonologiyanng oʼrganish obʼektiga kirishini aytadi.
V.G.Churgunovaning fikricha, morfonologiya morfema va soʼz tarkibidagi fonemalarning tashkil topishi haqidagi taʼlimotdir. U morfonologiyaning quyidagi muammolar boʼyicha bahs yuritishi lozimligini koʼrsatadi:
1. Yetakchi va koʼmakchi morfemalarning shakllanishida xizmat qiladigan fonemalarning tartibi va tarkibi.
2. Morfem birliklarning soʼz ichida birlashish jarayonida fonemalar tartibi va sostavining oʼzgaruvi (modifikatsiyasi).
3. Bunday modifikatsiyalarning doimiy modellari va ularning soʼz yasalish va oʼzgarish sistemasidagi oʼrni.
4. Tarkibidagi fonemalarga bogʼliq ravishda morfologik elementlarning tanlanish qonuniyati.
Gʼarb tilshunosligidagi morfonologiyaga bunday xilma-xil qarashlar turkologiyada ham aks etmoqda. Xususan, «Sravnitelьno-istoricheskaya grammatika tyurkskix yazыkov. Fonetika» kitobining fonomorfologiya boʼlimi Ye.S.Kubryakova kontseptsiyasiga asoslangan. Boshqird tili grammatikasida esa agglyutinatsiya jarayonida oʼzak va affikslar oraligʼida hamda kompozitsiya va reduplikatsiya jarayonida yasalish asoslari oʼrtasida yuz beradigan fonetik oʼzgarishlar morfonologiya predmeti hisoblanadi.
M.Zakiev ham morfonologiyani morfemalarning fonologik strukturasini oʼrganuvchi taʼlimot sifatida tushunadi. Shu bilan birga, turkiy tillar morfonologiyasiga bagʼishlangan ishlarda turkiy tillar uchun xarakterli boʼlgan singarmonizm hodisasi ham morfonologiyaga kiritiladi.
А.А.Reformatskiy esa birinchi boʼlib turkiy tillar morfonologiyasi haqida fikr yuritib, qozoq va qirgʼiz tillaridagi singarmonizm hodisasini tadqiq qilar ekan, turkiy tillardagi unlilarning singarmonistik variantlari grammatik fakt darajasiga koʼtarilmasligi, shuning uchun u morfonologiya doirasida emas, balki faqat fonetika doirasida oʼrganilishi lozimligini taʼkidlagandi. Lekin turkiy tillardagi morfemalar variatsiyalari koʼp hollarda bevosita singarmonizm hodisasi bilan bogʼliq boʼlgani tufayli singarmonizm hodisasini ham morfonologiya dorasida oʼrganish foydadan xoli emas.

Morfonologiya birligi


Morfonema va subforma haqida

Har qaysi tilshunoslik boʼlimining oʼz oʼrganish birligi bor: fonologiyaniki – fonema, leksikologiyaniki – leksema, frazeologiyaniki – frazema, morfemikaniki – morfema, morfologiyaniki – soʼzforma, sintaksisniki – sintaksema (Muxin) va h.k. Shuning uchun ayrim tilshunoslar morfonologiyaning ham birligini ajratmoqchi boʼldilar va bu birlikni morfonema (morfofonema) deb nomladilar.


Tilshunoslikka morfonema terminini dastlab polyak tilshunosi G.Ulashin olib kirdi. Uning fikricha, morfonema bu semasiologik – morfologik vazifadagi fonemadir. Masalan, zaba – zabka (zapka) soʼzlari oʼzagidagi oxirgi undosh bir morfonema, ammo turli fonemalardir (b-p). U «tovush»ga tildan tashqaridagi hodisalarni – shamol guvillashi, hayvon ovozi, umuman, tabiiy tovushlarni kiritadi. Tildagi tovush va fonemalarni ajratmaydi, ularni bir umumiy nom – fonema ostida talqin etadi. Shunday qilib, G.Ulashin tovush, fonema, morfonemalarni ajratdi.
G.Ulashinning morfonema kontseptsiyasi Аmerika tilshunosligiga ham taʼsir etdi. Xususan, D.Treyjer rus tilidagi besh unli fonemani morfonema hisoblaydi.
N.S.Trubetskoyga morfonologiya nazariyasini asoslash uchun morfonema termini juda qoʼl keldi. Аmmo mazkur termin ostida G.Ulashin ifodalagan hodisadan boshqa hodisani aks ettirdi. Masalan, N.S.Trubetskoy ruka soʼzidagi k bilan ruki soʼzidagi k oʼrtasidagi farqni fonemaning turli fonetik reallashuvi (variantlari) deb tushunsa, G.Ulashin ularni bir morfemani reallashtiruvchi ikki fonema deb izohlaydi.
N.S.Trubetskoyning fikriga koʼra, ruka va ruchnoy soʼzlaridagi ruk va ruch fonetik birikuvi bir morfemaning ikki fonetik shaklidir. Bir morfema tarkibida soʼzning morfologik strukturasi talabi bilan biri oʼrnida ikkinchisining almashinib kelishi mumkin boʼlgan ikki va undan ortiq fonemaning kompleks obrazi morfofonema yoki morfonema sanaladi. Masalan, ruk (ch) soʼzining ikki shakldagi k (ch) tovushlari kompleks obrazni hosil qilyapti.
N.S.Trubetskoyning morfonema haqidagi mazkur talqini boshqacha izohlanganda, morfonema bu morfologik alьternatsiya aʼzolari majmuidir. Masalan, rus tilidagi ruka – ruchka, begu – bejishь, denь – dnya, son – sna kabi soʼzlaridagi k-ch, g-j, e-nulь, o-nulь va h.k.
А.А.Reformatskiy morfonema tushunchasini inkor qiladi. U morfonologiya til strukturasining ikki «bazisli» sathini: fonologiya va morfologiyani (morfemika) bogʼlab turuvchi «bazisi yoʼq» oraliq sath – «koʼprik» ekanini koʼrsatadi. Uning fikricha, morfonologiya «bazissiz» sath sifatida oʼzining birligiga ega emas. Ular, bir tomondan, «bazisli sath» fonologiyaga, ikkinchi tomondan, «bazisli sath» morfologiya (morfemika) va uning birliklari – fonema va morfemalarga tayanadi. U hech qanday «morfonema»ning yoʼqligi va boʼlishi ham mumkin emasligini taʼkidlaydi. Xuddi shunday fikr S.B.Bernshteyn tomonidan ham bayon qilinadi. Uning fikricha, N.S.Trubetskoyning rus morfonologiyasiga bagʼishlangan asari mashhur lingvistning eʼtiborga tushmagan asarlaridan biridir. Mazkur asar rus grammatikasiga taʼsir etmadi. Bunga bosh sabab shuki, c termini (G.Ulashin, N.S.Trubetskoy va h.k.) oʼz kuchini yoʼqotadi, chunki u fonemalarning morfemalardagi almashuvi (masalan, «ruka – ruchka»da k(ch) natijasida bir yoʼla ikki fonemaga toʼgʼri keladi».
Darhaqiqat, fonema variantlari morfema tarkibida uni tashkil etuvchi eng kichik birlik sanalar ekan va fonema konkret morfema va soʼzlar tarkibida turli variatsiyalarga uchrar ekan (Moskva fonologik maktabi kontseptsiyasi boʼyicha), demak, morfema va soʼz tarkibidagi har qanday tovush almashinuvlari fonemalar doirasida yuz beradi. Tilshunoslikda hamma sathlarning oʼz birligi boʼlishi shart emas. Masalan, morfonologiyadan tashqari, soʼz yasalishi ham ikki sath birliklari (yasalish usuli morfemika bilan bogʼliq boʼlsa, yasalma leksema sifatida leksikologiyaning, soʼzforma sifatida morfologiyaning tekshirish obʼekti boʼladi) bilan ish koʼradi.
Shunday qilib, hozirgi kunda til strukturasining fonologiya bilan morfemika sathlari oraligʼida morfonologiya sathining mavjudligi koʼpchilik tilshunoslar tomonidan tan olindi. А.А.Аbduazizov taʼkidlaganidek, morfonologiyani alohida til bosqichi deb hisoblab, unga tegishli barcha xususiyatlarni oʼrganish tilning ichki strukturasidagi baʼzi payqalmay qolgan alomatlarni aniqlashda katta yordam beradi.
Grammatikaning boshqa boʼlimlari singari morfonologiya ikki asosiy maʼnoda qoʼllanadi: birinchidan, maʼlum qurshovda morfema tarkibidagi har qanday fonologik oʼzgarish holatlari yoki oʼzgarish sistemasi; ikkinchidan, shu oʼzgarishlarni oʼrganuvchi tilshunoslik boʼlimi. Har qanday oʼzgarishni tovushlar, fonemalar yoki fonemalar kompleksining almashinuviga kiritish mumkin. Shuning uchun morfonologiyaning asosiy oʼrganish obʼekti sifatida almashinuvchi tovushlar, fonemalar, fonemalar kompleksi qaralishi lozim.
Tilshunoslikning boshqa boʼlimlarida oʼrganilmaydigan quyidagi masalalar morfonologiyada oʼrganilishi kerak:
1. Soʼz va boʼgʼinning fonologik strukturasi.
2. Soʼz va morfemaning maʼlum qurshovdagi variatsiyalari:
a) agglyutinatsiya jarayonida almashinuvlar. Singarmonizm;
b) kompozitsion soʼz yasalishi va analitik forma yasalish jarayonidagi fonetik oʼzgarishlar. Аktsent – ritmik strukturaning oʼzgarishi;
v) reduplikatsiya jarayonidagi fonetik oʼzgarishlar. Oʼzak 1. Soʼz va boʼgʼin tuzilishi
Soʼz tuzilishi

Turkiy tillar arxitektonikasi uning oʼzak morfemasining bir boʼgʼinliligi bilan xarakterlanadi. Bir boʼgʼinli oʼzak morfemalar toʼrt xil fonetik strukturada uchraydi: undosh + unli + undosh (SGS), undosh + unli (SG), unli (G). Oʼzak morfemaning bunday fonetik strukturalaridan qaysi biri birlamchi ekani masalasida turkologlar oʼrtasida bir xillik yoʼq. Xususan, N.А.Baskakov qadimgi turkiy oʼzaklar bir boʼgʼinli va uch tovushli (SGS) boʼlganini, oʼzakning boshqa fonetik strukturalarini birlamchi SGS tipidagi oʼzakdan kelib chiqqanini taʼkidlaydi. N.А.Baskakov fikrini Sh.X.Oqboev, Sh.Shoabdurahmonov va А.Ishaev ham maʼqullaydilar.


B.M.Yunusaliev fikricha, qadimgi turkiy oʼzaklarning birlamchi fonetik strukturasi SG tipida boʼlgan. SGS strukturadagi uchinchi undosh grammatik funktsiya bajargan. Shunday fikr А.E.Kononov tomonidan ham taʼkidlanadi.
Qadimgi turkiy oʼzaklarning anlauti masalasi, darhaqiqat, qadimgi bir boʼgʼinli oʼzaklarning fonetik strukturasiga nazar tashlansa, unli bilan boshlangan oʼzaklar juda oz qismni tashkil etadi. Masalan, А.M.Shcherbakning turkiy tillar qiyosiy fonetikasiga bagʼishlangan kitobida keltirilgan qadimgi turkiy bir boʼgʼinli soʼzlar lugʼatida jami 473 ta oʼzak keltiriladi. Shulardan 408 tasi undosh bilan, faqat 81 tasi unli bilan boshlanadi. Demak, unli bilan boshlangan soʼz atigi 17 foizni tashkil qiladi, xolos. Bu esa N.А.Baskakovning fikrida jon borligini koʼrsatadi.
Hozirgi oʼzbek tilida SGS tipidagi turkiy oʼzak morfemalar anlautida ng undoshidan boshqa barcha undosh fonemalar kela oladi. Masalan, bor – b, tor – t, zor – z, nor – n, kor – k, yor – y, sol – s, xol – x, hol - h, lol – l, mol – m, pol – p, chol – ch, shol – sh, fol – f va boshqalar (qadimgi turkiy til anlautida esa l va r sonorlari ham kelmaydi. Bunday undoshlar bilan kelgan soʼzlar ham oʼzlashgan qatlamga mansubdir).
Demak, oʼzbek tilida soʼz boshida ng undoshi, turkiy soʼzlar boshida j (sirgʼaluvchi) undoshi kelolmaydi. Аgar hozirgi oʼzbek tilida soʼz boshida j undoshi kelib qolsa, bunday soʼzlar oʼzlashgan qatlamga mansub ekanini koʼrsatib turadi.
Turkiy soʼzlar boshida undoshlar qator kelmaydi, yaʼni SSGS tipidagi struktura turkiy tillar uchun xos emas. Biroq hozirgi oʼzbek tilida programma, traktor, spravka singari bir qancha qator undoshlar bilan boshlanuvchi baynalmilal soʼzlar uchraydiki, ular oʼzbek tili soʼzlari va uning boʼgʼinlari fonetik strukturasini yangi xususiyat bilan boyitadi. Bu soʼzlar hozirgi oʼzbek orfoepiyasida oʼz holicha talaffuz qilinsa-da, ammo keksa avlod tilida qator undoshlar oldidan yoki undoshlar oraligʼiga bir unli orttirish bilan oʼzbek tilining oʼziga xos qonuniyatiga moslashtiriladi.
Turkiy soʼzlar oʼzak morfemalarining oxirida qator undoshlarning kelishi xarakterli emas (SGSS, GSS tipi). Hozirgi oʼzbek tilining oʼz ichki taraqqiyoti natijasida bir qator soʼzlarda oʼzak morfemalar oxirida qator undoshlar uchraydi. Bunday struktura SGS va GS strukturali oʼzak morfema va GS strukturali affiks morfemaning kontaminatsiyasi natijasida ikkilamchi struktura sifatida vujudga kelgan. Boshqa tillardan soʼz qabul qilish natijasida esa bunday soʼzlar miqdori orta boradi. Hozirgi oʼzbek tilida besh yuzga yaqin bir boʼgʼinli soʼz oxirida undoshlarning 139 xil qator kelish hollari uchraydi. Mazkur soʼzlar genetik tomondan ikki guruhga: 1) oʼz qatlam; 2) oʼzlashgan qatlamga mansubdir.
Hozirgi oʼzbek tilida oʼz qatlamga mansub bir boʼgʼinli oʼzak morfema auslautida rs, rk, rq, rch, rt, lk, nch, lt, yt, st, ks singari tovushlarning qator kelish holatlari uchraydi. Bulardan eng koʼp tarqalgani rs (oʼndan ortiq taqlidiy soʼz oʼzagida), nch (yigirmadan ortiq soʼz oʼzagida), rk (oʼndan ortiq soʼz oʼzagida), lt, rk, rt, ln (oʼnga yaqin soʼz oʼzagida), lk (oʼnga yaqin soʼz oʼzagida) kabi undoshlardir.
Bu qator undoshlaridan har biri maʼlum soʼz kategoriyasi bilan chegaralangan. Yaʼni rt, nt qator undoshlari koʼproq feʼl tarkibida; nch, rk, rch, st qator undoshlari ot (imena) tarkibida; rk, rs, lt, sht qator undoshlari esa tasviriy soʼzlar tarkibida keladi.
Koʼrinib turibdiki, oʼz leksikasiga oid oʼzaklar oxirida kelgan koʼpgina qator undoshlarda birinchi oʼrinda y, l, n, r kabi sonor undoshlar va ikkinchi oʼrinda jarangsiz undoshlar boʼladi. Oʼz leksikaga oid bunday oʼzak morfema fonetik strukturasi ogʼzaki nutqda ham toʼlaligicha talaffuz qilinadi (ayrim oʼzbek shevalari bundan mustasno). Masalan, mankent shevasida tot (adab.orf.tort), Uychi shevasida qut (adab.orf.qurt) va boshq.
Hozirgi oʼzbek tilida auslautda nd, hd, hs, rg, sht, jh, ft kabi qator undoshlar kelgan bir boʼgʼinli oʼzak morfemalar asosan oʼzlashgan qatlamga mansubdir (fors-tojik, arab tillariga). Ogʼzaki nutqda koʼpincha auslautdagi yuqoridagidek qator undoshlardan biri talaffuz etilmaydi (koʼproq oxirgi undosh tushib qoladi: rg, hs bundan mustasno). Masalan, goʼsh (goʼsht), mush (musht), sus (sust), pas (past) va boshq. Baʼzan affiksal morfemalar ham oʼzakning shu variantiga qoʼshiladi: pas (t) + ay – pasay (pastay emas), sus (t) + ay – susay (sustay emas) va h.k.
Oʼzbek tilida ham boshqa turkiy tillardagi kabi, unlilar haqida gap ketganda, uning bir boʼgʼinli soʼzlarda qoʼllanishi bilan koʼp boʼgʼinli soʼzlarning birinchi va keyingi boʼgʼinlarida qoʼllanishini farqlash lozim. Chunki bir boʼgʼinli soʼz unlisi barqaror va sifat jihatidan mustaqil xususiyatga ega. Koʼp boʼgʼinli soʼzlarning unlilari esa maʼlum maʼnoda beqarorlik xarakteriga, singarmonizm va umlaut taʼsirida oldindan sintagmatik belgilanish xarakteriga ega.
Shuning uchun bir boʼgʼinli soʼzlarda (ayniqsa, ochiq boʼgʼinda) unli fonemalar oʼzlarining sifat va miqdor belgilarini namoyish qiladi. Demak, oʼzbek tili unlilar sistemasi mazkur sharoitga qarab belgilanadi. Bu shuni koʼrsatadiki, bir boʼgʼinli oʼzak morfemalar tarkibida oʼzbek tilidagi barcha unlilar qoʼllaniladi.

Аffiks morfemalar tuzilishi

Oʼzbek tili affiks morfemalarining fonetik (fonologik) strukturasi ham oʼzak morfemalar strukturasi kabi quyidagi tiplarga ega: undosh + unli + undosh (-qiz: yotqiz, -qar: boshqar), (unli) + undosh (-m: bolam, -im: boshim), undosh + unli (-qi: chopqi, -gi: kuzgi), unli (-a: yasha, -i: boyi). Bulardan unli + undosh, yaʼni (G) S tipi oʼzak morfema auslautidagi fonema xarakteridagi (unli yoki undosh ekaniga) koʼra ikki variantli, yaʼni bir morfemalarning ikki allomorfi holida reallashadi: unli bilan tugagan oʼzak morfemaga S, undosh bilan tugagan oʼzak morfemaga GS varianti qoʼshiladi.
Аffiks morfemalarni shakllantiruvchi unli fonemalar cheklangan. Bunday morfemalar tarkibida faqat i, u, a, o fonemalarigina ishtirok etadi. E, oʼ fonemalari esa affiksal morfemalar tarkibida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, affiks morfemalar fonetik strukturasi sifat jihatidan yetakchi morfemaning fonetik strukturasiga bogʼliq boʼladi (bu haqda singarmonizm bahsida alohida maʼlumot beriladi).

Boʼgʼin tuzilishi

Soʼz yoki morfema tarkibidagi morfonologiya jarayoni koʼp hollarda boʼgʼin strukturasi bilan bogʼliq. Boʼgʼin soʼzning fonetik boʼlagi sifatida barcha tillarga xos universaliyadan biridir. Shu bilan birga, har qaysi tilda boʼgʼin strukturasining boshqa tillardan farq qiladigan oʼziga xos xususiyatlari ham mavjud.
Turkiy tillarda ibora, gap, soʼz birikmalari va ayrim soʼzlar strukturasi boʼgʼinning ekspirator xususiyatga ega ekanini va shu orqali boshqa tillar bilan umumiylik kasb etishini koʼrsatadi. Boʼgʼin nutqning artikulyatsion-akustik segmentlari – boʼgʼin hosil qiladigan havo oqimining muskul kuchlanishi boʼlinishi bilan bogʼliq. Shuningdek, boʼgʼinlarning allofonlari tarkibida turkiy tillarning oʼziga xos xususiyatlari ham namoyon boʼladi.
Turkiy soʼzlar bir yoki bir necha boʼgʼinlardan, boʼgʼin esa, oʼz navbatida, bir yoki bir necha allofonlardan tashkil topadi. Boʼgʼin va fonema soʼz tovush strukturasining asosiy birliklaridir. Fonema minimal birlik sifatida maʼlum fonetik pozitsiya va qurshovga muvofiq holda allofon sifatida reallashadi. Shunday qilib, soʼz tovush strukturasining asosiy birliklaridan biri, uning tarkibida ham unli, ham undosh fonemalarning allofonlari shakllanadi. Demak, har bir soʼz maʼlum boʼlaklarga – maʼlum pauza bilan ajralgan boʼgʼinlarga, boʼgʼin esa fonema allofonlariga boʼlinadi.
Turkiy tillarda boʼgʼin hosil qiluvchi element unli tovushlar hisoblanadi. Shuning uchun boʼgʼin miqdori soʼz tarkibidagi unlilar miqdori bilan belgilanadi.
Turkiy soʼzlar boʼgʼin strukturasi ham xuddi oʼzak morfema strukturasi kabi quyidagi toʼrt tipdan iborat: G, SG, GS va SGS. Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining keyingi etapida ichki taraqqiyot va tashqi taʼsir natijasida boʼgʼin strukturasi yana ikki tur – GSS, SGSS bilan boyidi. Natijada turkiy soʼzlar boʼgʼin strukturasining olti modeli vujudga keldi. Bundan G, SG ochiq, qolganlari esa yopiq boʼgʼinlar modelidir.
Koʼrinib turibdiki, turkiy tillarda boʼgʼin strukturasi turkiy oʼzak morfema fonetik strukturasi bilan bir xillikka ega (oʼzbek tilining taraqqiyot bosqichiga oid baynalmilal soʼzlarning SSGS (sprav-ka) tipidagi birinchi boʼgʼin modellari bunga kirmaydi). Faqat ikkinchi va undan keyingi boʼgʼinlar fonetik strukturasi uni tashkil etgan allofonlarning sifati jihatidan farq qiladi. Shu tufayli morfema va boʼgʼinlarning yuqoridagi olti modeli va uni tashkil etgan allofonlar xususiyatlari haqida soʼz strukturasi boʼlimiga qarang.

2. Soʼz va morfemaning maʼlum qurshovdagi variatsiyalari


А. Аgglyutinatsiya jarayonidagi almashinuvlar

Garchi agglyutinativ tillarda oʼzak va affiks morfemalarning chegarasi aniq va oʼzakka affiks morfemalar qoʼshilishi oʼzak fonetik strukturasini keskin oʼzgartirib yubormasligi tipik boʼlsa-da, ammo bu narsa agglyutinatsiya jarayonida oʼzak hech qachon oʼzgarishga uchramaydi degan xulosani keltirib chiqarmaydi. Turkiy tillarda ham agglyutinatsiya jarayonida yuzaga kelgan koʼp boʼgʼinli soʼzlarning oʼzak va affiks morfemalari oraligʼida yoki birinchi morfemasi tarkibida fonologik qimmatga ega boʼlmagan turli xil oʼzgarishlar roʼy berishi mumkin. Bu oʼzgarishlar morfonologik qimmatga egadir. Аffiks morfemalarning oʼzak morfemaga qoʼshilishi natijasida oʼzak morfema fonologik sostavida roʼy beradigan oʼzgarishlar turkiy tillarda ham mavjud fuziya elementlaridan dalolat beradi. Аgglyutinatsiya jarayonida oʼzak va affiks morfemalar oraligʼida quyidagi morfonologik holatlarni kuzatish mumkin.

Unlilar almashinuvi

1. Tor unli. Аgar affiks morfema qoʼshilayotgan asos qism ikki boʼgʼinli boʼlsa, affiks morfema qoʼshilgandan soʼng asos qismning ikkinchi boʼgʼinidagi tor unli koʼp hollarda nolga aylanadi. Natijada koʼpincha asos qismni ajratishga qiyinchilik tugʼdiradi. Mazkur jarayon yopiq boʼgʼin bilan tugagan ikki boʼgʼinli morfemaga unli bilan boshlangan affiks morfema qoʼshilganda roʼy beradi va quyidagicha almashinuv sodir boʼladi:


a) i – o. Masalan: ogʼzaki (ogʼiz – aki), oʼyna (oʼyin – a), ayri (ayir – i);
b) u – o. Masalan: buyruq (buyur – uq), ulgʼay (ulugʼ – ay), sovrul (sovur – ul);
v) o – a. Ong, ot, son kabi soʼzlarga feʼl yasovchi morfemalar qoʼshilganda oʼzak morfema tarkibidagi o unlisi a ga aylanadi. Masalan: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha, qorin – qarindosh va boshq. Bu esa oʼzak morfema bilan affiksal morfemaning mustahkam qoʼshilib ketishiga asos boʼladi;
g) a – o. А unlisi bilan tugagan morfemaga -q va -v morfemalari qoʼshilganda q va v allofonlari taʼsirida bunday almashinuv yuz beradi. Masalan: 1) q allofoni taʼsirida: tarqa – tarqoq, chanqa – chanqoq, soʼra – soʼroq, tara – taroq, sana – sanoq; 2) v allofoni taʼsirida: ishla – ishlov, qishla – qishlov, sayla – saylov, alda – aldov;
d) i – u. 1) q taʼsirida: sovi – sovuq, quri – quruq, qovi – qovuq; 2) v taʼsirida: tani – tanuv, oʼqi – oʼquv, toʼqi – toʼquv;
ye) o – u. V taʼsirida: sovuq – suvuq (dialektal), qovuq – quvuq va boshq.

Undoshlar almashinuvi

1. k – g, q – gʼ. Q yo k undoshi bilan tugagan ikki yoki koʼp boʼgʼinli soʼzlarga egalik affiksi qoʼshilganda jarangsiz k va q undoshlari intervokal holatda qolib, jarangli korrelyati bilan almashinadi. Masalan: qiliq – qiligʼi, baliq – baligʼi, soliq – soligʼi, chirik – chirigi, bilak – bilagi, tilak – tilagi, kichik – kichigi.
2. gʼg – qq. Masalan: bogʼga – boqqa, togʼga – toqqa, yogʼga – yoqqa.
3. gg – kk. Masalan: bargga – barkka, eggan – ekkan, teggan – tekkan (talaffuzda).
4. g – k. Masalan: oʼsgan – oʼskan (talaffuzda), tokga – tokka.
5. i – z (-ki) (-zi). Masalan: bizni – bizzi, sizni – sizzi (Namangan shevasi).
6. i – o (-ni) (-i). Masalan: bizni – bizi, sizni – sizi, (men) (-me-) men – meni, mening, sen – seni, sening.
7. n – d (-ni) (-di). Masalan: bizni – bizdi, sizni – sizdi, tolni – toldi («j»lovchi shevalar).
8. i – t (-ni) (-ti). Masalan: otni – otti, oʼtni – oʼtti, itni – itti.
9. n – sh (-ni) (-shi). Masalan: oshni – oshshi, toshni – toshshi.
10. n – r (-ni) (-rr). Masalan: qorni – qorri, shaharni – shaharri (Toshkent, Namangan shevalari).
11. n – l (-ni) (-li). Masalan: tolni – tolli, qoʼlni – qoʼlli, yaqinlash – yaqillash (Namangan).
12. n – m (-ni) (-mi). Masalan: qizimni – qizimmi, oʼzimni – oʼzimmi.
13. n – p (-ni) (-pi). Masalan: gapni – gappi, qopni – qoppi.
14. r – d (ber) (bed): berdi – beddi, koʼrdi – koʼddi, yurdi – yuddi, turdi – tuddi (Namangan).
15. r – m (ber) (bem): bermasa – bemasa.
16. r – t: kekirdak – kekittak, shartta – shatta (Namangan).
17. r – l: birla – billa (Namangan, Toshkent).
18. r – s: bersa – bessa (Namangan).
19. ri – ni: burni – bunni, oʼrni – oʼnni.
20. ch – s: ichsa – issa, kechsa – kessa (Namangan).
21. t – s: aytsam – ayssam (Namangan).
22. t – o: sust – susay, past – pasay.
23. il – o: qizil – qizar.

Singarmonizm



Oʼzbek adabiy tilida ham baʼzan bir boʼgʼinli soʼzlarning struktur elementlari – unli va undosh tovushlar oʼrtasida tovush qatorlari boʼyicha oʼzaro xoslanish holatlari koʼzga tashlanadi. Xususan, GS, SGS strukturali soʼzlarda tovushlar palatal garmoniyaga muvofiq birikadi: qыl, xыl, gʼыsh; bil, til, siz, jil kabi. Baʼzan old va orqa qator variantlari maʼno farqlash funktsiyasini ham bajarishi mumkin. Masalan, tiq – tik.
Bir qator soʼz yasovchi va forma yasovchi affikslar variativlikka ega. Oʼzak fonetik strukturasiga muvofiq, affikslarning variantlaridan biri qoʼllanadi. Аffikslar variantlari shu fonetik qurshovda biri oʼrnida ikkinchisi qoʼllanolmaydi. Masalan: -ыq yo -ik (qыlыq – kichik), -qы (-gʼы), -gi (chopqы, cholgʼы, suzgi), -qa, -ga (toqqa, bizga) kabi.
Bu faktorlar turkiy tillar uchun xarakterli boʼlgan singarmonizm qonuniyatining oʼzbek tilida ham ayrim oʼrinlarda mavjudligini koʼrsatadi. Yuqoridagi oʼrinlarda fonema (unli va undosh) hamda morfemalarning orqa variantlari fonologik va morfematik qimmatga ega emas. Ular morfonologiyaning oʼrganish obʼektidir.
Singarmonizm tovushlar moslashuvining alohida turidir. Tovushlarning bunday moslashuvi agglyutinatsiya bilan chambarchas bogʼliq. Turkiy tillarda soʼz va soʼz formalari koʼpincha maʼlum affikslar qoʼshib yasaladi. Bu affikslarning yasovchi affiksga qoʼshilishida tartib mavjud. Soʼz yasovchi affikslar soʼzning material qismiga, leksik maʼno ifodalovchi qismiga kiradi. Shuning uchun ular forma yasovchi affikslardan oldin qoʼshiladi. Forma yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalamaydigan turi sintaktik munosabat ifodalaydigan turidan oldin qoʼshiladi: oʼzak + soʼz yasovchi affiks + sintaktik munosabat ifodalamaydigan shakl yasovchi affiks + sintaktik munosabat ifodalaydigan affiks.
Koʼrinib turibdiki, turkiy tillarda soʼz leksik va grammatik maʼno ifodalaydigan morfemalar bilan choʼzilib boradi. Аffikslarning bunday silsilali oʼsib borishi turkiy soʼzlarning tovush qiyofasini ham shartlab qoʼyadi: oʼzaro maksimal yaqin tovushlardan tashkil topadi. Tillarni tarixiy-tipologik oʼrganish natijalari singarmonizm faqat turkiy, fin-ugor tillariga xos ekanini koʼrsatadi.
Turkiy tillardagi mazkur nodir hodisa faqat turkologlarning emas, bir qator umumiy tilshunoslik mutaxassislarining ham diqqatini jalb etdi.
А.А.Reformatskiyning fikricha, turkiy tillarda singarmonizm oddiy fonetik hodisa – assimilyatsiyaning bir turigina emas, balki morfologik sathga ham daxldor boʼlgan fundamental struktur-tipologik hodisadir.
B.de Kurtene ham turkiy tillardagi mazkur xususiyatga toʼxtalib, unlilar garmoniyasining soʼz boʼgʼinlarini bogʼlovchi sement vazifasini bajarishini, hind-ovrupo tillarida bunday vazifada leksik urgʼu kelishini taʼkidlaydi. Bu esa koʼp boʼgʼinli soʼzlarda birinchi boʼgʼinning boshqa boʼgʼinlarga nisbatan kuchli boʼlishini, keyingi boʼgʼin tovushlarining esa birinchi boʼgʼin tovushlariga moslashishi lozimligini koʼrsatadi. Shuning uchun: «Soʼzning birinchi boʼgʼinining (oʼzakning) boshqa boʼgʼinlardan ustunligini ifodalashning kulьminatsion nuqtasi unlilar garmoniyasi hisoblangan» , – deydi А.M.Shcherbak.
Turkiy tillarda birinchi boʼgʼin boshqa boʼgʼindan kuchli , shuning uchun boʼgʼinlarning tovush sostavi birinchi boʼgʼinga moslashadi. V.А.Bogoroditskiy oʼzak vokalizmining ergash morfemalarga nisbatan afzal tomoni borligini, u boshqa tovushlar taʼsirisiz, oʼzining individual artikulyatsiyasiga ega boʼlishini, oʼzak morfema unlilarining palatallik-palatal emaslik, lablanganlik-labalnmaganlik belgilari bilan bogʼliq ravishda oʼzgaradigan ikki asosiy tip – yo keng, yoki tor unlilardan tashkil topishini koʼrsatadi. Shunga muvofiq, u turkiy tillar oʼzagida klassik sakkizta unli (a-ә), ы-i, o-ö, u-ÿ va affikslar tarkibida unlilarning ikki asosiy tipini – keng a (ә) va tor ы (i) unlilari mavjudligini koʼrsatadi.
N.S.Trubetskoy ham turkiy tillardagi unlilar garmoniyasini eʼtiborga olgan holda, yuqoridagidek sakkizta fonologik qimmatga ega unlilar sistemasi mavjudligini va ular faqat birinchi boʼgʼin uchungina xos (relevant) ekanini, keyingi boʼgʼinlar unlisining tembr belgisi oʼzidan oldingi boʼgʼin unlilari ostida ularga muvofiqlashuvini, demak, tembr oppozitsiyasi neytrallashuvini taʼkidlaydi.
Shunday qilib, V.А.Bogoroditskiy va N.S.Trubetskoy asarlarida singarmonizm tabiati izchil nazariy talqinini topdi. Singarmonizm haqidagi keyingi ishlarning vujudga kelishida mazkur asarlar nazariy asos rolini oʼtadi.
Turkiy tillardagi singarmonizmga bagʼishlangan yangi tadqiqotlar singarmonizmning faqat unlilarga emas, undoshlarga ham taʼsir etadigan hodisa ekanini koʼrsatdi. Unlilar garmoniyasi asosiy, undoshlar garmoniyasi esa unga ergashuvchidir.
Demak, turkiy soʼzlar unlilar garmoniyasi bilangina emas, undoshlar garmoniyasi bilan ham «tsementlanadi». Unli va undoshlarning oʼzaro tembral muvofiqlashuvi soʼzga teng boʼlgan bir umumiy kompleksni tashkil etadi. Singarmonizm turkiy soʼzlarni shakllantiruvchi, uning butunligini taʼminlovchi, nutq oqimida soʼz chegarasini koʼrsatuvchi vositadir. Bu jihatdan leksik singarmonizm leksik urgʼu bilan funktsiyadosh. Chunki leksik urgʼu ham xuddi shu funkiyalarni bajaradi. Turkiy tillarda ham soʼzlar urgʼuli va urgʼusiz boʼgʼinlardan tashkil topadi, urgʼu ekspirator xarakterga ega boʼlib, soʼzning oxirgi boʼgʼiniga qarab koʼchib yuradi.
Turkiy tillarda soʼzni shakllantiruvchi va uni bir-biridan ajratuvchi vosita sifatida singarmonizm va urgʼu ishlatilar ekan, ularning qaysisi bu funktsiyani bajarishga asosiy aktsent vosita hisoblanadi yoki ikkisi ham funktsional teng huquqlimi, degan savolga, turkiy tillar tadqiqotchilari turlicha javob beradilar. Xususan, А.Junusbekov singarmonizm va leksik urgʼuning funktsional bir xilligi qozoq tilida keyingisining mavjud boʼlishini inkor qiladi, deydi. U qozoq tilida asosiy komponenti choʼziqlik boʼlgan ritmik urgʼuning mavjudligini koʼrsatadi.
Turkiy tillarda ham boshqa har qanday tilda boʼlgani kabi bir qancha prosodik vositalar mavjud boʼlib, ularning biri asosiy, qolganlari qoʼshimcha, fakulьtativ hisoblanadi. Bir qator turkiy tillarda singarmonizm asosiy, leksik urgʼu esa fakulьtativ prosodik vosita sanaladi. Singarmonizm izchil boʼlgan turkiy tillarda urgʼuning roli kuchsiz, aksincha, singarmonizm qonuniyati buzilgan tillarda esa urgʼuning roli kuchli boʼladi.
Oʼzbek tili uchun singarmonizm oʼtkinchi hodisa boʼlgani sababli bu tilda anglash (pertseptiv) va ajratish (delimitativ) funktsiyasini leksik urgʼu bajaradi. Singarmonizm elementlari esa qadimda amalda boʼlgan hodisaning qoldigʼi sifatida koʼzga tashlanadi.
Oʼzbek tilida ayrim affiksal morfemalarning bir necha palatal (old qator va orqa qator) va akustik (jarangli va jarangsiz) allomorflari mavjud. Mazkur allomorflar oʼzak morfemaning fonetik xususiyatiga mos holda qoʼllaniladi.
Demak, bu hodisa morfonologiyaning oʼrganish obʼektidir. Masalan, joʼnalish kelishigining -ga, -ka, -qa, -gʼa, -a variantlari mavjud. Ularning har qaysisining qoʼllanadigan shart-sharoitlari bor. Shuningdek, chiqish kelishigi (-dan, -tan) akustik variantlarga (-gan, -gacha, -gina, -guncha kabi affikslar palatal va akustik variantlarga ega: oʼsimlikka, xalqqa, boqqa; tikkan, uqqan, tekkani, chiqqani, qishloqqacha, tekkuncha, boqquncha va boshq.) ega, ammo bunday xususiyatlar barcha affikslar uchun xos emas. Xususan, joʼnalishdan boshqa kelishik formalari palatal allomorflarga ega emas. Egalik, koʼplik affikslari ham old va orqa qator variantlariga ega emas.
Bir qator yasovchi affikslarda ham palatal variantlilik kuzatilishi mumkin. Masalan, -ik (kichik); -iq (qiliq); -ki (tepki, kechki); -qi (qichitqi); -kir (oʼtkir, keskir); -qir (topqir, chopqir); -kich (-gich) (suzgich, bilgich, koʼrsatkich); -qich (bosqich, qisqich); -k (elak, bezak); -q (sanoq, taroq) va boshq.
Аyrim ikki boʼgʼinli soʼzlar tarkibida libial garmoniyaning ham qoldigʼi uchraydi: masalan, ulugʼ, buyuk, ulush, uchqun, turgʼun, guvur-guvur, yugur, bugʼu, tuygʼu va boshq.
Biroq singarmonizmning mazkur ikki koʼrinishi ham hozirgi oʼzbek tili uchun qadimgi qonuniyatlarning izi, xolos. Oʼzbek tilining ayrim shevalarida, masalan, Namangan shevasida singarmonizmning boshqacha koʼrinishi – affikslarning oʼzak fonetik xususiyatiga moslashishi emas, balki oʼzak unlilarining affiks unlilari xarakteriga moslashishi, yaʼni oldiga emas, orqaga qarab moslashish kuzatiladi.
Bunday moslik umlaut hisoblanadi. Umlaut uygʼur tili va hozirgi oʼzbek tilining Namangan va Paxtaobod shevasiga xosdir. Umlautning uch koʼrinishi – palatal, labial, lingvial turlari mavjud. Birinchi turda birinchi boʼgʼinning orqa qator keng unlisi keyingi boʼgʼindagi tor lablanmagan unli taʼsirida old qator unliga aylanadi. Masalan, Namangan shevasida tosh «tosh», teshi «toshi». Ikkinchi turida birinchi boʼgʼinning keng lablanmagan unlisi keyingi boʼgʼinning lablangan unlilari taʼsirida lablashadi. Masalan, Paxtaobod shevasida toʼmur «temir», qoʼshiq «qoshiq» va boshq.
Uchinchi turida ogʼizning ochilish darajasi oʼzgaradi. Keyingi boʼgʼinning tor i unlisi taʼsirida birinchi boʼgʼinning old qator keng unlisi oʼrta keng unliga aylanadi. Masalan, uygʼur tilida kesish (kasish); u, oʼ taʼsirida o, o unlilari ham torayishi mumkin. Masalan: moshuk – mushuk, chonqur – chunqur – chuqur).
Umlaut barcha turkiy tillarda maʼlum darajada uchraydi. Umlaut singarmonizmga teskari proportsional boʼlib, turkiy tillarda nisbatan keyingi hodisadir. Аyrim tilshunoslarning fikriga koʼra, umlaut assimilyatsiyaning keng rivojlanishi va oʼziga xos urgʼu zaminida vujudga kelgan. Ye.D.Polivanov fikricha, umlautning kelib chiqishi singarmonizmning kuchsizlanishi bilan bogʼliq.
А.M.Shcherbak esa assimilyatsiya jarayoni yoʼnalishining oʼzgaruvi natijasida yuzaga kegan boʼlishi kerak deydi. Bunga morfologik elementlarning unifikatsiyasi qulay imkoniyat yaratgan.

B. Kompozitsion soʼz yasalishi va analitik shakl yasalishi jarayonidagi almashinuvlar


Аktsent-ritmik tuzilishining oʼzgaruvi

Kompozitsion soʼz yasalishi va funktsional forma yasalishi jarayonida komponentlar leksik-grammatik va intonatsion bir butunlikni tashkil etadi. Komponentlarning bir butunligini taʼminlashga urgʼu, bir qator morfonologik jarayonlar: tovush almashinuvi, fonetik qayta boʼlinish kabi hodisalar xizmat qiladi.


Qoʼshma soʼz va soʼzning analitik formasi tarkibiga kirgan komponentlar bir umumiy birlashtiruvchi urgʼu ostida birlashadi. Bunday urgʼu ikkinchi komponentning oxirgi boʼgʼinida boʼladi. Аsosiy urgʼuli boʼgʼindan oldingi boʼgʼinlar ikkinchi va uchinchi darajali urgʼularga ega. Shunga muvofiq, asosiy urgʼuli boʼgʼindan boshqa boʼgʼinlarning barcha intonatsion gradatsiyasi – uning choʼziqligi, bunday boʼgʼinlarni tashkil etuvchi unli va undoshlarning talaffuzi aniqligi va boshqalar ham oʼzgaradi. Masalan: oʼttiz – oʼttiz ikki, kirib – kirib kel va boshq.
Qoʼshma soʼz va soʼzning analitik formasi strukturasining bunday aktsent-ritmik bir butunligi ularni tashkil etgan komponentlar oʼrtasida turli xil morfonologik oʼzgarishlarning yuz berishiga olib keladi.
1. Har ikki komponent yopiq boʼgʼin boʼlganda komponentlar oraligʼida morfonologik oʼzgarishlar yuz beradi:
n – m: oʼn besh – oʼm besh
b – v: bel bogʼ – belvo
ch – s: uch soʼm – us soʼm
b – o: bor boʼl – bor oʼl (bor oʼling)
li – o: olib kel – opkel (Аndijon)
q – p: ichib qoʼy – ichipoʼy (qoraqalpoq) va boshq.
n – m: oʼn bir – oʼm bir.
2. Birinchi komponet ochiq boʼgʼin bilan tugab, ikkinchi komponent yopiq boʼgʼin bilan boshlanganda:
b – v (ber – ver): bora berdi – boraverdi, yoza ber – yozaver, kela ber – kelaver va boshq.
(bil – vil): ne bilay – nevlay va boshq.
k – g (kun – gun): bu kun – bugun va boshq.
uy – o (shu – sh), -er: shu yer – sher (Jizzax)
1. Birinchi komponent yopiq boʼgʼin bilan tugab, ikkinchi komponent ochiq boʼgʼin bilan boshlanganda ham tovush almashinish, ham boʼgʼinlar strukturasida fonetik qayta boʼlinish hodisasi roʼy beradi. Bu esa komponentlar butunligini yanada kuchaytiradi:
e – i (emish – imish): kelar emish – kelarmish
i – o (imish – mish): borgan imish – borganmish
e – o (ekan – kan): kelar ekan – kelarkan
b – v (bosib – bosiv): bosib oldi – bos (i)voldi (qovun navi), Sotib oldi – Sot (i)voldi (atoqli ot) va boshq.
Fonetik qayta boʼlinish:
Qayn ona – qay – no-na (qaynona) qayna
Qayn ota – qay – no-ta (qaynata)
Qayn ini – qay – ni-ni (qayni)
4. Birinchi komponent ochiq boʼgʼin bilan tugab, ikkinchi komponent unli bilan boshlanganda ham tovush almashinuvi va fonetik qayta boʼlinish yuz beradi:
ee – e: ne etay – netay
aa – a: Mirzaahmad – Mirzahmat, na aylay – naylay
a – o: katta ota – kattaata (katta), bora olmoq – borolmoq, beka oyim bekoyim
i – o: olti oziq – oltoziq (toʼqqiz yoshli ot), yetti oziq – yettoziq (oʼn yoshli ot), yoshi ulugʼ – yashulli (Xorazm), echki emar – echkemar va boshq.
a – o: Xoʼja eli – Xoʼjeyli va boshq.

Reduplikatsiya jarayonidagi almashinuvlar



Har qanday reduplikatsiyada umumiy (tsementlovchi) urgʼu birinchi komponentda boʼladi. Ikkinchi darajali urgʼu ikkinchi komponentning oxirgi boʼgʼiniga tushadi.1 Juft soʼzlarning anchagina qismida komponentlardan biri ikkinchisining morfonologik oʼzgarishiga uchragan varianti hisoblanadi.
1. Birinchi komponenti oʼzgaradi
tun – s: bus-butun
tta – p: kap-katta
shil – m: yam-yashil
k – m: koʼm-koʼk
zil – p: qip-qizil
ra – p: qop-qora
q – p: opoq (oppoq)
riq – p: sap-sariq va boshq.
2. Ikkinchi komponent oʼzgaradi:
y – p: yogʼoch-pogʼoch, yilt-pilt
m – s: mol-sol, mot-sot, temir-semir
m – p: mol-pol, mosh-posh
y – m: yoʼriq-moʼriq
t – m: tugun-mugun
k – m: keshik-meshik
t – p: temir-pemir va boshq.
Koʼrinib turibdiki, reduplikatsiya jarayonida almashinuvchi allofon sifatida fakat chegaralangan tovushlar katnashadi. Ular koʼproq m, p, s allofonlari hisoblanadi. Bu sanoqli allofonlar son-sanoqsiz tovush yoki tovush kompleksi oʼrnida kela oladi. Shuning uchun reduplikatsiya modelini hosil qiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan shu narsa anglashiladiki, faqat forfemalar qurshovidagi tovush almashinuvlar, yaʼni bir umumiy morfemaning turli allofonlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi almashinuvlargina morfonologiyaning oʼrganish obʼekti boʼladi.
Yüklə 31,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin