I kirish tahlil fanining shakllanishi, tashkil topishi va rivojlanishi



Yüklə 13 Mb.
səhifə1/2
tarix18.11.2023
ölçüsü13 Mb.
#133022
  1   2
. Iqtisodiy


I.KIRISH
1.Tahlil fanining shakllanishi, tashkil topishi va rivojlanishi .
2. Korxonalar faoliyatining tahlili fanining mazmuni, predmeti va vazifalari.
3. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlari va uning natijalarini rasmiylashtirish
II.XULOSA

REJA:
0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Aholining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. Shuning uchun sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlandi, ya’ni qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o 'z samarasini bera boshladi. Shular orasida 0‘zbekiston Prezidentining 2003-yil 24-martda «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishnng eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» qabul qilgan farmoni qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Mazkur farmon qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilarning asosiy subekti sifatida fermer xo‘jaligini rivojlantirishni ustivor yo‘nalish deb belgilab berdi. Shundan keyin fermer xo‘jaliklari rivojlanib, ishlab chiqarish hajmi keskin o‘sdi va o‘sib bormoqda. 2008-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining 99,1 foizi, g'allaning 79,2 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to'g‘ri keldi. Bu ma’lumotlardan ko'rinib turibdiki, fermer xo‘jaliklari yildan-yilga o‘sib va taraqqiy etib, iqtisodiyotda salmoqli o‘rinni egallab bormoqda.
Qishloq xo'jalik korxonalarida ishlab chiqarishni yanada samarali rivojlantirish uchun ular faoliyatining barcha tomonlarida sodir bo’lgan va bo’layotgan jarayonlarni, ularning natijalarini har taraflama chuqur o'rganish va nazorat qilish natijasida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni ishlab chiqarishga jalb etish bo‘yicha yo'l-yo'riqlarni ko'rsatish zarur. Bu muammolarni hal qilishda iqtisodiy tahlil va nazoratning roli nihoyatda kattadir. Har bir qishloq xo'jaligi korxonasining faoliyatini har tomonlama va chuqur tahlil va nazorat qilish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, foydani ko' paytirish, to’lov qobiliyatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Mavjud bo'lgan imkoniyatlarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish nafaqat xo'jalik iqtisodiyotining, balki mamlakat milliy iqtisodiyotining rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi.
Ushbu qonuniyatni kelajakda mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan har bir talaba mukammal va to'liq bilib olishi zarur. Talaba bu sharafli burchi va vazifasini har doim yodida saqlashi zarur. Shuning uchun bilim olayotgan har bir talaba, har bir mutaxassis hamda faoliyat ko'rsatayotgan fermer iqtisodiy tahlil va nazoratni ham nazariy, ham uslubiy jihatdan yaxshi o'zlashtirib olgan boiishi kerak. Iqtisodiy tahlil va nazorat asoslarini talaba asosan oliy o'quv yurti bazasida egallaydi.
Kishilik jamiyatining paydo bo'lishi bilan uning a’zolarining ongi o'sib, rivojlanib, taraqqiy etib borgan, oqibatda uning barcha tom onlarida sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisa va jarayonlar hamda ularning natijalarini kuzatish va o'rganish asosida borliq to'g'risida turli fikrlar va qarashlar yuzaga kelgan va rivojlana boshlagan. Bular esa, o'z navbatida, ishlab chiqarish jarayonining kengayishi va uning natijalarini o'sishiga hamda ular bo'yicha hisob ishlarini olib borishga sabab bo'lgan. Xullas, bu fikr va qarashlarning shakllanishi hamda rivojlanib borishi turli yo'nalishdagi fanlarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Shunday fanlardan biri iqtisodiy tahlil fani hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil fani «Buxgalteriya hisobi» va «Statistika» fanlari negizida yuzaga kelgan. Bu fanning paydo bo'lishiga, shakllanishiga va takomillashi7 shiga olib keluvchi omillar, jamiyatda yuzaga kelgan obyektiv shart-sharoitiar hisoblanadi.
XV-XVII asrlarda ishlab chiqarish jamiyatning barcha sohalarida keng ko'lamda rivojlana boshlagan. Bu esa o‘z navbatida hisob ishlarini ham yuritishni taqozo etgan, ya’ni ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan moddiy va mehnat resurslari sarfini hamda uning natijalarini qayd qilish uchun hisob ishini olib borishga ehtiyoj tug'ilgan, natijada hisob-kitob ishlari yuritila boshlagan. Ishlab chiqarishning yanada rivojlanib. kengayib va taraqqiy etib borishi mavjud imkoniyatlarni aniqlab, xo'jalik faoliyatiga jalb etishni talab qilgan. Ammo ushbu muammoni ha! qilishda hisob ma’lumotlari yetarli bo'lmasdan qolgan. Bu esa obyektiv holatda tahlilning paydo bo'lishiga sabab boMgan. Buxgalteriya hisobi fanining paydo bo'lganligiga taxminan 500 yildan, iqtisodiy tahlilning vujudga kelganligiga esa 100 yildan ortiqroq vaqt o‘tdi. Demak, iqtisodiy tahlil ham eskidan shakllangan fanlardan biridir.
Buxgalteriya hisobi bo'yicha birinchi asar XV asrda paydo bo'lgan. Ushbu fikrni professor M. Q. Pardayevning «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligida keltirilgan ma’lumotlar asosida bayon qildik. Buxgalteriya hisobi bo'yicha yaratilgan birinchi asar Vendrikt Katrul’inning 1458-yilda «Savdo va xususiy savdogar» nomi bilan nashr qilingan kitobi hisoblanadi. Ana o'sha yildan boshlab, buxgalteriya hisobining yaratiIganligi e’tiborga olinsa, uning yoshi 500 yildan oshgan hisoblanadi. Buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan asarlar Evropa mamlakatlarida (Gollandiya, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlarda) XVI—XVII asrlarda keng ko'lamda yaratila boshlagan. Rossiyada esa XIX asrda paydo bo'lgan. Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan birinchi asar bo'lib, V. S. Nemchinov tomonidan 1840-yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat bo'lgan «Hisob fani» kitobi hisoblanadi.
Tahlil elementlari Rossiyada 1880-yildan boshlab chiqa boshlagan «Schetovodstvo» jurnali sahifalaridan o'rin olgan m aqolalarda aks ettirila boshlagan. Ushbu maqolalar asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag'ishlangan. Natijada iqtisodiy tahlil faniga asos solingan. Mazkur fan ilk marta «Balarisshunoslik» fani tariqasida paydo bo'lgan. Iqtisodiy tahlil hozirgi shakllangan fan shakliga kelgunga qadar bir qancha evolutsion yo'lni bosib o'tgan. U balansshunoslik, balans tahlili, hisob tahlili, balans va tahlil, iqtisodiy tahlil shakllarida paydo bo'lgan. Bu fan 1940-yillarga kelib, «Xo'jalik faoliyatini tahlil qilish» fani sifatida to‘liq shakllangan va oliy o'quv yurtlarida mustaqil fan tariqasida o'qitila boshlandi.
Keyinroq «buxgalteriya hisobi va xo'jalik faoliyatining tahlili» mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlana boshlangan, mustaqillikka erishiganidan keyin respublikamizda iqtisodiy tahlil mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda. XX asrning 50-60-yillaridan boshlab, tahlil fanining iqtisodiyot tarnioqlariga mos holda bir qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari faoliyatining tahlili, qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo korxonalari faoliyatining tahlili hamda boshqa sohalar korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko'rsatish m um kin. O'tgan asrning 80-yillaridan boshlab iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo'yicha ijodiy ishlar olib borildi va natijada u fan shaklida tashkil topdi
Iqtisodiy tahlil jamiyatda va shu jumladan korxonalar faoliyatida sodir bo'lgan va bo'layotgan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o'zaro bog'liqligini, harakati va o'zgarishini chuqur o'rganish asosida ular orasidagi qonuniyatlarni ochadi va ilmiy asoslangan xulosalar chiqaradi. Tahlil yunoncha - «analisis» so'zidan olingan bo'lib, ajratish, bo'laklash, parchalash kabi ma’nolarni anglatadi. To'liqroq qilib aytganda, u makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotda sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisa va jarayonlarni bo'laklarga, qismlarga bo'lib va ajratib o'rganishni bildiradi.
Iqtisodiy tahlil fanining predm eti bo'lib, xo‘jalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir boigan va bo‘layotgan ijtimoiyiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalari hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan paxta, g‘alla, sabzavot kabi mahsulotlar miqdorining o'zgarishi, ularning tannarxi yoki ularni sotishdan ko‘rilgan foyda va boshqa shular kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlilning predmetiga misol bo‘la oladi. Boshqacha avtganda. shular va shularga o'xshash ta'minot, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatda sodir bo'lgan jarayonlarning natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni, ularning o'zgarishiga obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini o'rganish hamda mavjud imkoniyatlarni aniqlash korxonalar faoliyatining tahlili fanining predmetidir.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov «Biz bugun faoliyatim izga xolisona va oshkora baho berishimiz, ijobiy siljishlarni e'tiro f etish bilan birga, eng m uhimi, ishimizdagi za if va oqsoq joylarni hum aniqlab, ularni bartaraf qilish choralarini belgilab olishimiz zarur» deb qayd qilgan edi. Demak, faoliyatimizdagi ijobiy va salbiy o'zgarishlarni chuqur tahlil qilib, imkoniyatlarni o'z vaqtida aniqlash zarur. Imkoniyatlarni aniqlash orqali qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'raytirish va ularning sifatini oshirish, tannarx va mehnat sarfini kamaytirish, barcha resurslardan foydalanish samarasini oshirish, pirovard natija — foydani ko'paytirish oqibatida boshqaruv va moliyaviy faoliyatni mustahkamlash mumkin.
Iqtisodiy-matematik usullarni qo'llash asosida: iqtisodiy tahliini bajarish muddati tezlashadi; o'zgarishlar va ularning ta’sirini aniq hisoblash mumkin bo'ladi; oddiy, an'anaviy usullar bilan hisoblab bo'lmaydigan murakkab omillar va ko‘p omilli ko‘rsatkichlarni to'liq o'rganish imkoni tug‘iladi; hisoblash texnikalaridan foydalanish osonlashadi va hokazo. Endi quyida iqtisodiy tahlilda ko'proq qo'llaniladigan iqtisodiy-statistik usullarning mazmuniga to‘qtalamiz. Ko'rsatkichlar farqi usuli. Hodisa va jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo'lgan taqdirda qo'llaniladi.
Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, natija ko'rsatkichining o'zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’siri aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning miqdoriga ko'paytirish kerak. Iqtisodiy hodisaning o'zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, o'z navbatida, ikki guruhga, ya’ni miqdoriy va sifatiy omillarga bo'lib o'rganiladi. Agar hodisaning (natijaning) o'zgarishiga ikki omil ta’sir qiIsa, ularning ta’siri quyidagi tartib bo'yicha aniqlanadi. Natijaning o'zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot davridagi miqdoriy omil bilan bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) miqdoriy omil orasidagi farqni bazis davridagi yoki (rejadagi) sifatiy omilga ko'paytiriladi.
Korxonalar xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1) tahlil obyekti va predmetini tanlash va rejasini (dasturini) tuzish; 2) tahlil uchun zarur bo'lgan hisobot materiallarini у ig'ish; 3) ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash va taqqoslash holatiga keltirish; 4) ko'rsatkichlarni taqqoslash, tahlil qilish, natijalarini baholash, o'zgarish sabablarini aniqlash va omillar ta’sirini hisoblash; 5) tahlil natijalarini umumlashtirish, xulosa va takliflar berish.
Tahlilning obyekti va predmetini tanlash va rejasini tuzish bosqichi xo'jalik nomi, tahlil mavzusi, o'tkazish muddatlari, ijrochilari, tahlil vazifalarini qamrab oladi. Tahlilning ikkinchi bosqichi tahlil uchun zarur bo'lgan ma’lumotlarni yig'ish, ularni o'zaro bog'liqligini, haqqoniyligini tekshirib ko'rish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Tahlilning uchinchi bosqichida ko'rsatkichlarni tanlash, qayta ishlash, ular orasidagi bog'liqlikni belgilash, tahliliy jadvallar tuzish, ma’lumotlar bazasini taqqoslash holatiga keltirish vazifasi bajariladi.
Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati fani iqtisodiyot nazariyasi, falsafa, mikro-makroiqtisodiyot, statistika, moliya, buxgalteriya hisobi, huquqshunoslik kabi boshqa fanlar bilan ham o'zaro bog'liqlikda bo'ladi. Masalan, tahlil fani iqtisodiyot nazariyasining umumiqtisodiy qonuniyatlari, kategoriyalari va atamalari asosida iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini o'rganadi. Falsafaning «Bilish nazariyasi»ga asoslanib, iqtisodiy tahlil o'zining usullarini ishlab chiqadi va predmetini o'rganishda ulardan foydalanadi. Shularga o'xshash, boshqa fanlar bilan ham uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Bakalavrlarning qishloq xo'jalik korxonalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishi va amalga oshirishi hamda nazorat haqidagi bilimga ega boiishiga, ho'jaliklarning hisobi, hisobotlari va biznes-rejalaridan hamda yuridik hujjatlardan mustaqil foydalanib, barcha faoliyatlarining natijalarini omilli tahlil qilish va nazoratni o'tkazish usullarining mazmun-mohiyatini egallashiga hamda tahlil natijalariga kompleks baho berish ko'nikmalari va malakasiga ega bo'lishiga imkoniyatlar berishi fanning umumiy o'quv maqsadlari bo'lib hisoblanadi. Darslik qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlarining «Fermer xo'jaligini boshqarish» ta’lim yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan talabalarga va shu fandan dars berayotgan o'qituvchilarga hamda shu soha mutaxassislari va ferm erlariga m o'ljallangan. Undan «Iqtisodiyot» va «Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari bo'yicha o'qiyotgan talabalar ham, dars berayotgan o'qituvchilar ham, buxgalter va iqtisodchilar ham foydalanishlari mumkin.

Yüklə 13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin