I lm – fan ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar



Yüklə 38,76 Kb.
tarix07.12.2022
ölçüsü38,76 Kb.
#120582
Akramova Dilshoda Nurmuhammedovna


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/

BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022





Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish usullari
Akramova Dilshoda Nurmuhammedovna

Navoiy viloyati Nurota tumani
3- sonli DMTT uslubchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha talimda matematika mashg’ulotlarini tashkil etish usulari haqida soz yuritilgan. Bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo‘lgan g‘oyalar tushintirilishi, mashg‘ulotlardan tashqari vaktlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustaxkamlanishi, chuqurlashtirilishi, va kengaytirilishi aytiladi. Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda anketa, savol-javob, suhbat, umumlashtirish, kuzatish metodlar sanab o‘tiladi.


Kalit sozlar: maktabgacha talim, elementar matematika, bolalar ozlashtirishi, bogcha, bilim, tasavvur.
Ayni paytda bu umumiy yo’nalishlar ta’limni boshqarish va tashkillashtirish, ta’lim turlari va yo’nalishlari, uzviylik va integratsiyani ta’minlash, o’qitish metodlari va vositalari kabi yo’nalishlarda xususiylashadi. Ta’limda uzviylik va integratsiyalashuv bilan birgalikda o’qitish metodlari va vositalarini ham yangilash va qayta ko’rib chiqish lozim. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlar o‘qituvchilar oldiga muhim vazifalar qo‘ymoqda. Bu vazifalar har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan, ijodkor, aqlli va nozik didli yoshlarni tarbiyalashdan iborat bo‘lib, hozirgi zamon o‘qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, o‘qish va o‘qitishga yangicha munosabatni, fidoiylikni talab qiladi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan otaonalarning ijtimoiy faoliyati uchun shartsharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar bog‘chalari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir. Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi. Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematika ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishga olib keldi. Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bulajak tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematika tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Yosh avlodii o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta’lim tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan katta katta ishlarni bajarishni talab etadi. Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish butun tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirishdi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.
Bolalar bog‘chasida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?). Bog‘chada matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish. (nimani o‘rgatish?). Bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.
2. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir.
Umumiy ta’lim maqsadlari: Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda xodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy shakllarni (joylashishlarini); natural son, geometrik shakl, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish. Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak.
Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo‘l qo‘yish mumkin emas, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir. Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo’lak” kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni, o’lchov kattaliklari bilan son o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlay bilish ko’nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko’z bilan hamda ichida sanashga o’rgatib boriladi. Ularning ko’z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi. Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, fazoviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo’yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo’yicha haftasiga 2 ta mashg’ulot, yil davomida 72 ta mashg’ulot o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning davom etish muddati: birinchisi – 30 daqiqa, ikkinchisi – 20-25 daqiqa. Har bir mashg’ulot tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o’rganish, o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi. Yangi mavzu bo’yicha birinchi mashg’ulot butunlay yangi matn ustida ishlashga doir bo’lishi kerak. Yangi matn bilan tanish bolalarning ishlash qobilyati yaxshiroq vaqtda, ya’ni mashg’ulot boshlanishining 3-5 daqiqasidan boshlab 15-18 daqiqasida yakunlanadi. O’tilgan materialni takrorlash uchun mashg’ulot boshlanishidan 3-4 daqiqa va mashg’ulot oxirida 4-8 daqiqa ajratiladi. Yangi murakkab matematik tushunchalarni o’zlashtirish bolalarni toliqtiradi. Shuning uchun iloji bo’lganda yangi materialni o’tish davomida o’tilganlarni takrorlash foydalidir. Chunki yangi bilimlarni ilgari o’zlashtirilgan bilimlar bilan bir tizimga kiritish juda muhim. Ikkinchi va uchinchi mashg’ulotlarda o’rganilayotgan mavzuga taxminan 50% vaqt ajratiladi. Mashg’ulotning ikkinchi qismida esa bevosita oldin o’tilgan material takrorlanadi. Uchinchi qismida bolalar o’rganib qolgan material takrorlanadi. Tayyorlov guruhida o’tkaziladigan matematik mashg’ulotda didaktik ko’rsatma materiallaridan keng foydalanilishi xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko’rgazma tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar ham namuna sifatida qaralishi mumkin. Pedagog – tarbiyachi ularga o’zida bo’lgan ko’rsatma-qo’llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin.
Ko’pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini pedagog-tarbiyachi turli usullarda berishi, ba’zan esa guruhning tayyorgarligiga qarab almashtirishi mumkin. Pedagog-tarbiyachi tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlarga ham ijodiy yaqinlashishi kerak, bunda o’yinlarni o’tkazishda foydalaniladigan qo’llamalarni imkoni boricha hisobga olib, o’zi topgan o’yinlarni sinash maqsadida mashg’ulotlarda o’yinlar tashkil qilishi mumkin. Mashg’ulotlarda didaktik o’yinlar va ko’rgazmali materiallardan keng foydalaniladi. Bolalar mashg’ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:
Dastur materiallarini yaxshi o’zlashtirib olish.
Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
Bolalar faoliyatini o’zgarib turishga , qiziqishga e’tibor qilish.
Mashg’ulot o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish.
Mashg’ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish.
Dastur materialini mashg’ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko’nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e’tibor berish lozim. Maxsus atamalarni to’g’ri qo’llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. (Qaysi son katta, qaysinisi kichik deb so’raladi, qaysi raqam katta deyish mumkin emas). Mashg’ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bo’lishi tavsiya etiladi. Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni qoniqtirmasa, ko’k kartochka ko’tarilishi lozim. Bunda hamma bolalar o’rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan birga, bolalarning test sinovlariga tayyorgarliklari ham hisobga olinishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablar(2018yil 4iyul)
2.Bikbayeva N. U. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”.
Toshkent, “O’qituvchi”, 1996 yil 6. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’.
3. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Toshkent, 2005 yil 7.
Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G’. “Boshlang’ich sinflarda matematikadan
fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi” Toshkent, “TDPU” 2005 yil 8.
Jumayev M.E.
4. Bolalarda matematik tushunchlarni rivojlantirish nazariyasi va netodikasi (KHK
uchun) Toshkent, “Ilmg‘Ziyo” 2005 yil 9. Jumayev M.E.

KONFERENSIYA |





Yüklə 38,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin